• Atamalar va ta’riflar
  • Umumiy qoidalar




    Download 22,25 Kb.
    bet1/3
    Sana07.02.2024
    Hajmi22,25 Kb.
    #152680
      1   2   3
    Bog'liq
    vagonlarga qo\'yiladigan eksplatsion talablar


    Umumiy qoidalar
    1. Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yo‘l tarkibi xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament (keyingi o‘rinlarda — Texnik reglament) aholi hayoti va salomatligini, atrof muhitni, yuridik va jismoniy shaxslar, davlatning mol-mulkini himoya qilish maqsadida foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini belgilaydi.
    2. Harakatlanish tezligi 200 km/soatgacha bo‘lgan, yo‘l izining kengligi 1520 mm bo‘lgan umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida foydalanish uchun topshiriladigan chetdan olib kelinadigan, yangi ishlab chiqariladigan, modernizatsiya qilinadigan harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlari Texnik reglamentni tartibga solish obyektlari hisoblanadi.
    3. Mazkur Texnik reglament talablari harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishda, shuningdek, temir yo‘l mahsuloti muvofiqligini baholashda majburiydir hamda umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda va idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida qo‘llaniladi.
    Mazkur Texnik reglament talablari ushbu reglamentga ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan harakatdagi temir yo‘l tarkibi hamda uning tarkibiy qismlarining turi va toifalariga tatbiq etiladi.
    4. Mazkur Texnik reglament talablari harakatlanish tezligi 200 km/soatdan yuqori bo‘lgan harakatdagi temir yo‘l tarkibi, shuningdek, ko‘rgazma nusxalari sifatida ishlab chiqarilgan temir yo‘l mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi
    Atamalar va ta’riflar
    5. Mazkur Texnik reglament maqsadlari uchun quyidagi atama va ta’riflardan foydalaniladi:
    avariyaviy kresh-tizim — harakatdagi temir yo‘l tarkibining to‘qnashuvi va (yoki) izdan chiqishi holatida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va (yoki) yo‘lovchilarning shikastlanish xavfining oldini olish yoki kamaytirishga yo‘naltirilgan harakatdagi temir yo‘l tarkibining qurilmasi;
    avtomatik tormoz — havo o‘tkazgich magistrali ajralishi yoki uzilishida va (yoki) shoshilinch tormoz (stop-kran) ochilishida poyezdning avtomatik to‘xtashini ta’minlaydigan qurilma;
    belgilangan resurs — temir yo‘l mahsulotini uning texnik holatidan qat’i nazar, temir yo‘l mahsulotidan foydalanishdan to‘xtalishi lozim bo‘lgan ishlatishning umumiy davomiyligi;
    belgilangan saqlash muddati — temir yo‘l mahsuloti texnik holatidan qat’i nazar, ushbu mahsulotning saqlanishi to‘xtatilishi lozim bo‘lgan temir yo‘l mahsuloti saqlanishining kalendar davomiyligi;
    idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llari — xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa yuridik shaxslarning mulkida bo‘lgan, alohida korxona, tashkilot va muayyan yuk jo‘natuvchilar va yuk qabul qiluvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hamda umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar bilan tutashadigan temir yo‘llar;
    izotermik vagonlar — yetkazib berishning chegaralangan vaqt oralig‘ida muayyan haroratini bir maromda saqlashni talab etuvchi yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan termoizolatsiyali yopiq vagonlar;
    yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xavf darajasi — harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlaridan foydalanish davrining barcha bosqichlarida ta’minlanishi zarur bo‘lgan, xavfsizlik darajasiga mos keladigan, ishlab chiqaruvchining texnik va iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlaridan foydalanish xavfining darajasi;
    yo‘lovchi vagonlari — yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan vagonlar. Bu toifa vagonlarga, shuningdek, pochta, bagaj, vagon-restoranlar, xizmat-texnik vagonlar (yo‘lovchi tashish tipidagi xizmat vagonlari, klublar, sanitar vagonlar, sinov va o‘lchov laboratoriyalari va boshqa maxsus vagonlar) mansub;
    konstruksiyaviy tezlik — loyiha bo‘yicha texnik hujjatlarda qayd qilingan eng katta harakat tezligi;
    lokomotivlar — harakatdagi temir yo‘l tarkibi birligi bo‘lib, unga elektrovozlar, teplovozlar, gazoturbovozlar, parovozlar kiradi;
    lokomotiv avtomatik signalizatsiyasi — yaqinlashayotgan poyezdga yo‘l svetoforlarining signallarini avtomatik tarzda uzatuvchi lokomotiv mashinisti kabinasida joylashtirilgan signal asboblari hamda yo‘l jihozlari;
    magnitrelsli tormoz — tormoz boshmoqlarining relsga elektromagnit tortish yo‘li bilan tormoz kuchlanishini hosil qiluvchi qurilma;
    mashinist kabinasi — harakatdagi temir yo‘l tarkibi kuzovining pardevorlar bilan ajratilgan qismi, unda lokomotiv brigadasi ish joylari, lokomotiv, motorvagonli harakatdagi tarkib, maxsus harakatdagi temir yo‘l tarkibini boshqarish uchun asbob va qurilmalar joylashadi;
    maxsus harakatdagi temir yo‘l tarkibi — temir yo‘lda yurishga mo‘ljallangan, yechib olinmaydigan harakatlanuvchi birliklar;
    motorvagonli harakatdagi tarkib — yo‘lovchi va bagajni, yuk bagajni, pochtani tashish uchun mo‘ljallangan motorvagonli yo‘lovchi tashish poyezdlari (elektropoyezdlar, dizelli poyezdlar, dizelli elektropoyezdlar va avtomotrisalar (relsli avtobuslar)) tuziladigan, seksiyalarga birlashtirilgan motorli va motorsiz vagonlar;
    pnevmatik tormoz — pnevmatik boshqaruvli tormoz;
    poyezd — belgilangan signallarga ega bo‘lgan, bir yoki bir nechta ishlovchi lokomotivlar yoki motorli vagonlar bilan tuzilgan va ulangan vagonlar tarkibi;
    poyezd tormozlanishi — tezlikni kamaytirish yoki harakatlanayotgan poyezd yoxud harakatdagi temir yo‘l tarkibi birligini to‘xtatish maqsadida tormoz tizimini boshqarish uchun asbob va qurilmalarga ta’sir qilish;
    stop-kran — harakatdagi temir yo‘l tarkibi tormoz magistralidan havoni chiqarish va shoshilinch to‘xtash zaruratida avtomatik tormozlarni harakatga keltirish uchun xizmat qiladigan tormozlash krani;
    temir yo‘l mahsuloti — harakatdagi temir yo‘l tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari;
    texnik pasport (formulyar) — ishlab chiqaruvchi korxona kafolatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar, harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarining (ular texnik holatini aks ettiruvchi) asosiy parametrlari va tavsiflari (xossalari)ning ko‘rsatkichlari, harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini sertifikatlashtirish va utilizatsiya qilish to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek, ulardan foydalanish vaqtida kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar (ishlash davomiyligi va sharoitlari, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va boshqalar)ga ega bo‘lgan hujjat;
    texnik moslik — harakatdagi temir yo‘l tarkibining mazkur Texnik reglamentda belgilangan talablarga muvofiq bir-biri bilan va temir yo‘l transporti infratuzilmasi bilan birgalikda ishlash qobiliyati;
    tormozlar — harakatga qarshi boshqariladigan kuchni yaratish uchun mo‘ljallangan qurilmalar;
    tormozlash yo‘li — mashinist krani yoki shoshilinch tormozlash krani dastagini tormozlash vaziyatiga o‘tkazilgan paytdan to‘la to‘xtagunga qadar poyezdning bosib o‘tadigan masofasi;
    umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar — temir yo‘lning poyezdlarni o‘tkazish, qabul qilish va jo‘natish, yuklar, bagaj va yuk bagajini qabul qilish hamda topshirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, manyovr ishlarini amalga oshirish, poyezdlarni tuzish va tarqatib yuborish bo‘yicha tegishli operatsiyalarni bajarish uchun ochiq bo‘lgan temir yo‘l bekatlari, razyezdlari, quvib o‘tish punktlari joylashgan tarmog‘i;
    foydalanish hujjatlari — o‘zi alohida yoki boshqa hujjatlar bilan birgalikda harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlaridan foydalanish qoidalarini belgilaydigan va (yoki) harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarining ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan kafolatlangan parametrlari va tavsiflari (xossalari) asosiy ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek harakatdagi temir yo‘l tarkibining belgilangan xizmat muddati davrida ulardan foydalanish bo‘yicha kafolat va ma’lumotlarni aks ettirgan konstruktorlik hujjatlari;
    foydalanish bo‘yicha qo‘llanma — harakatdagi temir yo‘l tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining konstruksiyasi, ishlash prinsipi, tavsiflari (xossalari) haqidagi ma’lumotlarga hamda ulardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish (maqsadli foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash, saqlash va transportirovka qilish) bo‘yicha ko‘rsatmalarga va ta’mirlashga jo‘natish zaruriyatini aniqlashda ularning texnik holatini baholanishiga, shuningdek, harakatdagi temir yo‘l tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarini utilizatsiya qilish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjat;
    xizmat muddatini uzaytirgan holda modernizatsiya qilish — xizmat muddatini uzaytirish maqsadida bazaviy konstruksiyaga o‘zgartirishlar kiritish orqali mavjud harakatdagi temir yo‘l tarkibining texnik-iqtisodiy tavsiflarini yaxshilash bo‘yicha ishlar majmui;
    shoshilinch tormozlash — magistralni shoshilinch ravishda razryadlash va eng katta tormozlash kuchiga erishish orqali poyezdni zudlik bilan to‘xtatish uchun mo‘ljallangan tormozlash;
    chegaraviy holat — harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarining ulardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydigan yoki foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoxud ularning ishga layoqatli holatini tiklash imkoni mavjud bo‘lmagan yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan holati;
    elektrodinamik tormoz — tortish elektr dvigatellarini generator rejimiga o‘tkazish yo‘li bilan poyezd kinetik energiyasini elektr energiyasiga o‘zgartirish orqali tormozlanish kuchi vujudga keladigan qurilma;
    elektropnevmatik tormoz — pnevmatik tormozlarni elektrli boshqariladigan tormozlash qurilmasi;
    yuk vagonlari — yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan vagonlar. Ular qatoriga yopiq vagonlar, yarim vagonlar, platformalar, tsisternalar, yuklarni tashishga ixtisoslashtirilgan vagonlar: bunker rusumidagi vagonlar, termoslar, refrijerator vagonlar (avtonom refrijerator vagonlari), xopperlar (g‘alla, sement, mineral tashuvchi), transporterlar, konteyner tashish, shuningdek, yuk tashish rusumidagi maxsus vagonlar kiradi;
    o‘ziyurar maxsus harakatdagi temir yo‘l tarkibi — ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallarni yoki tashkilot xodimlarini ish joyiga tashish uchun mo‘ljallangan motovoz, drezina, maxsus avtomotrisalar, transport rejimidagi tortish uzatmali avtonom dvigatelga ega temir yo‘l-qurilish mashinalari;
    o‘zi yurmaydigan maxsus harakatdagi temir yo‘l tarkibi — xo‘jalik poyezdlari tarkibiga kiritiluvchi, temir yo‘llarning qurilma va inshootlarini saqlash, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, tortish uzatmasiz transport rejimidagi temir yo‘l-qurilish mashinalari, tirkamalar va boshqa maxsus harakatdagi temir yo‘l tarkibi;
    harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlari xavfsizligi — harakatdagi temir yo‘l tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining, ularning loyihalashtirish, ishlab chiqarish, foydalanish (ishlatish), montaj qilish, sozlash, saqlash, tashish, sotish va utilizatsiya qilish jarayonlarining inson hayoti, salomatligi, atrof muhit, jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlatning mol-mulkiga zarar yetkazish bilan bog‘liq yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xavf-xatar mavjud bo‘lmaydigan holati;
    harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini foydalanishga topshirish — harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarining ishlab chiqarishdan foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan davr bosqichi;
    harakatdagi temir yo‘l tarkibi gabariti — ko‘ndalang chegaraviy (yo‘l o‘qiga tik) o‘lcham bo‘lib, unda harakatdagi temir yo‘l tarkibi yukli, bo‘sh, yangi yoki maksimal me’yoriy eskirishga ega bo‘lishidan qat’i nazar, tekis gorizontal yo‘lga izlar enidagi eng noqulay sharoitlarda, yonbosh og‘malarsiz va dinamik tebranishlarsiz qo‘yilganida chetga chiqib ketmasdan joylashishi lozim;
    harakatdagi temir yo‘l tarkibi birligi — tortish kuchi bilan yoki tortish kuchisiz temir yo‘llarda o‘z g‘ildiraklarida harakatlana oladigan harakatdagi temir yo‘l tarkibining alohida obyekti. Unga lokomotiv, yuk yoki yo‘lovchi vagoni, motorvagonli harakatdagi tarkib (yoki uning seksiyasi, vagonlari), maxsus harakatdagi temir yo‘l tarkibi kiradi;
    harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini identifikatsiya qilish — harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini aniqlash tartibi;
    harakatdagi temir yo‘l tarkibining belgilangan xizmat muddati — texnik holatidan qat’i nazar, harakatdagi temir yo‘l tarkibidan foydalanish to‘xtatib turilishi lozim bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan nazarda tutilgan foydalanishning kalendar davomiyligi;
    harakatdagi temir yo‘l tarkibining tarkibiy qismi — harakatdagi temir yo‘l tarkibi konstruksiyasi tarkibiga kiruvchi hamda undan xavfsiz foydalanishni, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va (yoki) yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlovchi detal, yig‘ma birlik, majmua yoki ularning to‘plami.

    Download 22,25 Kb.
      1   2   3




    Download 22,25 Kb.