|
Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashga qo‘yiladigan talablar
|
bet | 3/3 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 22,25 Kb. | | #152680 |
Bog'liq vagonlarga qo\'yiladigan eksplatsion talablarHarakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashga qo‘yiladigan talablar
10. Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirishda loyihalovchi (ishlab chiquvchi) insonlar, jonivorlar va o‘simliklar hayoti va sog‘lig‘iga zararli va (yoki) xavfli ta’sirlarning ekologik qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarni ta’minlaydigan yechimni tanlashi lozim.
11. Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarining loyihalovchi (ishlab chiquvchi) tomonidan tanlangan konstruksiyalari belgilangan resursi va (yoki) xizmat muddati, belgilangan saqlash muddati davrida xavfsiz bo‘lishi, shuningdek, foydalanish vaqtida ular uchrashi mumkin bo‘lgan ta’sirlar va yuklamalarga bardosh berishi lozim.
12. Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirishda loyihalovchi (ishlab chiquvchi) harakatdagi temir yo‘l tarkibining to‘qnashuvi va (yoki) izdan chiqishi holatida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va (yoki) yo‘lovchilarni muhofaza qilish uchun avariyaviy kresh-tizimlarni nazarda tutishi lozim.
13. Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirishda loyihalovchi (ishlab chiquvchi) harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarining xavfsiz ishlashini ta’minlovchi dasturiy vositalarni nazarda tutishi lozim.
14. Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining konstruksiyasiga o‘zgartirishlar kiritilganda, mazkur Texnik reglamentda nazarda tutilgan, loyihalashda belgilangan xavfsizlik talablari pasaytirilishi mumkin emas.
15. Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarining konstruksiyasiga yoki tayyorlanish texnologiyasiga xavfsizlikka ta’sir etuvchi o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda, shuningdek, xizmat muddatini uzaytirish bilan modernizatsiya qilinganda, ko‘rsatib o‘tilgan temir yo‘l mahsulotining mazkur Texnik reglament 4-bobida belgilangan tartibda muvofiqligi majburiy tasdiqlashdan o‘tkazilishi lozim.
Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar
16. Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini O‘zbekiston Respublikasi ichki bozoriga muomalaga chiqarish muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) jarayonlaridan o‘tgan va Texnik reglament talablariga javob beradigan harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlari muvofiqlik milliy belgisi bilan tamg‘alanadi.
Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlari yaxshi farqlanadigan identifikatsiya va ogohlantiruvchi yozuvlarga hamda tamg‘aga ega bo‘lishi, shuningdek, undan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada takrorlanishi va tushuntirilishi lozim.
17. Harakatdagi temir yo‘l tarkibi konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilgan yilidan qat’i nazar, harakatdagi temir yo‘l tarkibi identifikatsiyalanishini ta’minlovchi quyidagi tamg‘aga ega bo‘lishi lozim:
a) muvofiqlik belgisi;
b) ishlab chiqaruvchi-korxona nomi va (yoki) uning tovar belgisi;
v) mahsulot nomi va (yoki) seriyasi yoki rusumining belgisi, raqami;
g) ishlab chiqarilgan sanasi;
d) tara og‘irligi;
e) konstruksiyaviy tezlik;
j) o‘tkazilgan ta’mirlar to‘g‘risida belgi yoki yozuv;
z) yuk ko‘tarish qobiliyati (yuk, pochta va bagaj vagonlari uchun);
i) yo‘lovchilar uchun joylar soni (yo‘lovchilar yoki tezkor-ta’mirlash xodimlarini tashish uchun mo‘ljallangan harakatdagi temir yo‘l tarkibi uchun).
18. Harakatdagi temir yo‘l tarkibining tarkibiy qismlari konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilgan yilidan qat’i nazar, tarkibiy qismlar identifikatsiyalanishini ta’minlovchi quyidagi tamg‘aga ega bo‘lishi lozim:
a) muvofiqlik belgisi;
b) ishlab chiqaruvchi korxona nomi yoki uning tovar belgisi, temir yo‘l mahsuloti nomi;
v) ishlab chiqarish sanasi.
Agar konstruksiyaviy xususiyatlariga ko‘ra tamg‘ani harakatdagi temir yo‘l tarkibi tarkibiy qismlariga bevosita tushirish imkoni bo‘lmasa, uni faqat o‘ramga tushirilishiga va harakatdagi temir yo‘l tarkibi tarkibiy qismlariga ilova qilinadigan foydalanish hujjatlaridagina aks ettirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
19. Harakatdagi temir yo‘l tarkibiga o‘rnatilgan o‘lchash vositalari tasdiqlangan turda hamda metrologiya sohasidagi qonunchilikka muvofiq qiyoslash belgisi va (yoki) qiyoslash to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishi lozim.
20. Harakatdagi temir yo‘l tarkibining g‘ildirak juftliklari konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq tamg‘aga va tamg‘alash belgilariga ega bo‘lishi lozim.
21. Yuk vagonlari aravachalarining rama va balkalari konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq quyidagi quyma tamg‘a belgilariga ega bo‘lishi lozim:
a) ishlab chiqaruvchining shartli raqami;
b) ishlab chiqarilgan yilining oxirgi ikki raqami;
v) ishlab chiqaruvchining raqamlash tizimi bo‘yicha rama va balkalarning tartib raqami;
g) po‘lat markasining shartli belgisi.
22. Yuk vagonlari aravachalarining rama va balkalari konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqaruvchining tamg‘a belgilariga, rama va balka nuqsonlari payvandlash orqali to‘g‘rilangan hollarda — payvandchining tamg‘asiga ega bo‘lishi lozim.
23. Mashinist kabinasi, yo‘lovchi vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkibning oynalari konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq quyidagi tamg‘aga ega bo‘lishi lozim:
a) muvofiqlik belgisi;
b) ishlab chiqaruvchi nomi va (yoki) uning tovar belgisi;
v) oyna turi belgisi;
g) himoya klassi;
d) sertifikatlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
|
| |