GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 70610204 - AXBOROT TIZIMLARI MUTAXASSISLIGI 1 – KURS MAGISTRANTI ISLOMOV ODIL OLIM O‘G‘LI «KALENDAR ISH REJASI»NI 2023-2024 O'QUV YILINING
2 – SEMESTRIDA BAJARILISHI BO'YICHA
H I S O B O T I
I. MAGISTRANTNING O'QUV-METODIK, ILMIY- TADQIQOT, PEDAGOGIK AMALIYOTI FAOLIYATI BO'YICHA
I.1.O'quv va o'quv uslubiy ishlar bo'yicha:
2023-2024 – o'quv yillari davomida, matr oyidan buyon belgilangan jadval bo'yicha kafedraga hisobot berib bormoqdaman. O'quv yili davri mobaynida “PL/SQL Oracle”, “Tarmoq texnologiyalari”, “Web ilovalarni yaratish texnologiyalari” fanlari yuzasidan har bir fandan didaktik o'quv materiallari to'plami tayyorladik. Mutaxassislik fanlaridan o'quv uslubiy ishlanmalar tayyorladik. Interfaol usullar yordamida keyslar to'plami ishlab chiqildi.
O'tilgan 1, 3 nafar yetakchi professor-o'qituvchilar (PhD S.Tishlikov, PhD Z. Negmatullayev va p.f.n dotsent D.Abduraximov) ma'ruzalari, seminarlari va amaliy mashg'ulotlarida qatnashib va tahliliy ma'lumotlar shakllantirib, ilmiy rahbar nazoratidan o'tkazdim.
2-semestr davri mobaynida “PL/SQL Oracle”, “Tarmoq texnologiyalari”, “Web ilovalarni yaratish texnologiyalari” fanlaridan didaktik o'quv uslubiy ishlar bo'yicha rejalashtirilgan ishlar ijrosi yuzasidan ilmiy rahbar bilan maslaxatlashgan holda yozma hisobotlar tayyorlab bordim.
I.2.. Ilmiy- tadqiqot ishlar bo'yicha:
“Profissonal ta'limda yoshlarni IT sohasi bo‘yicha bilimini oshirishning raqamli ta'lim resurslarni yaratish” mavzusi yuzasidan mavjud ilmiy adabiyotlar, ilmiy-metodik qo'llanmalarni tahlil qildik.
Axborot texnologiyalari fakulteti akademik guruhlaridan ilmiy rahbarim p.f.n dotsent D.Abduraximov ishtirokida mashg'ulotlar o'tkazdim.
“Raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi “Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish” mavzusida p.f.n dotsent D.Abduraximov bilan birga maqola chiqardim.
“Harbiy oliy oʻquv yurtlariga kiruvchi abituriyentlarini psixolig testlovchi dastur” nomli dasturga Abduraimov Dostonbek Egamnazar o‘g‘li bilan birga guvohnoma oldim.
Mashg'ulotlarda ishtirok etgan professor-o'qituvchilar maslahati va ko'rsatmalarini oldim hamda o'rgandim. O'quv mashg'ulotlari bakalavriat bosqichida ilmiy rahbar maslahati va kafedraning qarori bo'yicha o'tkazildi.
“Profissonal ta'limda yoshlarni IT sohasi bo‘yicha bilimini oshirishning raqamli ta'lim resurslarni yaratish” mavzusi bo‘yicha aniqlangan muammolarni yechish bo'yicha maqsad va vazifalarni aniqlashtirdim.
“Amaliy matematika va axborot texnologiya” kafedrasining ilmiy va innovatsion tadqiqotlari va xo'jalik shartnoma ishlarida ishtirok etdik.
Har oyda belgilangan jadval bo'yicha kafedraga hisobot berib bordim, ushbu semestr yakuni bo'yicha fakultet kengashiga va “Amaliy matematika va axborot texnologiya” kafedrasiga yozma hisobot taqdim etmoqdaman.
I.3. Ilmiy- pedagogik ishlar bo'yicha:
Akademik guruhlarda bir qancha mashg'ulotlarni o'tkazish (p.f.n dotsent D.Abduraximov ishtirokida) bo'yicha ilmiy rahbar tavsiyasiga ko‘ra o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazdik va ushbu fanlar o'qituvchilari bilan maslaxatlashgan holda tayyorgarlik ko'rdik.
Akademik guruxlarda mashg'ulotlar o'tkazish va mashg'uotlarda ishtirok etgan professor-o'qituvchilar tavsiyalari bilan tanishdim.
Kafedrada mavjud fanlar bo'yicha pedagogik texnologiyalar asosida didaktik o'quv materiallari ishlab chiqish, kafedrada tayyorlanadigan o'quv uslubiy adabiyotlar xamda to'plamlarini tayyorlashda ilmiy rahbar tavsiyasi asosida ishtirok etdik.
Ilmiy-pedagogik ishlar bo'yicha rajalashtirilgan tadbirlarning ijrosi yuzasidan ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda yozma hisobotlar tayyorlab bordik.
I.4 Malakaviy amaliyot bo'yicha:
Ilmiy-tadqiqot va malakaviy amaliyot faoliyati o'tkaziladigan ishlab chiqarish korxonalarida ilmiy tajriba o'tkazish rejasini belgiladik.
Ilmiy-tadqiqot va malakaviy amaliyot o'tkazish uchun tashkilot bilan shartnoma tuzdik.
Ilmiy-tadqiqot va malakaviy amaliyot faoliyati tashkil qilindi.
|