|
II. MAGISTIRLIK DISSERTATSIYASINI BAJARILISHINING KALENDAR REJASI BO
|
bet | 2/2 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 23,36 Kb. | | #262496 |
Bog'liq 2-smestir hisobotII. MAGISTIRLIK DISSERTATSIYASINI BAJARILISHINING KALENDAR REJASI BO'YICHA:
II.1 Tadqiqot o'tkazishga tayyorgarlik
Dissertatsiya mavzuim “Profissonal ta'limda yoshlarni IT sohasi bo‘yicha bilimini oshirishning raqamli ta'lim resurslarni yaratish”. Mening tadqiqot mavzuim xozirgi davr uchun o'ta dolzarb hisoblanadi. Shu bois, uni ilmiy rahbarim (p.f.n dotsent D.Abduraximov) bilan o'zaro maslahatlashib, uning tavsiyasi bo'yicha tanladik.
Tadqiqot uchun muhim bo'lgan usul va yo'nalishlar ro'yxatini tuzish uchun ma'lumotlar to'pladim. Keltirilgan usul va yo'nalishlarni o'rganib chiqib, ulardan asosiy va yordamchilarini tadqiqot o'tkazish uchun tanladim. Ilmiy-tadqiqot muammosini shakllantirdim va tavsifladim. Tadqiqot jarayonida javoblar olinadigan savollarni tuzdim.
Tadqiqot dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatga egaligini asosladim. Tadqiqot mavzusi bo'yicha mavjud vaziyatlar tasnifi va nuqtayi nazarlar qiyosiy tahlilini amalga oshirdim.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatiga egaligini asoslash.
“Profissonal ta'limda yoshlarni IT sohasi bo‘yicha bilimini oshirishning raqamli ta'lim resurslarni yaratish” mavzusi bo'yicha mavjud klassifikatsiyani qiyosiy taxlilini amalga oshirish. Xulosalarda muammolarning o’rganilganlik darajasi, ilmiy (nazariy) jixatdan yangilik alomatlari, tadqiqot mavzusini dolzarbligini aks ettirdik.
Xulosalar amaliy (qo'shimcha) jihatdan yangilik alomatlari, tadqiqot mavzusining dolzarbligini aks ettirdik.
II.2 Ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish:
“Profissonal ta'limda yoshlarni IT sohasi bo‘yicha bilimini oshirishning raqamli ta'lim resurslarni yaratish” mavzusidagi dissertatsiya mundarijasini shakllantirdim.
Magistrlik dissertatsiyasining struktura-mantiqiy sxemasini tuzdim. Maqsad, masalalar va gipotezaga muvofiq tadqiqot usulini tanladik va asosladik. Tadqiqot terminalogiyasini aniqladik: asosiy tushunchalarni tahlil etib solishtirdik, tasnifladik, umumlashtirish orqali terminalogiyaga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritdik.
II.3 Tadqiqotni amalga oshirish: materiallar yig'ish:
Olingan ma'lumot natijalarini yangilik, ob'ektivlik va mantiqiylik, ishonchlilik va butunlik (to'liqlik) talablariga javob berishni iqtisodiy statistika usullari qo'llagan holda tekshirdik.
Haftada ikki kun ilmiy rahbarim bilan dissertatsiya mavzusi yuzasidan maslahatlar olyapman. Shu bilan birga xorij olimlari tomonidan mazkur mavzu yuzasidan bajarilgan ilmiy ishlar bo'yicha adabiyotlar to‘pladim.
“Raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi “Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish” mavzusida p.f.n dotsent D.Abduraximov bilan birga maqola chiqardim.
“Harbiy oliy oʻquv yurtlariga kiruvchi abituriyentlarini psixolig testlovchi dastur” nomli dasturga Abduraimov Dostonbek Egamnazar o‘g‘li bilan birga guvohnoma oldim.
Kalendar ish rejasi asosida belgilangan jadval bo'yicha kafedraga hisobot berib, ushbu semestr yakuni bo'yicha fakultet kengashiga va “Amaliy matematika va axborot texnologiyalaari”kafedrasiga yozma hisobot taqdim etyapman. Ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi yuzasidan ilmiy rahbar bilan kelishgan holda yozma hisobotlar tayyorlab boryapman. Ayni damda ilmiy ishim 50 foizi tayyor holga keltirilgan.
Magistrant: O. Islomov
Ilmiy rahbar: D.Abduraximov
Amaliy matematika va axborot
texnologiyalari kafedrasi mudiri: S.Tishlikov
|
| |