Akromiylar va ularning harakati




Download 42,5 Kb.
Sana24.03.2017
Hajmi42,5 Kb.
#1449

Akromiylar va ularning harakati.

Joriy yilning may oyida Andijonda sodir etilgan voqyealar xorijiy siyosatshunoslar, tahlilchilarning e’tiborini tobora ko‘proq tortmoqda. Ular vaqt o‘tgani sari mazkur xodisalar bilan bog‘liq axborotlar, aniqlangan dalillarni tahlil etib, voqyealarga o‘z shaxsiy munosabatini bildirishga harakat qilmoqda.

Bugun biz mushtariylar e’tiboriga Markaziy Osiyo muammolari bo‘yicha taniqli mutaxassislardan biri, London universitetining Sharqshunoslik instituti professori, Buyuk Britaniyadagi Qirollik xalqaro munosabatlar institutining muxbir a’zosi, Markaziy Osiyo mamlakatlari to‘g‘risidagi ko‘plab kitoblar muallifi Shirin Akinerning Andijon voqyealari bo‘yicha tayyorlagan tahliliy ma’ruzasining qisqacha bayonini havola etmoqdamiz.

London London, Katta London - Buyuk Britaniya poytaxti, mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Temza daryosining quyi oqimida, Shim. dengizdan 64 km masofada, London havzasi deb ataluvchi tekislikning markaziy qismida joylashgan.
Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Markaziy Osiyo Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan.

Olimaning Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti G‘AQSHG‘ tomonidan yaqinda chop etiladigan ma’ruzasiga uning Andijonga qilgan safari davomida olgan taassurotlari, sinchiklab to‘plagan faktlari, shuningdek ular asosida chiqargan xulosalari asos bo‘lgan.

Shirin Akinerning ta’kidlashicha, uning Andijonga kelishidan maqsadi "joriy yilning 13 may kuni u yerda nimalar ro‘y berganini bilishdan iborat bo‘lgan, chunki ommaviy axborot vositalarining xabarlari chalkash va bir-biriga zid edi".


Andijonga kelgach, britaniyalik ekspert voqyealar sodir bo‘lgan asosiy joylarga, shuningdek shifoxonaga, qamoqxonaga, qabristonga bordi va jamiyatning turli tabaqalariga mansub odamlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

SH.Akiner safar yakunlari bo‘yicha chiqargan asosiy xulosasini quyidagicha izohlaydi: "Men bu harakatlar ijtimoiy-iqtisodiy sabablar tufayli yuzaga kelganini tasdiqlovchi birorta ham dalil topolmadim. Bu xatti-harakatlar ko‘proq siyosiy tusga ega bo‘lib, Qirg‘iziston ssenariysi bo‘yicha davlat to‘ntarishini amalga oshirishning boshlang‘ich bosqichi sifatida tashkil etilgani ehtimolga yaqinroqdir.

Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.

Menimcha, buning uchun 13 may, ya’ni juma kunining tanlangani ham bejiz emas. Chunki shu kuni odamlar machitlarda juma namoziga to‘planishadi. Balki "isyonchilar", biz o‘z xatti-harakatlarimizni diniy tuyg‘ular bilan bog‘lasak, xalq bizni qo‘llab-quvvatlaydi, degan xayolda taqiqlangan "Akromiylar" islom harakatining a’zolarini qamoqxonadan chiqarib yuborgandir. Aslida ular qattiq adashgan edi. Mening fikrimcha, bu mojaro hokimiyatni egallash uchun urinishdan boshqa narsa emas".

SH.Akinerning fikricha, "bu tinch aholi tomonidan tashkil etilgan namoyish emas, balki muayyan darajada harbiy tayyorgarlikka ega qurollangan kimsalar uyushtirgan harakatdir.

Aholi Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
O‘zbekiston hukumati "isyonchilar"dan olib qo‘yilgan qurol-aslaha va o‘q-dorilar (200 dan ortiq avtomat, 100 ta pistolet va 230 ta granata) to‘g‘risida batafsil axborot berdi;
Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
Qirg‘iziston hukumati ham Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidan o‘tganlarning qo‘lidagi qurol-yarog‘larni musodara qildi".

Shu boisdan, ekspert-olimaning ishonchi komilki, "bu o‘z-o‘zidan boshlangan namoyish emas, balki puxta tayyorlangan hujumdir.
Hujum qilganlar professional jangarilar bo‘lgani va hujumlar yuqori darajada tashkil etilgani ham buni tasdiqlaydi. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu yerda ro‘y bergan voqyealar to‘g‘risidagi dastlabki xabarlarning yashin tezligida ko‘plab axborot agentliklarining birinchi sahifalarida paydo bo‘lishi ham voqyealar mutlaqo kutilmaganda yuz bermaganligining isbotidir". Ma’ruza muallifi ushbu voqyealardan bir necha hafta oldin Londondaligi paytida "ayrim doiralar O‘zbekistonda nimadir sodir bo‘lishi kerakligini kutib o‘tirganini" his qilganini eslaydi.
Britaniyalik ekspertning fikricha, "qamoqxonaga uyushtirilgan hujum aslida, "Akromiylar" harakati a’zolarini ozod etishga qaratilgan; shu bilan birga, ehtimol hibsdagilar ham "isyonchilar"ga qo‘shilishi taxmin qilingan; biroq ularning bu maqsadi ham amalga oshmadi. Aksincha, ular ko‘plab mahbuslarni kuch ishlatish yo‘li bilan qamoqxonani tark etishga majbur qilgan; lekin mahbuslarning deyarli hammasi o‘z ixtiyori bilan ushbu voqyealardan keyin bir-ikki kundan so‘ng qamoqxonaga qaytgan".

SH.Akinerning ma’lum qilishicha, "isyonchilar"ning ayrimlari mahalliy aholi vakillari bo‘lgan, ammo ko‘pchiligi O‘zbekistonning boshqa hududlaridan, ba’zilari esa Qirg‘iziston va ehtimol, MDHning boshqa davlatlaridan kelgan bo‘lishi mumkin".

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) - davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8 dek.da Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991 yil 21 dek.da Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston koʻshildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993 yil MDHga Gruziya qoʻshiddi. 1993 yil MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquklari va erkinliklarini taʼminlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiklashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof mu-hitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil kilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iktisodiy koʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchimaslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2 marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.

"Isyonchilar"ning ayrimlaridan xorijiy valyutada katta miqdorda pul topilgani to‘g‘risida ham ma’lumotlar bor. Qirg‘iziston va O‘zbekistonda "buzg‘unchilik faoliyati" tashqaridan mablag‘ bilan ta’minlab turilishiga oid axborot bir muncha vaqt tildan-tilga o‘tib yurdi. Bu narsa aslo dalil bo‘la olmaydi, albatta. Biroq bilvosita dalillar menga bu o‘rinda zikr etilgan axborot haqiqatdan yiroq emas, degan taxminga borish imkonini beradi", - deydi ma’ruza muallifi.

Xalqaro doiralarning Andijon voqyealari bo‘yicha bildirgan munosabatiga to‘xtalar ekan, "bunday yondashuvlar asosan ommaviy axborot vositalarining G‘chet elniki - tahririyat izohiG‘ sodir etilgan voqyealarni begunoh, tinch aholini ataylab o‘qqa tutish sifatida talqin qilgan shov-shuvli xabarlari asosida shakllangan. Ushbu ma’lumotlarda "isyonchilar"ning qurollangani va mazkur harakatni harbiy operatsiya sifatida rejalashtirgani haqida lom-mim deyilmagan", deb ta’kidlaydi SH.Akiner.

Eng asosiysi, britaniyalik ekspertni keltirilgan manbalarni tanqidiy baholashga urinib ham ko‘rilmagani hayratga soladi. "Mening fikrimcha, voqyea haqidagi xabarlar xronologiyasini puxta o‘rganish va tekshirish ayrim jurnalistlarning qandaydir "mojaro" chiqishini kutgani va voqyealar qanday rivojlanishi to‘g‘risida oldindan tayyorlab qo‘yilgan axborotga ega bo‘lganini ko‘rsatadi", deb yozadi britaniyalik olima.

SH.Akiner jurnalistlar tomonidan Andijon voqyealari haqida tarqatilgan axborotlarni tahlil qilar ekan, ularni ikki toifaga bo‘ladi: "Birinchi toifa - voqyealar yuz bergan joydan tasmaga yozib olingan "sharhlar"dan iborat: bu "sharhlar"da atrofda nimalar sodir bo‘layotgani ma’lum qilingan, lekin u yoki bu harakat uchun kimlar javobgarligi, "isyonchilar" o‘t ochgani yoki ochmagani, hukumat qo‘shinlari qaysi nuqtadan o‘q uzgani to‘g‘risida deyarli hech qanday xabar yo‘q.

Biz "isyonchilar" qo‘lida qurollar bo‘lganini yaxshi bilamiz, ular bilan hukumat qo‘shinlari o‘rtasida otishma bo‘lgani ham hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Biroq, yangiliklarda bu borada deyarli hech qanday ma’lumot yoki dalillar yo‘q.

Ikkinchi toifa axborot mahalliy aholining go‘yoki "xolis sharhlari"dan iborat. Biroq "mahalliy aholi" - bu asosan hukumatga qarshi chiqayotgan shaxslardir.

Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
Albatta, ularning guvoh sifatidagi ko‘rsatmalari muhim, lekin ularning fikrini xolis deyish qiyin".


SH.Akiner O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan turli inson huquqlarini himoya qiluvchilar haqida yozar ekan, ta’kidlaydiki, "ular orasida turmush sharoitini yaxshilash uchun o‘z jamiyati bilan ishlashga harakat qilayotgan samimiy va dadil odamlar ham bor. Shunday esa-da, ko‘pchilik uchun "inson huquqlari"ni himoya qilish sohasidagi faoliyat" va "inson huquqlari bo‘yicha faol" unvoniga ega bo‘lish o‘ziga xos daromad manbaiga aylanib qolgan. Ularning faoliyati ko‘pincha tashqi homiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, ayrim hollarda esa juda katta miqdorda. Shak-shubhasiz, ularning xorijlik homiylari bilan yaxshi munosabatda bo‘lganlari alohida taqdirlanadi, jumladan, chet el safarlariga boradi".

"Bu soha faoliyatiga doir men uchun eng noxush kashfiyot moliyaviy jihatdan qaramlik o‘ziga xos ma’naviy tobelikni keltirib chiqarayotgani bo‘ldi, - deb yozadi SH.Akiner. - Men O‘zbekistondagi inson huquqlari himoyachilaridan mahalliy hokimiyat bilan muayyan masalalarni hal qilish uchun birgalikda ishlab ko‘rishga harakat qilganmisiz, deb so‘raganimda, ular bunday ishga qo‘l urib ko‘rmaganligini aytishdi".

Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.

Shunga qaramay, britaniyalik ekspertning fikricha, "o‘z muammolarini o‘z hamjamiyatlari doirasida, jumladan mahalliy hokimiyat bilan hal qilishga uringanlar muayyan yutuqlarga erishganini ta’kidlashgan.

Biroq bunday ishda, xorijiy diplomatlar va muxbirlar ishtirokidagi matbuot anjumanlari, uchrashuvlarda bo‘ladigandek, o‘z ishini ko‘z-ko‘z qilish imkoniyati yo‘q".

SH.Akiner "Andijon voqyealari bo‘yicha bildirilgan xalqaro munosabatlar vaziyatni yaxshilashga yordam bermadi. Boz ustiga, bu yerda nima yuz bergani to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmagan siyosatchilarning andishasiz chiqishlari, O‘zbekiston hukumatini tanqid qilishlari va "bu jiddiy oqibatlar"ga olib kelishi mumkinligi haqidagi ochiqdan-ochiq do‘q-po‘pisalari vaziyatni murakkablashtirdi, xolos", - deb ta’kidlaydi.


Britaniyalik ekspertning fikriga ko‘ra, O‘zbekistondagi vaziyatga tashqi tomondan ta’sir o‘tkazishga urinishlar "faqat diniy ekstremistik guruhlarga foyda keltirishi mumkin. Bu ularning kuchi, ta’sirchan yoki jozibador g‘oyalarining emas, balki aniq maqsadlari, rahbariyati, yo‘lga ko‘yilgan tashkiliy tuzilmalari borligining natijasi bo‘ladi... Hozir natijani oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi: bu boradagi kurash uzoq vaqt davom etishi va bu vaziyatda tashqi aralashuvlar foydadan ko‘ra, ko‘proq zarar keltirishi mumkin".
Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.





Download 42,5 Kb.




Download 42,5 Kb.