|
1. O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar
|
Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 16,58 Kb. | | #143282 |
Bog'liq Hisobot Dostonbek 2 semestr so\'ngisi(2)
Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot xavfsizligi mutaxassisligi 703-22 guruh magistratura talabasi Islomov Dostonbek Uktamjon o‘g‘lining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha 2022-2023 kalendar ish rejasida mo‘ljallangan ishlar bo‘yicha amalga oshirgan ishlari hisoboti.
1. O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar:
2022-2023 o‘quv yilining 2-semestrida o‘quv ishlari bo‘yicha quyidagilarni bajardim:
- dars jadvaliga muvofiq “Axborot xavfsizligi” mutaxassisligiga oid darslarda to‘liq ishtirok etdim, bu fanlar quyidagilardan iborat:
1. Kompyuter kriminalistikasi.
2. Algoritmlarni loyihalash va taxlil qilish.
3. Innovatsiya va loyihalarni boshqarish.
- fanlarni yaxshi o‘zlashtirdim va a’lo baholarga topshirdim;
- mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘quv topshiriqlar to‘plami bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ldim;
- fanlar yuzasidan mustaqil ishlar tayyorladim va auditoriya oldida himoya qildim;
- mustaqil ta’lim uchun berilgan o‘quv topshiriqlari bilan tanishib chiqdim.
2. Ilmiy tadqiqot ishlari
- Tadqiqot ob’yektining farqlovchi xususiyatlarini aniqlash va shakllantirish ishlarini olib bordim;
- Hal bo‘lishi kerak bo‘lgan topshiriqlarni shakllantirish va maqsadni hamda javob olishi kerak bo‘lgan tadqiqot savollarini aniqladim;
- Ishchi gipotezani surish va shakllantirishni amalga oshirdim;
- Tadqiqot dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatga egaligini asosladim.
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha mavjud vaziyatlar klassifikatsiyasi va nuqtai nazarlar qiyosiy tahlilini amalga oshirishni maqsad qildim.
Xulosalarda muammoning o‘rganilganlik darajasi, ilmiy (nazariy) jihatdan yangilik alomatlari, tadqiqot mavzusini dolzarbligini aks ettirdim;
- Tadqiqot hajmi, nazariy va tajribaviy materiallarni tanlash tamoyilini aniqladim;
- Terminologiyani aniqlash. Qo`llaniladigan terminlar (atamalar) kartotekasini ochish, kartochkalarga ularning mazmunini kiritib borishni amalga oshirdim.
3. Ilmiy pedagogik ishlar
2022-2023 o’quv yili 2-semestrda Menga biriktirilgan “Axborot xavfsizligi” kafedrasi mudiri Ganiyev A. rahbarligida quyidagi qonunlar bo‘yicha qisqacha bayonnoma shakllantirdim va o‘rganib chiqdim:
- O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining “Davlat Oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qarori;
- “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ichki tartibining namunaviy qoidalari” boʼyicha qisqacha bayonnoma;
- “Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy Davlat attestatsiyasi toʼgʼrisidagi Nizom” boʼyicha qisqacha bayonnoma.
Bundan tashqari, kafedra mudiri menga biriktirgan ilmiy rahbar Xalimtayeva I. boshchiligida kafedrada quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
- Tarmoq xavfsizligi fanidan laboratoriya ishlarini ishlab chiqishda yordam berdim;
- Ilmiy rahbarim nazorati osida tarmoq xavfsizligi fanidan 3-bosqich talabalariga tarmoq xavfsizligi fanidan 2 para dars o’tdim;
- “Axborot xavfsizligi” kafedrasida ishlaydigan 3 ta o’qituvchining darslarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, dars o’tish jarayonini kuzatdimva tahlil qildim.
Kafedra mudiri _____________________ _______
|
| |