|
Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlari xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar
|
bet | 2/3 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 22,25 Kb. | | #152680 |
Bog'liq vagonlarga qo\'yiladigan eksplatsion talablarHarakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlari xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar
6. Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirishda hisob-kitob, tajriba va ekspertlash yo‘li bilan, shu jumladan, o‘xshash temir yo‘l mahsulotidan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar asosida xavflilik darajasi baholanishi lozim. Xavflilik darajasini baholash usullari muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) maqsadlari uchun qo‘llaniladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanishi mumkin.
7. Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarining xavfsizligi:
a) harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirishda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish;
b) sinovdan o‘tkazilgan texnik yechimlarni qo‘llash;
v) harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarining belgilangan xizmat muddatlari va (yoki) resurslarini belgilash, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni zarur davriylik bilan o‘tkazish;
g) sinovdan o‘tkazilgan uslubiyotlarga asoslangan hisob-kitoblar kompleksini o‘tkazish;
d) foydalanish parametrlari va shartlaridan kelib chiqib harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan materiallar va moddalarni tanlash;
e) harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarining chegaraviy holatlari mezonlarini belgilash;
j) harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlarini utilizatsiya qilish shartlari va usullarini aniqlash;
z) harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlari muvofiqligini baholash orqali ta’minlanadi.
8. Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlari mustahkamligi, barqarorligi va texnik holatiga ko‘ra poyezdlarning yo‘l qo‘yilgan ko‘rsatkichlar chegarasidagi eng yuqori tezliklar bilan xavfsiz harakatlanishi ta’minlashi lozim.
9. Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va uning tarkibiy qismlari:
a) harakatdagi temir yo‘l tarkibi gabaritlariga rioya qilinishini;
b) tashqi iqlim va mexanik ta’sirlarni hisobga olib foydalanish shartlari bajarilishini;
v) temir yo‘l infratuzilmasi va ushbu infratuzilmada foydalanilayotgan boshqa harakatdagi temir yo‘l tarkibi bilan texnik moslashuvchanlikni;
g) g‘ildiraklarni izdan chiqib ketishiga bardoshlilikni;
d) temir yo‘llarning og‘ma uchastkalarida ag‘darilib ketishga bardoshlilikni;
e) to‘xtab turish joyidan o‘z-o‘zidan ketib qolishining oldi olinishini;
j) tortish va tormozlash rejimlarida dinamik kuchlanishni uzatish uchun poyezdlardagi ulanishni;
z) yo‘l qo‘yilgan tormozlash yo‘lini;
i) pagonli kuchlanishning, temir yo‘lga ta’sir bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan chegaraviy kuchlarning, hisoblangan o‘q yuklamalarining oshib ketmasligini;
k) harakatdagi temir yo‘l tarkibi tarkibiy qismlari temir yo‘lga tushishining oldi olinishini;
l) tortish kuchi, tormozlash va tezlanish qiymatlarining yo‘l qo‘yilgan chegaraviy ko‘rsatkichlariga muvofiqlikni;
m) sanitar-epidemiologik va ekologik xavfsizlikni;
n) uskuna va jihozlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash qismi bo‘yicha elektr jihozlarning elektromagnit moslashuvchanligini;
o) elektr jihozlarining temir yo‘l transporti infratuzilmasining temir yo‘l avtomatika va telemexanika, temir yo‘l elektr aloqa qurilmalari bilan elektromagnit moslashuvchanlikni;
p) yong‘in xavfsizligi talablarining bajarilishini;
r) yuklashning yo‘l qo‘yilgan rejimlarida va ta’sirlarda mustahkamlikni;
s) bo‘ylama va ko‘ndalang hisoblangan dinamik yuklamalarni qo‘llashda plastik deformatsiyalarning bo‘lmasligini;
t) yuklashning kam siklli va ko‘p siklli rejimlarida charchashga qarshilikni;
u) foydalanish rejimlarining barcha diapazonlarida (elektr ta’minotining nominal va chegaraviy rejimlarida) elektr jihozlari ishining xavfsizligi va ishonchliligini;
f) mexanizatsiya vositalarini qo‘llab yuk ortish va yuk tushirishda yuk, pochta va bagaj vagonlari konstruksiyasining xavfsizligini;
x) tepaliklardan tarqatishda vagonlarning ulanishini;
ts) harakatdagi temir yo‘l tarkibi tarkibiy qismlarining bir-biri bilan va konstruktorlik hujjatlarida nazarda tutilmagan temir yo‘l transporti infratuzilmasi elementlari bilan urinish nuqtalarining mavjud emasligini;
ch) temir yo‘llarning og‘ma uchastkalarida harakatdagi temir yo‘l tarkibining ulanishini, idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llari orqali vagonlarning ulangan va yakka holda harakatlanish imkoniyatini;
sh) energetik samaradorlik talablariga muvofiqlikni ta’minlashi lozim.
|
| |