JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–21_Issue-4_January_2023
241
O’ZBEK TILI LEKSIKASIDA O’ZLASHMA QATLAM VA
NEOLOGIZMLARNING O’RNI VA RIVOJLANISHI
Ilmiy rahbar:
Holiqova D.
O’zbekiston davlat jahon tillar universiteti, katta o’qituvchi
Talaba:
Haydarova N.
O’zbekiston davlat jahon tillar universiteti, XTA №1 fakulteti
Annotatsiya:
Ushbu maqola tilimizdagi o’zgarishlar va neologizmlarning tasnifi
va ta’siri ularning tutgan o’rni haqida ma’lumot beradi.
Kalit so’zlar:
leksika, diler, spravka, skaner, Neologizm, chat, kovboy, hotdog,
kokteyl.
Аннотация:
В данной статье представлена информация об изменениях в
нашем языке и о классификации и влиянии неологизмов, их месте.
Ключевые слова:
лексикон, дилер, справка, сканер, неологизм, чат, ковбой,
хот-дог, коктейль.
Abstract:
This article provides information about
the changes in our language
and the classification and influence of neologisms, their place.
Key words:
lexicon, dealer, spravka, scanner, neologism, chat, cowboy, hotdog,
cocktail.
Til eng buyuk qadriyatdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov bu haqda shunday
degan edilar: ―”… ajdodlardan o‘tib kelayotgan ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uni
boyitish, nufuzini oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur. Ayniqsa,
fundamental
fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari,
bank-moliya tizimi
kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish,
zarur
atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda,
o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini
anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz ”, - deya ta‘kidlagan edilar. Til
ilk davrlardan boshlab hech bir narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydigan vazifani, ya’ni
inson tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish vazifasinisini bajarib keldi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat
tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi oshib bormoqda.
O‘zbek tili leksikasining boyishida o‘zlashma so‘zlar katta ahamiyatga ega. Chet
tilidagi so‘zlarning tilimizga kirib kelishi va ularning ishlatilishi tilimizda ma’lum bir
yangi so‘zlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi va bu turdagi so‘zlar
guruhi
o‘zlashma so‘zlar deyiladi. O‘zbek tili leksikasi, ya’ni so‘z boyligi bir qancha manbalar
asosida boyib, rivojlanib boradi. Ularni, eng avvalo, ikkita
katta guruhga ajratish
mumkin:
1.Ichki manba - o’z ichki imkoniyatlari asosida boyish.
2.Tashqi manba - boshqa tillardan so‘z olish asosida boyish.
O‘zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Yevropa
tillaridan bir qancha so‘zlar yangi tushunchalar bilan birgalikda kirib keldi. Masalan:
diler, skaner, wi-fi, selfi, onlayn, slayd, oflayn, deblayn, fake, animator, klon, tyutor