|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 241-243JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–21_Issue-4_January_2023
242
kabi. Bularning hammasi o ‘zbek tili leksik imkoniyatlarini kengaytirib boyitmoqda.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, o‘zbek xalqining o‘z erkiga, ozodligiga
erishishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirdi, tilimizda yuzlab, minglab neologizmlar
paydo bo‘ldi.
Mustaqillik davrida rasmiy ish qog‘ozlarining davlat tilida yuritilishi juda ko‘plab
yangi o‘zbekcha neologizmlarning hosil bo‘lishiga olib keldi. Shu kungacha
qo‘llangan spravka, xarakteristika, akt, instruksiya, raport, protokol, kontrakt kabi
so‘zlarning yangi o‘zbekcha muqobillari hosil qilindi: spravka – ma’lumotnoma,
xarakteristika - tavsiyanoma, tavsifnoma; akt - dalolatnoma, instruksiya - yo‘riqnoma,
raport - bildirish, bildirishnoma; protokol – bayonnoma, majlis bayonnomasi;
rezolyutsiya - munosabat belgisi, kontrakt - shartnoma va hokazo.
Neologizmlar – yunoncha, neos- ―yangi, logos-―so‘z, so‘zlarining jamlanmasi
bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo bo‘lgan yangi narsa va
tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar. Neologizmlar avvaliga noodatiy so‘zdek bo‘ladi,
lekin ko‘p qo‘llanilishi hisobiga ―yangilik xususiyatini yo‘qotadi va faol so‘zlar
qatoriga o‘tadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda bozor munosabatlarining vujudga kelishi, bank
ishlarining taraqqiyoti bilan bog‘liq holda german va roman tillaridan rus tili orqali
o‘zlashgan yangi so‘zlar - neologizmlar bilan bir qatorda tilimizning ichki
imkoniyatlari asosida hosil qilingan bir qancha neologizmlar ham keng qo‘llana
boshladi. Masalan: biznesmen - ishbilarmon, fermer - mulkdor, auditor - savdogar,
auksion - ochiq savdo, aksiya - qimmatbaho qog‘oz va boshqalar. Bunday
neologizmlarning asosiy qismi ingliz tilidan o‘zlashgandir.
O‘zbek tili leksikasi muntazam ravishda ichki va tashqi manbalar hisobiga boyib
bormoqda. XIX-XX asrlarda jamiyat hayotida bo‘lgan o‘zgarishlar so‘zlarning
o‘zlashish va iste‘moldan chiqish jarayonini tezlashtirdi. Bu davrda nafaqat ruscha,
balki inglizcha, xitoycha, fransuzcha, ispancha so‘zlar rus tili orqali kirib keldi. O‘zbek
tiliga inglizcha so‘zlarning o‘zlashish yo‘llari turlichadir. Agar tushuncha aynan
o‘zbekcha nomlanishga ega bo‘lmasa yoki o‘zining ijobiy va samarali ta‘siriga ega
bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirilmoqda. Masalan, chat(chat) – suhbat.
Yana shunday neologizmlar borki, kundalik hayotda qo‘llanilishi uchun ehtiyoj
paydo qilgan, lekin ―O‘zbek tilining izohli lug‘atidan joy olmagan. Ulardan misol
keltirib quyidagilarni ayta olamiz: koka-kola, minimarket, gipermarket, chizburger,
hot-dog, netbuk, sensor, fleshxotira, planshet va hokazo.
Shuni ta’kidlash joizki, ingliz tilidan o‘zbek tiliga so‘zlar o‘zlashganda ularning
tuzilishi yoki semantik mohiyati o‘zgarishini ham kuzatish mumkin. Ayrim so‘zlar
o‘zining asl ma’nosini saqlab qolgan holda o‘zgarsa, ayrimlarida esa ma’no
kengaygan, ma’no toraygan yoki umuman ma’nosi tubdan farq qilishi mumkin.
Inglizcha so'zlar tilimizda ko‘p o‘zlashayotgan ekan, tabiiyki, ularning etimologik
kelib chiqishi ham barchani qiziqtirmoqda. Jumladan, kovboy [inglizcha, cow-boy,
cow – sigir, boy – yigit] leksemasi AQShning g‘arbiy shtatlarida otliq yigit, jasur, mard
podachi ma’nosi sifatida qo‘llaniladi. Ko‘pchilik yoshlarning sevimli taomi hot-dog
[hot – issiq, dog – kuchuk] leksemasi esa etimologik jihatdan ko‘pchilikni shubhaga
qo‘yadi, go‘yoki kuchuk go‘shtidan qilingan taomdek. Aslida esa bunig o‘z tarixi
mavjud. 1884-yilda hot-dog sosiska ma‘nosida ishlatilgan, sosiska tayyorlovchilarning
|
| |