• KUN TARTIBI: Samarqand hududiy bog‘lamasi tasarrufidagi dizel generatorlarining yoqilg‘i sarfini nazoratiga olish.
  • Тasdiqlayman: “O‘zMobayl” filialining Samarqand hududiy bo‘lamisi boshlig‘i




    Download 35,01 Kb.
    bet1/2
    Sana21.05.2024
    Hajmi35,01 Kb.
    #248472
      1   2
    Bog'liq
    БАЁННОМА Боғламаларга


    ТASDIQLAYMAN:
    “O‘zMobayl” filialining Samarqand
    hududiy bo‘lamisi boshlig‘i


    ________________ Yu.Li.
    ______” ____________2024 yil.


    BAYONNOMA


    1 aprel 2024 yil. ______- сон Samarqand sh.
    Raislik qildi: Samarqand hududiy bo‘lamisi boshlig‘i Yu.Li.
    Ishtirok etdilar: J. Rahimov, D.Kamalov, X. Ochilov

    KUN TARTIBI:
    Samarqand hududiy bog‘lamasi tasarrufidagi dizel generatorlarining yoqilg‘i sarfini nazoratiga olish.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi PQ-2126-son “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori doirasida “O‘zMobayl” filiali tomonidan, mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish va sifatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
    Yig‘ilish boshida, Filalning Samarqand hududiy bog‘lamasi boshlig‘i Yu.Li (Raislik etuvchi) so‘zga chiqib, Samarqand viloyati hududida mobil aloqa qamrovi sifatini oshirish bo‘yicha bir nechta yo‘nalishlarda rejali ishlarning olib borilayotganligi hamda tarmoqda yangi baza stansiyalarning soni ortib borayotganligini ta'kidlab o‘tdi.
    Shu bilan birga mavjud baza stansiyalarning uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun o‘rnatilgan stasionar dizel generatorlarni yoqilg‘i moylash materiallari bilan o‘z vaqtida ta'minlash hamda yoqilg‘i sarfini nazoratini olib borish haqida ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
    Filalning Samarqand hududiy bog‘lamasi tarmoq ekspluatatsiyasi bo‘limi boshlig‘i J. Rahimov majlis davomida so‘zga chiqib, hududda o‘rnatilgan baza stansilarni elektr energiya bilan ta'minlashda doimiy elektr tarmoqlaridagi cheklovlar va avariya holatlari yuz bergan paytda baza stansiyalarda o‘rnatilagan stansionar dizel generatorlar avtomatik tarzda ishga tushishi va obyektni vaqtincha elektr energiyasi bilan ta'minlashi hamda tarmoqda doimiy elektr ta'minoti qayta tiklangunga qadar ishlab turishi to‘g‘risida maʼlumot berdi.
    Samarqand hududiy bog‘lamasining EvaK guruhi oliy toifali muhandisi D. Kamalov majlis davomida so‘zga chiqib, Bog‘lama tasarrufida jami 52 dona stansionar va 2 dona tirkamali dizel generatorlar borligini bildirdi va mazkur geniratorlarning ishlash jarayonidagi yoqilg‘i sarfi miqdori baza stansiyalar tomonidan tushayotgan elektr yuklamasiga nisbatan o‘zgarib turishi to‘g‘risida tushintirish berib o‘tdi.
    Shuningdek, 2024 yil aprel oyida baza stansiyaning yuklamalaridan kelib chiqqan holda elektr yuklamalariga nisbatan dizel geniratorlarining ishlash quvvati darajasi (foiz) ko‘rsatgichlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar berdi (ilova qilindi).
    Samarqand hududiy bog‘lamasi tarmoq ekspluatatsiyasi bo‘limi EvaK guruhi birinchi toifali muhandisi X. Ochilov, dizel generatorlarning samarali ishlashiga mas'ul hodim sifatida so‘zga chiqib, Filial rahbariyati tomonidan tasdiqlangan, “Filial tasarrufida bo‘lgan dizel va benzin genirator agregatlarining yoqilg‘i iste'moli darajasi ko‘rsatgichlari” xujjatiga asosan, hamda dizel geniratorlarga tushgan elektr yuklama ko‘rsatgichlarini inobatga olgan holda yoqilg‘i moylash materiallarining sarfi nazorat qilinayotganligi to‘g‘risida ma'lumot berdi.
    Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar tomonidan keltirilgan ma'lumotlarga tayanib, Raislik etuvchi tomonidan quyidagi ko‘rsatmalar berildi:

    - Mavjud dizel geniratorlarini ish samaradorligini yaxshilash, yoqilg‘i moylash materiallari bilan ta'minlash ishlarini kechiktirmasdan o‘z vaqtida bajarish;


    - 2024 yil aprel oyida baza stansiyaning elektr yuklamalariga nisbatan dizel geniratorlarining ishlash quvvati darajasi foiz ko‘rsatgichlarini geniratorlarda sarflangan yoqilg‘i moylash materiallarini xisobdan chiqarishda inobatga olinsin;
    - Baza stansiyaning elektr yuklamalariga nisbatan dizel geniratorlarining ishlash quvvati darajasi foiz ko‘rsatgichlari ma'lumotlari 2024 yil mobaynida xar oyning 1-sanasida Bog‘lama boshlig‘ining tasdig‘idan o‘tkazilsin.
    - Sarflangan yoqilg‘i moylash materiallarini xisobdan chiqarish dalolatnomasini 2024 yilning xar bir oyning 1-sanasida raxbariyatga taqdim qilinsin.
    - Mazkur ishlarning o‘z vaqtida bajarilishni nazorat qilish Samarqand hududiy bog‘lamasi tarmoq ekspluatatsiyasi bo‘limi boshlig‘i J. Rahimovga yuklatiladi.



    Download 35,01 Kb.
      1   2




    Download 35,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тasdiqlayman: “O‘zMobayl” filialining Samarqand hududiy bo‘lamisi boshlig‘i

    Download 35,01 Kb.