|
Bir yoki bir nechta elektrik o‘tishli, uch yoki undan ko‘p
|
Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 13,74 Kb. | | #258065 |
Bog'liq Glossary
Glossary
Tranzistor
|
Bir yoki bir nechta elektrik o‘tishli, uch yoki undan ko‘p elektrodli, elektr signali quvvatini kuchaytirish uchun yaroqli, elektr o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi yarimo‘tkazgich asbob.
|
Konstruktiv element ( KE)
|
Qurilmaning xususiy funksional vazifani bajaruvchi har qandy butun bo‘lagi
|
Parametr
|
Obyekt(jarayon )ning holati,xossalari yoki tashqi sharsitlarni tavsiflaydigan muayyan sifat xususiyatining miqdoriy o‘lchovi bo‘lib, uning qiymati tanlangan o‘zaro munosabatlar tizimida berilgan yokm oldindan aniqlangan hisoblanadi.
|
Konstruktiv elementning parametri
|
Konstruktiv element xossalari yoki belgilarini tavsiflaydigan sifat xususiyatining miqdoriy o‘lchovi. Masalan, geometrik o‘lchovlar, maydon, singdidiruvchanlik va boshqalar.
|
M- turdagi asbob
|
Dinamik boshqaruvga asoslangan, ko‘ndalang o‘zgarmas magnit maydonida harakatlananayotgan elektronlarning potensal energiyasiga O‘YUCH chiqish signali energiyasiga aylantirib beruvchi elektrova kuum asbob.
|
0- turidagi asbob
|
Dinamik boshqaruvga asoslangan, elektronlar dastasining kinetik energiyasini O‘YUCH chiqish signali energiyasiga aylantirib beruvchi elektrovakkum asbob.
|
Integral Mikrosxema (IMS)
|
Signalni o‘zgartirish,informatsiyani uzatish va yig‘ish bo‘yicha ma’lum vazifalarni bajaruvchi, tugal texnologik jarayonda tayyorlanadigan va elektr jihatdan o‘zaro bog‘langan elementlari yuqori joylashish zichligiga ega bo‘lgan mikroelektron mahsulot.
|
|
| |