• Umov-Poynting vektori
  • Elеktromagnit to’lqinlar




    Download 86,8 Kb.
    bet1/2
    Sana16.02.2024
    Hajmi86,8 Kb.
    #157715
      1   2
    Bog'liq
    Elеktromagnit to


    1. Elеktromagnit to’lqinlar.

    Ma’lumki davriy ravishda o`zgaruvchi elektromagnit maydonning tarqalishini elektromagnit to`lqin deb ataladi. Elektromagnit to`lqinni shunday ikki o`zaro perpendikulyar tekisliklarda yotuvchi sinusoidalar shaklida tasvirlash mumkinki, bunda to`lqin shu ikki tekislik kesishishi natijasida xosil bo`lgan chiziq bo`ylab tarqaladi. Maksvell ta’limotiga asosan, elektromagnit to`lqinning biror muxitda tarqalish tezligi shu muxitning elektr va magnit xususiyatlariga bog`liq bo`lib, uning qiymati quyidagi munosabat bilan aniqlanadi.
    (1)
    Vakuumda muhitning magnit sindiruvchanligi va dielektrik singdiruvchanli-gi birga teng. Shuning uchun vakuumda elektromagnit to`lqinning tarqalish tezligi

    u holda (1)ni quyidagicha yozish mumkin
    Demak elektromagnit to`lqinlar muxitda tarqalish tezligi vakuumdagi tezligidan marta kichik.
    Ma’lumki elektromagnit to`lqin ikki o`zaro perpendikulyar tekisliklarda yotuvchi sinusoidalar shaklida tasvirlanadi, bunda elektro magnit to`lqin shu ikki tekislik kesishishi natijasida xosil bo`lgan chiziq bo`ylab tarqaladi. Maksvell tenglamasiga asosan o`zgaruvchan elektromagnit maydonining E va H kuchlanganlik vektorlari
    (1) (2)
    tipidagi to`lqin tenglamalari qanoatlantiradi. Bunda Laplas operatori,  -elektromagnit to`lqinining tipidagi to`lqin tenglamalari qanoatlantiradi. Bunda Laplas operatori,  -elektromagnit to`lqinining biror muhitdan taralish

    tezligi. s-elektromagnit to`lqinni vakuumda tarqalish tezligi.
    Elektromagnit to`lqinning muhitda tarqalish tezligi, vakuumdagi tezlikdan marta kichik. (2) tenglamani quyidagi ko`rinishda yozish mumkin
    (3)
    Bu tenglamalarning eng oddiy yechimi quyidagi ko`rinishda bo`ladi.
    yassi monoxramatik elektromagnit to`lqin tenglamasi, bunda E0 va H0 mos ravishda to`lqinlarning elektr va magnit maydon kuchlanganliklari amplitudasi. to`lqin soni bo`lib u 2 metr uzunlikdagi kesmada joylashadigan to`lqin uzunliklarining sonini ifodalaydi.
    -tebranishni boshlansich fazasi.
    Umov-Poynting vektori. Elektromagnit to`lqinlarni payqash mumkinligi (uchun chiqishi, lampochkaning shu’lanishini va hakazo) bu to`lqinlarning o`zi bilan energiya ko`chirib yurishini ko`rsatadi. Birlik hajmidagi elektromagnit maydon energiyasi ya’ni elektr maydon energiyasini zichligi (4) va magnit maydon energiyasining zichligi
    (5) yig`indisidan iborat. (6)

    Elektromagnit maydonda elektr va magnit maydonlar energiyalarining zichliklari har bir momentda birday bo`ladi, ya’ni e=m u holda (6) quyidagicha yoziladi.
    =2e=2m=0E2=0H2 (7)
    Bundan (8)
    (8) ga asosan (7) ni quyidagicha yozish mumkin
    (9)

    1. ifodaga asosan (9) ni quyidagicha yozamiz

    yoki =EH
    =S bo`lib S-birlik vaqtda birlik yuza orqali ko`chirilayotgan energiya ya’ni S==EH
    bu ifodani vektor ko`rinishda S=[EH] shaklida yozish mumkin. E va H lar o`zaro perpendikulyar bo`lganligi uchun bu vektorlarning vektor ko`paytmasi elektromagnit to`lqinning tarqalish yo`nalishidagi S vektordir. S vektorni Umov-Poynting vektori deb ataladi.
    Elektromagnit to`lqinlar birinchi marta Gers tajribasidan 8 yil keyin 1895 yil 7 mayda rus fizigi A.S.Popov tomonidan amalda qo`llanildi. A.S.Popov rus-fizika-ximiya jamiyati majlisida dunyoda birinchi radiopriyomnikni demonstransiya tildi va elektpromagnit to`lqinlarni simsiz aloqa vositasi sifatida keng ishlatish mumkinligini ko`rsatdi. Diapazoni santimetr va millimetr bo`lgan elektromagnit to`lqinlar radiolokatsiya (to`lqinlarni to`siqlardan qaytish) da keng qo`llaniladi. Hozirgi paytda fan va texnikaning xech bir soxasi yoki unda elektro magnit to`lqinlar ishlatilmasin.
    Elektromagnit to`lqinlar o`z chastotalari va to`lqin uzunliklariga hamda nurlanish va qayd qilishning usullariga qarab bir necha turga bo`linadi. Bular: radioto`linlar, yorug`lik nurlanishi, rentgen nurlanishi, gamma nurlar va x.k.z.

    Download 86,8 Kb.
      1   2




    Download 86,8 Kb.