Kirish
|
-EZ
|
Chiqish
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
1
|
0
|
1
|
3S
|
1
|
1
|
3S
|
3.2 jadval. Inversiyasiz buferning chinlik jadvali.
Bu buferlarni ba’zida OK li chiqishlarni о‘rniga ishlatish uchun qulay (3.9-chizma). Bu holda boshqarish kirishi axborot kirishi bо‘lib xizmat qiladi. Kirishda nol holat bо‘lganda biz chiqishda nol olamiz, kirishda bir bо‘lganda esa chiqishda uchinchi holat yuzaga keladi. Juda kо‘p xollarda bittali signallarni emas signallar guruxiga ishlov berishga tо‘g‘ri keladi, masalan, kо‘p razryadli kodlarni uzatuvchi signallar holida. Bu holda guruxli boshqarish buferini ishlatish qulaydir, yaʻni bir necha chiqishga bitta EZ ruxsat kirishiga ega bо‘lgan buferini ishlatish. Misol bо‘lib LP11 mikrosxemasi xizmat qilishi mumkin (ikki guruxga ajratilgan oltita bufer) va AП5 (tо‘rtta buferdan ikki guruxga ajratilgan sakkizta buferlar, ularning har biri о‘zining boshqarish kirishiga ega).
3.9-chizma. 3S chiqishli buferni OK li bufer sifatida qо‘llanilishi.
3.10-chizmada ikkita AП5 mikrosxemasi yordamida ikkita sakkiz razryadli kodlarni multpleksirlashga misol kо‘rsatilgan. Ikki mikrosxemaning bir xil nomdagi chiqishlari о‘zaro birlashtirilgan. Ikkita kirish kodidan har birini chiqishiga о‘tqazish о‘zining boshqarish signali bilan ruxsat etiladi (1 boshq. va 2 boshq.), chiqishlarda konflikt holatlar yuzaga kelmasligi uchun bu ikki signalning bir vaqtda berilishi mumkin emas.
3.10-chizma. 3S chiqishli bufer yordamida ikkita kirish kodini multipleksirlash.
Ikki yо‘nalishli buferni bir yо‘nalishli buferdan farqi, u signallarni ikkala yо‘nalishga uzatishga imkon beradi. Maxsus T boshqarish signaliga bog‘liq holda (boshqacha belgilanishi - BD) kirishlar chiqish bо‘lib qolishi mumkin va aksincha chiqishlar kirish bо‘lib xizmat qilishi mumkun. Albatta uchinchi holatni boshqarish kirishi EZ mavjud, u kirishlarni о‘chirib qо‘yishi mumkin va shuningdek chiqishlarni ham о‘chirib qо‘yishi mumkin.
3.11-chizmada misol tariqasida AP6 mikrosxemasida ikki yо‘nalishli buferi kо‘rsatilgan, u ikki yо‘nalishli shinalar A va V о‘rtasida axborotlarni ikki yо‘nalishda uzatishi mumkin. T boshqarish kirishida birlik qiymat (yо‘nalish signali) bо‘lganda axborotlar A shinadan V shinaga uzatiladi, T boshqarish kirishida nollik qiymat bо‘lganda esa V shinadan A shinaga axborot uzatiladi (3.3 jadval). - EZ boshqarish kirishidagi birlik signali (о‘chirish signali) mikrosxemani ikkala shinadan о‘chirib qо‘yadi.
3.11-chizma. Ikki yо‘nalishli buferni ulanishi.
|