• 1 kirish 2 kirish Chiqish
  • YOKI Inkor etish mantiqiy elementi




    Download 123,04 Kb.
    bet8/11
    Sana04.12.2023
    Hajmi123,04 Kb.
    #110631
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2-ma’ruza mavzu Mantiqiy elementlar Reja Mantiqiy elementlar.

    5. YOKI Inkor etish mantiqiy elementi
    YOKI inkor etish elementini (inglizchasi – Exclusive-OR) ham shuningdek oddiy elementlar qatoriga kiritish mumkun edi, lekin VA elementi yoki YOKI elementi bajaradigan funksiyaga qaraganda, u bajaradigan VA funksiya elementi bir oz murakkabroq. YOKI inkori elementining hamma kirishlari teng xuquqli bо‘lib, biroq kirishlaridan birortasi ham boshqa bir kirishini chiqish signalini bir yoki nol qiymatga о‘rnatib yopib qо‘ya olmaydi.
    YOKI inkor etish funksiyasi deganda quyidagicha tushunish kerak: chiqishida bir hosil bо‘ladi qachonki, faqat bitta kirishida bir bо‘lsa. Agarda kirishlarida bir ikkita yoki kо‘p bо‘lsa, yoki barcha kirishlarida nol bо‘lsa, u holda element chiqishida nol bо‘ladi. Ikki kirishli YOKI inkor etish elementining chinlik jadvali quyida keltirilgan (3.5 jadval). Rossiya va boshqa davlatlarda YOKI inkor etish sxemasini qabul qilingan belgilanishi 3.27-chizmada keltirilgan. Rossiyada qabul qilingan YOKI inkor etish sxemasini belgilanishidagi “=1” belgi chiqishda bitta faqat bitta bir bо‘lishlik holatiga urg‘u berib qо‘rsatilgan.



    1 kirish

    2 kirish

    Chiqish

    0

    0

    0

    0

    1

    1

    1

    0

    1

    1

    1

    0

    3.5 jadval. YOKI inkor etish elementining chinlik jadvali.




    3.27-chizma. YOKI inkor elementlarini belgilanishi: chet elda (chapdagi) va Rossiyada (о‘ngda).


    YOKI inkor etish elementlari standart seriyalarda kam va mikrosxema kо‘rinishida LP5 (2С chiqishli tо‘rtta ikki kirishli element), LL3 va LP12 lar LP5 dan farqi OK chiqishi bilandir. Bu elementlar bilan juda ham maxsus funksiya bajariladi.


    Matematik nuqtaiy nazardan YOKI inkor etish elementlari modul 2 bо‘yicha qо‘shish deb ataluvchi operatsiyani bajaradi. Shuning uchun bu elementlarni shuningdek ikki modul bо‘yicha qо‘shish deb nomlangan. Oldingi bobda qayd qilinganidek modul 2 bо‘yicha qо‘shish aylana ichiga olingan + belgi bilan ifodalanadi.
    YOKI inkor etish elementlarining asosiy tadbiqi chinlik jadvalidan kelib chiqqan holda, kо‘pincha ikki kirishli signallarni tashkil etadi. Kirishlariga ikkita bir yoki ikkita nol kelgan holda (signallar mos tushadi), chiqishida nol hosil bо‘ladi (3.5 jadvalga qaralsin). Odatda bunday ishlatilganda elementning bitta kirishiga doimiy qiymat berib qо‘yiladi va u bilan boshqa kirishiga kelgan vaqt bо‘yicha о‘zgaruvchi signal solishtiriladi. Lekin kо‘pincha signallarni va kodlarni solishtirish uchun maxsus mikrosxema kodlar komparatori ishlatiladi, uni keyingi bobda kо‘rib chiqiladi. 2 modulli jamlovchi sifatida YOKI inkor etish elementlari shuningdek parallel va ketma-ket 2 modul bо‘yicha bо‘luvchilarda ishlatiladi, ular siklik nazorat yig‘indilarni hisoblash uchun mо‘ljallangan.

    3.28-chizma. YOKI inkor elementi boshqaruvchi invertor sfatida.


    YOKI inkor etish elementlarining muxm tatbiqi – bu boshqariluvchi invertordir (3.28-chizma). Bu xolda elementning kirishlaridan biri boshqaruvchi sifatida ishlatiladi, elementning boshqa kirishiga esa axborot signali beriladi. Agarda boshqarish kirishida bir bо‘lsa, u holda kirish signali invertlanadi (teskariga о‘zgartiriladi), agarda nol boʻlsa – u holda kirish signali invertlanmaydi. Kо‘pincha boshqarish signali doimiy qiymat bilan beriladi, bu bilan elementning ish tartibini belgilab beriladi, axborot signali esa impulsli bо‘ladi. Yani YOKI inkor etish elementi kirish signalini qutbini yoki frontini boshqaruv signaliga bog‘liq holda, о‘zgartira oladi va о‘zgartirmasligi ham mumkin.


    Qachonki ikki signal bir xil qutbli bо‘lgan holda (musbat yoki manfiy) va shu bilan bir qatorda ularning bir vaqtda kelishi mumkin bо‘lmasa, YOKI inkor etish elementi u signallarni aralashtirish uchun ishlatilishi mumkin (3.29-chizma). Kirish signalining xohishiy qutubli bо‘lganida ham elementning chiqish signali musbat bо‘ladi. YOKI inkor etish elementining kirish signallari musbat bо‘lganida u 2YOKI elementi kabi ishlaydi, kirish signallari manfiy bо‘lgan hollarda esa, u 2VA-YО‘Q elementini о‘rniga ishlatilishi mumkun. Bunday almashtirishlar, qachonki YOKI inkor etish elementi sxemada ishlatilmay qolgan, ortiqchasi bо‘lgan holda yuqorida keltirilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun foydali bо‘lishi mumkin. Tо‘g‘ri, shu jumladan hisobga olish kerakki YOKI inkor etish elementida signalni tarqalishining ushlanishi odatda oddiy VA, VA-YО‘Q, YOKI, YOKI-YО‘Q elementlarining signalni tarqalishining ushlanishidan bir muncha kо‘p (taxminan 1,5 martta).

    3.29-chizma. YOKI inkor elementini bir vaqtda bо‘lmagan ikki signalni moslash uchun tadbiqi.


    YOKI inkor etish elementining yana bitta muxim tadbiqi – bu kirish signalining xohishiy fronti bо‘yicha qisqa impulslarini hosil qilishidir (3.30-chizma). Ushbu holda kirish signalining fronti musbatmi yoki ma’nfiymi buning axamiyati yо‘q, chiqishda baribir ham musbat impuls hosil qilinadi. Kirish signali sig‘im yoki elementlar zanjiri yordamida ushlanadi, sо‘ng dastlabki signal va uning ushlangan nusxasi YOKI inkor etish elementining kirishiga beriladi. Ikki sxemada ham ushlash elementi sifatida shuningdek ikki kirishli YOKI inkor etish elementi invertlamaydigan ulanishda ishlatilgan (ishlatilmaydigan kirishiga nol beriladi). Bunday о‘zgartirish natijasida kirish signalining chastotasini ikki xissa oshirish haqida gap yuritish mumkun, chunki chiqish impulslari kirish impulslariga nisbatan ikki hissa tez hosil bо‘ladi.


    3.30-chizma. YOKI inkor elementi yordamida kirish signallarining frontlarini ajratish.


    YOKI inkor etish elementining ushbu xususiyatini, elementning ikki kirishiga bir vaqtda о‘zgaruvchan signallar berilganda hisobga olish kerak bо‘ladi. Shunda element kirish signallarining xohishiy frontlari bо‘yicha, chiqishida qisqa parazit impulslar paydo bо‘lishi mumkin. Ularning keyingi sxemalarga ta’sirini yо‘q qilish uchun masalan, oldingi bо‘limda batafsil kо‘rilgani kabi sinxronlash orqali erishish mumkin.





    Download 123,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 123,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YOKI Inkor etish mantiqiy elementi

    Download 123,04 Kb.