• Komplementar MDYA - tranzistorlar asosidagi mantiq elementlar.
  • Mantiqiy integral sxemalarning negiz elementlari




    Download 65,8 Kb.
    Sana17.05.2024
    Hajmi65,8 Kb.
    #240056
    Bog'liq
    Raqamli texnika 4-mavzu


    MANTIQIY INTEGRAL SXEMALARNING NEGIZ ELEMENTLARI
    (2 soat)
    Reja: bipolyar tranzistorli elektron kalitlar. Maydoniy tranzistorli elektron kalitlar. BT asosida mantiq. Tranzistor-tranzitorli mantiq (TTM) ME, uning ishlash mexanizmi. Dinamik yuklamali metall-dielektrik-yarimo‘tkazgich (MDYA)-invertorlar. Komplementar metall-dielektrik-yarimo‘tkazgich (KMDYA) invertorlar. Komplementar MDYA tranzistorlarda yasalgan mantiqiy elementlar.
    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta ’lim. Munozara, oz-o ‘zini nazorat.
    Adabiyotlar: [A1. B.161-195]; [A2. B.158-204]; [A3. B.31-125]; [A4. B.266-291].
    Mantiqiy integral sxema yoki mantiqiy element (ME) deb ikkilik sanoq tizimida berilgan axborotlarni mantiqiy o‘zgartirishga mo‘ljallangan elektron sxemalarga aytiladi.
    MElar sanoatda murakkablik darajasiga ko‘ra turli seriyalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Seriya deganda, turli funktsiyalar bajara oladigan, yagona konstruktiv-texnologik usulda bajarilgan va birgalikda ishlashga mo‘ljallangan IMS majmuiga aytiladi. Shundayligiga qaramasdan, har bir seriyada ushbu seriyadagi boshqa sxemalarga asos hisoblanadigan negiz MElar (invertorlar, HAM-EMAS ME, YOKI-EMAS ME, triggerlar, hisoblagichlar, registrlar va h.k.) mavjud.
    Hozirgi vaqtda RISlarni loyihalashda quyidagi negiz MElar keng qo‘llaniladi: tranzistor-tranzistorli mantiq; emitterlari bog‘langan mantiq; integral-injektsion mantiq; bir turdagi MDYA-tranzistorli mantiq; komplementar MDYA-tranzistorli mantiq.
    Sodda invertorli TTM sxemasi 4.1-rasmda keltirilgan.


    4.1 -rasm. Sodda invertorli TTM ME 4.2-rasm. Murakkab invertorli TTM




    sxemasi.
    ME sxemasi.
    Murakkab invertorli TTM sxemasi (4.2-rasm) amaliyotda keng qo‘llaniladi. U ikki taktli chiqish kaskadi (VT2 va VT3 tranzistorlar, R4 rezistor va VD diod), boshqariluvchi faza ajratuvchi kaskad (VT1 tranzistor, R2 va R3 rezistorlar) dan tashkil topgan.
    Komplementar MDYA-tranzistorli invertor. Komplementar, ya’ni o‘tkazuvchanlik kanallari turi qarama-qarshi bo‘lgan MDYA-tranzistorlar asosida tayyorlangan elektron kalit bu kamchilikdan holi (4.3 a -rasm).

    1. b) v)







    1. rasm. KMDYA tranzistorli invertor (a), 2HAM-EMAS (b) va 2YOKI-EMAS (v) mantiq elementlarning sxemasi.

    Komplementar MDYA - tranzistorlar asosidagi mantiq elementlar.
    2HAM-EMAS sxemada yuklama vazifasini bajaruvchi tranzistorlar bir-biriga parallel ulanadi (4.3, b-rasm), 2YOKI-EMAS sxemada esa, ketma-ket (4.3, v- rasm). Bunday usul yordamida faqat ikki kirishli elementlar emas, balki kirishlar soni katta bo‘lgan sxemalar ham tuziladi.
    Download 65,8 Kb.




    Download 65,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mantiqiy integral sxemalarning negiz elementlari

    Download 65,8 Kb.