Mendeleyev hayoti va ilmiy faoliyati. Davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati




Download 18,98 Kb.
Sana04.04.2017
Hajmi18,98 Kb.
#2862

Mendeleyev hayoti va ilmiy faoliyati. Davriy qonun                                va davriy sistemaning ahamiyati. Dimitriy  Ivanovich  Mendeleyev 1834-yil  27-yanvar (8-fevral)da  Tobolsk  shahrida  gimnaziya  direktori  oilasida  tug’ildi.U  Tobolsk  gimnaziyasini  tugatib, Peterburg  pedagogika   institutida  o’qidi  va  uni  1855-yilda oltin  medal  bilan  tamomladi. 1859-yilda  “Solishtirma  hajmlar”  mavzusida  magistrlik  dissertatsiyasini  himoya  qilgandan  keyin  ikki  yil  davomida   chet  elda  ilmiy   safarda  bo’ldi. Xorijdan  qaytgandan  keyin  33  yil  davomida, dastlab  Peterburg  Texnologiya  institutida, keyin  Peterburg Universitetida professor  lavozimida  ilmiy  va  pedagogik  ish  olib  bordi.   1869-yilda  D.I.Mendeleyev  davriy  qonunni   kashf  etdi  va  kimyoviy  elementlar  davriy  sistemasini  yaratdi. U  “Spirtning  suv  bilan  birikishi” va  “Eritmalarni  assotsiatlar sifatida  tushunish “  mavzusida  doktorlik  dissertatsiyasini  yoqladi.    D.I.Mendeleyevning  ilmiy  faoliyati  juda  ko’p  qirrali  bo’lib, uning  pedagogik  merosi  o’ziga  xos  qiymatga  ega. U  1861-yilda  organik  kimyodan   birinchi  darslikni yozdi. Ayniqsa  ,uning  2  tomonlik  “Kimyo  asoslari “  asari  kimyogarlarning   bir  necha  avlodini  tarbiyalash  uchun  xizmat  qildi.   Mashhur rus  olimi  L.A.Chugayevning  ta’ biri  bilan  aytganda “D.I.Mendeleyev  genial  kimyogar, birinchi  darajali  fizik, gidrodinamika, metrologiya, geologiya,kimyo  texnologiyasining  turli  sohalarida  unumli  izlanish  olib  brogan  olim, kimyo  sanoatini   mukammal  biladigan  ajoyib  mutaffakkir”  bo’lgan.

Geologiya (geo... va ...logiya) - Yer poʻsti va Yerning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dastlabki davri uzoq oʻtmishdan boshlanib togʻ jinslari, minerallar, rudalar haqidagi maʼlumotlar bilan bogʻliq. G.

U Rossiya  kimyogarlar  jamiyatini  tuzgan (1868 ) tashabbuskorlardan  biri  edi.  Hozir  bu  jamiyat  D. I.  Mendeleyev  nomi  bilan  ataladi.Elementlar  davriy  jadvali  har  bir  kimyoviy  element  haqida  atroflicha  ma’lumot  olishga  muhim  ahamiyatga  ega.  Kimyoviy  elementlarning  juda  ko’p  xossalarini  ularning  davriy  jadvaldagi  o’rniga  qarab  aytib  berish  mumkin.Elementning  tashqi   qavaqtidagi  elektronlar  soniga  qarab,  bu  elementning  metal  yoki  metallmas  ekanligini,  kislorodga  nisbatan  yuqori  valentligini,  vodorod  bilan  uchuvchan  birikmasi  va  bu  birikmadagi  valentligini  aniqlash  mumkin. Kimyoning  fan  sifatida  shakllanishida  davriy  qonunning  ijobiy  ta’siri  juda  kata  bo’ldi.  1)    Atomlarning  ichki  tuzilishini  bilishga  va  atom  energiyasidan  foydalanishga  yo’l  ochildi.2)    Kimyoviy  elementlarni  kashf  qilishda  ularni  qaysi  minerallardan  izlash  kerakligini  aniq  reja  asosida  tashkil  etish  yuzaga  keldi.3)    XX  asrdagi  kimyo  va  fizika  fanlaridagi  kashfiyotlar  uchun  bosh  omil  bo’ldi.4)    Radioaktivlik  hodisasi,  radioaktiv  izotoplardan  texnikada,  tibbiyotda,  qishloq  xo’jaligida  keng  foydalanishga  imkon  yaratildi.

Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.

 Davriy  qonun  va  kimyoviy  elementlarning  davriy  sistemasida  tabiatdagi  rivojlanishning  umumiy  ob’yektiv  qonuniyatlari  o’z  isbotini  topgan,  chunonchi;a)    Atomlar  yadro  zaryadlarining  ortib  borishi  va  tashqi  energetik  pog’onalarda  valent  elektronlar  sonining  ortib  borishi  bilan  elementlar  xossalarining  o’zgarisi,  tabiat  rivojlanishining  umumiy  qonuni  --  miqdor  o’zgarishlarining  tub  sifat  o’zgarishlarga  o’tish  qonuning  yaqqol  isboti  hisoblanadi.    b)Atom  yadrosida  musbat  zaryadlangan  zachalar,  ularning  atrofida  esa  manfiy  zaryadlangan  zarrachalarning  bo'lishi  ikki   qarama-qaqrshi  zaryadli   zarrachalarning  ma’lum  miqdoriy  nisbatlari  tufayli  atom  mavjud  ekanligi  tabiatning  yana  bir  qonuni--  qarama  qarshiliklar  birligi  va  ularning  kurashi  qonuninig  yaqqol tasdig’idir.d) Har  bir  davr  ishqoriy  metallardan  boshlanib  inert  gaz  bilan  tugaydi.  Bunda  yangi  davr  boshidagi  element  o’zidan  oldin  joylashgan  nodir  gaz  xossasidan  tubdan  farq  qiladi.  Bunday  tabiiy  hodisa  har  bir  yangi  davr  boshlanganda  kuzatiladi.  Shu yo’sinda  eng  muhim  qonunlaridan  biri—inkorni-inkor  qonuni  o’z  isbotini  topadi.Xulosa  qilib  shuni  aytish  lozimki,  davriy  qonun  va  kimyoviy  elementlar  davriy  sistemasi  insonda  ilmiy  dunyoqarashning  shakllanishi  uchun  ham  katta  ahamiyatga  ega.         

Download 18,98 Kb.




Download 18,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mendeleyev hayoti va ilmiy faoliyati. Davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati

Download 18,98 Kb.