|
Mundarija: Kirish I bob. 4-sinfda fe`l zamonlari mavzusini o`rganishning nazriy asoslari
|
bet | 2/7 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #115514 |
Bog'liq Mundarija Kirish I bob 4 sinfda fe`l zamonlari mavzusini o`rgaKurs ishning predmeti: 4-sinfda “Fe`l zamonlari” mavzusini o’rganishda uslubiy asoslari
Kurs ishining maqsadi: 4-sinfda “Fe`l zamonlari” mavzusini o’rganish usullari ahamiyatini o‘rganish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim boshlang‘ich sinflarida ona tili o’qitish metodikasini o‘rgatish bo‘yicha ta‘limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitildi.
Kurs ishining vazifalari:
So`z turkumi haqida umumiy ma`lumot nazorat ishlari samarasini oshirish yo’llari yoritib berish;
Fe`l so`z turkumi haqida malumot ahamiyati tahlil qilish.
Boshlang`ich sinflarda so`z turkumini o`rganish metodikasi yo’llari yoritib berish.
Fe`l zamonlari mavzusini o`rganish usullarini aniqlash.
Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. 4-SINFDA FE`L ZAMONLARI MAVZUSINI O`RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. So`z turkumi haqida umumiy ma`lumot.
So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra ayrim leksik - grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’no-lari bilan bir qatorda, lug‘aviy ma’nosi ham asosiy belgilardan hisob-lanadi. Ham grammatik, ham leksik ma’nolarga ega bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok etadigan so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, tilimizdagi ba’zi mustaqil so‘zlar ham nutq jarayonida o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gram-matik ma’no ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so‘z vazifasiga o‘tishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda grammatikalizatsiya deb yuritiladi. Masalan: ko‘rib qolmoq, bilib olmoq, xafta ichi kabi birikmalardagi qol, ol, ich so‘zlari o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosni yo‘qotgan holda yordamchi so‘z sifatida qo‘llangan.
Mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasini bajara olmaydigan, biroq so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘lash yoki ularga qo‘shimcha ma’no nozikligi kiritish (yuklash) uchun xizmat qiladigan so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi.
Yordamchi so‘zlar umumiy vazifalarga ko‘ra uch turli bo‘ladi:
1) ko‘makchi;
2) bog‘lovchi;
3) yuklama.
Undov, taqlid va modal so‘zlar esa, yordamchi so‘zlarning alohida guruhini tashkil etadi. Chunki undov va taqlid so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ham, mustaqil so‘z-gap sifatida ham qo‘llanadi. Ayni paytda mustaqil so‘zlarning yasalishida ham ishtirok eta oladi. Biroq bu so‘zlar harakat va hodisaning atamasi bo‘la olmasligi, ya’ni lug‘aviy ma’no ifoda eta olmasligi bilan yordamchi so‘zlarga o‘xshashdir. Shuning uchun ham undov, taqlid, modal so‘zlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlari bilan alohida - alohida turkumni tashkil etadi.
Ko‘rinadiki, so‘zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, lug‘aviy ma’no, ikkinchidan, morfologik shakl, uchinchidan, biror sintaktik vazifa bajarish xususiyati, to‘rtinchidan, qo‘llanish qurshovi (distributsiyasi) e’tiboridan kelib chiqiladi. Shunga ko‘ra so‘zlarning hozirgi o‘zbek tilidagi turkumlari: 1) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kabi mustaqil so‘zlar; 2) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kabi yordamchi so‘zlar; 3) modal so‘zlar, taqlid so‘zlar, undov so‘zlar kabi alohida yordamchi so‘zlar guruhidan iborat.
Narsa-buyum, shaxslarning nomi, atamasi bo‘lgan so‘zlar turkumi ot deyiladi. Otlar kim? nima? qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Otlar egalik, kelishik kabi so‘z o‘zgartirish, turli ma’no va vazifa uchun qo‘llanuvchi vazifadosh shakllarga hamda o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi.
Otlarning muhim belgilaridan biri ularning sifat, son, olmosh, fe’l va ravish distributsiyasida kelishi, ya’ni ular bilan birika olishidir: katta bino, ikkinchi kurs, barcha inson, kitob o‘qimoq, ko‘p odam.
Ot gapning barcha gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanishi mumkin. Otning bu kabi sintaktik vazifasi uning qanday grammatik shakldaligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, otning bosh shakli, ya’ni bosh kelishik, ko‘plik yoki birlik hamda egalik shakli gapda ega, Kesim kabi vazifada keladi: O‘zbekiston-mustaqil davlat. Millatim-o‘zbek. O‘zbekistonim-onajonim.
Mustaqil so‘zlar ot turkumiga munosabati nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil etadi: 1) ot tipidagi so‘zlar. Bu guruhga otlar kabi kim? nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, otga xos grammatik shakllarda bevosita qo‘llana oladigan olmoshlar (men, sen, biz, har kim, nimadir), jamlovchi sonning –ov, -avlon affiksli turi (ikkov, ikkavlon), fe’lning harakat nomi shakli (o‘qish, yozuv) kiradi; 2) otlashuvchi so‘zlar. Bu guruhga grammatik son, egalik, kelishik shakllaridan birida qo‘llanilib, muayyan matn doirasidagina ot vazifasida ishlatlishi mumkin bo‘lgan sifat, son va ular o‘rnida qo‘llanadigan olmoshlar (qanday, qancha, nechta), ba’zi bir ravishlar, fe’lning sifatdosh shakli kiradi.
Bir turdagi narsa yoki hodisalarning birini ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar shaxs ismlari, havonlarning atoqli nomlari, tashkilot va gegrafik makon nomlari, koinot jismlari nomlari, suv havzalari, tashkilot nomlari kabi guruhlar doirasida uchraydi: Alisher, Ulug‘Bek, Zarafshon, Toshkent, Samarqand, Mars kabi. Bunday atoqli otlar o‘zaro tub va yasamaligi hamda tuzilishiga ko‘ra farqlanishi mumkin. Masalan, Lola, Go‘zal, Amir, Gavhar Orol kabi otlar sodda tub, Ilonli, Do‘stlik, Paxtakor kabi atoqli otlar sodda yasama, Ulug‘bek, Alisher, Nurato, Nurobod, Qo‘shrabot, Uchquduq kabi atoqli otlar qo‘shma otlardir. Atoqli otlarning asosiy qismini turdrsh otlar tashkil qiladi. Biroq ular boshqa so‘z turkumlari asosida ham yuzaga keladi. Masalan: Asal, Quvonch, Anor kabilar turdosh otdan, O‘lmas, Sotiboldi, Turdi, Tursun kabilar esa fe’ldan, Aziz, Botir, Shirin, Vali kabilar sifatdan, To‘qsonboy, Oltibek kabilar esa sondan, Bultur, Avvalboy kabilar esa ravishdan hosil bo‘lgan atoqli otlardir.
Turli turkumga mansub bo‘lgan so‘zlarning atoqli ot sifatida qo‘llanishi natijasida ular o‘zining hususiy nominativ mohiyatidan chekingan holda, umumiy semantik ma’no tashuvchi lug‘aviy birlikka aylanib qoladi. Masalan, Uchquduq mazkur joydagi uchta quduqni emas, balki umuman shahar tushunchasini anglatuvchi onomastik birlikdir.
bir jinsdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi otlardir. Masalan, inson, daryo, shahar, kitob, daftar. Turdosh otlar quyidagi ma’no guruhlarga mansubligi bilan o‘zaro farqlanadi:
3. Aniq otlar bevosita narsa-buyum va shaxs, jon-zot anglatadigan otlardir. Aniq otlar bevosita sanash va ko‘rish mumkin bo‘lgan otlar hisoblanadi. Masalan: kitob, talaba, daraxt, qush.
4. Mavhum otlar his qilish, sezish mumkin bo‘lgan otlardir. Ular ham ko‘plik affikslari bilan qo‘llanmaydigan otlar bo‘lib, ularga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda turlicha ma’no bo‘yog‘i yuzaga keladi. Masalan: sevgi, sezgi, qayg‘u, alam, qadr, oriyat.
5. Jamlovchi va yakka otlar. Bir turdagi narsaning o‘zini ifodalaydigan otlar yakka otlar hisoblanadi: kitob, gul, daraxt kabi. Birlik shaklida bo‘lib, bir xil turdagi narsaning to‘dasi, jamini ifodalaydigan otlar jamlovchi otlardir: xalq, armiya, ko‘pchilik, poda, jamoa, o‘rmon kabilar.
6. Sanaladigan otlar, sanalmaydigan otlar. Sanaladigan otlar, asosan, aniq otlardan tashkil topadi: daraxt, kitob, qalam. Sanalmaydigan otlar modda otlari, og‘irlik, suyug‘lik o‘lchamiga xos otlar va atoqli otlardan tashkil topadi: tuproq, qum, havo, shakar, tuz, yog‘, guruch, kabilar.
7. Bundan tashqari, tabiatan yakka bo‘ladigan va juft holda uchraydigan otlar ham mavjud bo‘lib, ular ham otning alohida ma’no turini tashkil qiladi. Masalan: yurak, quyosh, oy, ko‘z, qosh, oyoq kabilar shular jumlasidandir.
Shuningdek, otlar kim? so‘rog‘i asosida shaxs hamda nima? so‘rog‘i asosida narsa otlariga ham ajratiladi. Otlarning bunday tasniflanishi o‘zbek tilining, shu jumladan, boshqa turkiy tillarning o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Ayni paytda bu tasnif ularning turli grammatik jarayonda ishtirokida ham o‘z aksini topadi. Xususan, shaxs otlari to‘liq tuslovchi affikslarni qabul qilgan holda qo‘llana oladi: o‘quvchiman, o‘quvchisan, o‘quvchimiz, o‘quvchisiz. Biroq, narsa otlari (majoziy ma’nosini e’tiborga olmaganda) faqat uchinchi shaxs ma’nosdagina ishlatilishi mumkin.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, atoqli va turdosh otlar o‘zaro ma’no jihatdangina emas, balki ba’zi grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, atoqli otlar faqat birlikda qo‘llanadi. Ko‘plikda qo‘llanganda, ular grammatik ko‘plik emas, boshqa ma’no bo‘yoqlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, atoqli otlar turdosh otlarga va aksincha, turdosh otlar atoqli otlarga o‘tib turadi. Masalan: Lola-atoqli ot, ayni paytda, lola-tog‘da o‘sadigan gul ma’nosida turdosh otdir. dizel, amper, rentgen, bitner kabi otlar esa atoqli ot asosida shakllangan turdosh otlardir. Atoqli otlarning turdosh otga aylanishida –lik qo‘shimchasidan ham foydalaniladi: kattaqo‘rg‘onlik, toshkentlik, andijonlik kabi.
Birlikdagi otlar bir jinsdagi narsalarning bittasini anglatadi va ular grammatik son ko‘rsatgichga ega bo‘lmaydi. Masalan: kitob, olma, qalam kabi. Birlik sondagi otlar egalik ( kitobim, kitobimiz), kelishik (kitobdan, kitobning) kategoriyasiga xos qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda ham o‘z grammatik mohiyatini yo‘qotmaydi, ya’ni birlik hisoblanaveradi.
Otlarning ko‘plik shakli maxsus grammatik vosita - lar orqali ifodalanadi va bir turdagi narsaning noaniq miqdorini bildiradi. Grammatik ko‘plik hosil qiluvchi –lar otlardagi lug‘aviy shakl yasovchi affiks hisoblanadi. Grammatk son ma’nosini ifodalashning bu usuli morfologik usul deb yuritiladi. Masalan: kitob - kitoblar, qalam - qalamlar. Otlarning birlik va ko‘plik shaklda ishlatilishi, asosan, sanaladigan va aniq turdosh otlarga xosdir. Biroq juft turdosh otlarning son kategoriyasi bilan qo‘llanishida o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, kuch-qudrat, savlat-salobat, mehr-muhabbat, vaqt-soat kabi otlar birlik shaklda ishlatiladigan otlardir. Juft turdosh otlarning yigit-qiz, qiz-juvon, o‘g‘il-qiz kabi turlari ko‘plikda qo‘llaniladigan otlardir. Ko‘rpa-to‘shak, qand-qurs, fikr-mulohaza, ota-ona, oshiq-ma’shuq, oshna-og‘ayni kabi otlar esa grammatik sonning har ikki shaklida ishlatilishi mumkin.
2-§. O‘zek tilida faqat birlikda ishlatiladigan otlar ham mavjud bo‘lib, ularga mavhum otlar, donalab sanalmaydigan otlar, asli o‘zi juft, yakka holda uchraydigan otlar, atoqli otlar, jamlovchi(xalq, o‘rmon) va jamlik (soch, kiprik) otlari kiradi. Shuningdek, ma’lum soha, kasb-hunar otlari ( matematika, adabiyot, dehqonchilik, o‘qituvchilik) ham ko‘plikda qo‘llanmaydi. Bunday otlarga -lar affiksi qo‘shilganda ko‘plikdan boshqa ma’no ifodalanadi. Bu ma’no otlarga xos modal ma’no deb yuritiladi. Grammatik son affiksi asosida ifodalanadigan modal ma’nolar quyidagilardan iborat:
1.Atoqli otlarga –lar qo‘shilganda sulola, avlod, oila, guruh, jamlik ma’nosi ifodalanadi: Temuriylar, Boburiylar sulolasi, Salimovlar, Akramovlar oilasi, Halimalar (kelishdi), Majnunu Farhodlarga arkon bo‘lgan Sharq. Atoqli otlarning bir turi bo‘lgan geografik nomlarga qo‘shilganda esa, shu joy anglatgan hududning barcha qismi anglashiladi: Samarqandlarni aylanmoq, Toshkentlarni tomosha qilmoq kabi.
2.Mavhum otlarga -lar affiksi qo‘shilganda ma’no kuchaytiriladi: uyqularim qochib ketdi, ko‘ngillarim ozdi, hayollarim to‘zg‘idi kabi. Xuddi shunday modal ma’no asli o‘zi bitta yoki juft holda bo‘ladigan otlarga hamda jamlik va yakkalik tushunchalarni ifodalovchi otlarga –lar qo‘shilganda ham ifodalanadi: ko‘zlarim achishdi, qo‘llari toldi, yuraklar orziqdi, sochlar to‘zg‘idi, kipriklar namlandi.
3.Donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo‘shilganda tur, nav ma’nosi anglashiladi: unlar (1,2-nav ), yog‘lar (paxta yog‘i, sariyog‘, zig‘ir yog‘i), qumlar (qora, sariq ).
4.Qarindoshlik, yaqinlik ko‘rsatuvchi otlarga egalik qo‘shimchasidan keyin –lar affiksi qo‘shilganda hurmat ma’nosi ifodalanadi: bobomlar, akamlar, amakimlar kabi. Agar -lar affiksi egalik ko‘rsatkichidan avval qo‘shilsa bunday otlar ko‘plik, shuningdek, boshqa modal ma’nolarga ega bo‘lishi ham mumkin. Qiyoslang: akamlar-akalarim, amakinglar-makilaring, otamlar-otalarim. Shuningdek, hurmat ma’nosida ishlatilgan otlar bilan qaratqich kelishigi vositasida birikkan ba’zi narsa-buyum otlariga egalik qo‘shimchasidan avval –lar affiksi qo‘shilganda ham hurmat ma’nosi anglashiladi: Bobomlarning sovg‘alari, akamlarning ko‘ylaklari, amakimlarning uylari.
5. Shaxs otlariga (shuningdek, olmoshlarga) –lar qo‘shilganda, ba’zan piching, kesatiq ma’nosi ifodalanadi: Tojixon o‘zlaridan ibrat olsa,
|
| |