Mundarija Asosiy masalalar ishlab chiqarish dasturini hisoblash Uskunalarni tanlash va hisoblash 3-rasm. Parmalash нс16-01(снвш-2)




Download 0,99 Mb.
bet1/4
Sana17.05.2024
Hajmi0,99 Mb.
#239367
  1   2   3   4
Bog'liq
ne\'matovalijon1



Mundarija




1. Asosiy masalalar 5
2. Ishlab chiqarish dasturini hisoblash 7
3. Uskunalarni tanlash va hisoblash 9
3-rasm. Parmalash НС16-01(СНВШ-2) 10
4.Tsexning ishchi kuchini hisoblash 11
5. Ishlab chiqarish turlari tavsifi 13
6. Tsex planirovkasini tuzish 15
7. Xulosa: 18
Foydalanilgan adabiyotlar. 19


Kirish
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirilishi, Respublika iqtisodiyoti asosan xom-ashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyati kengayyotganligi ishlab chiqarishning har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni qo‘ydi. Jumladan mashinasozlik sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli mashinalar va buyumlar bilan ta’minlash mashinasozlik sohasi mutaxassislari oldida turgan muhim vazifalardandir. Albatta bu vazifalarni bajarish uchun mahsulotlar ishlab chiqarish xajmini oshirish, ularning sifatini yaxshilash, yangi yuksak samarali texnikaga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan kichik va katta robotlashtirilgan texnologik komplekslarni, kompyuter bilan boshqariluvchi korxonalarni yaratish kerak bo‘ladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz mashinasozlik korxonalari fan va texnikaning oxirgi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan jihozlar bilan to‘ldirilmoqda. Mashina va uskunalarni xilma-xil moslamalar, mexanik qo‘l, sanoat robotlari bilan jihozlash orqali texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va atomatlashtirish ishlari davom etmoqda.
Mashinasozlik ishlab chiqarishning tayyorlov va yig‘uv sexlariga avtomatlashtirilgan dastgoh mexanizmlar, ko‘tarish, tushirish va tashish qurilmalari kompleksi tatbiq etilmoqda. Ko‘p mashinasozlik korxonalarida: Toshkent TTZ, Navoiy mashinasozlik zavodi (NMZ), “Jeneral motors-O‘zbekiston”, Asaka avtomobil zavodi, Samarqand mashinasozlik va sovutgichlar chiqarish korxonalarida zamonaviy, yuqori unumdor dastgoh va mexanizmlarni joriy qilish asosida, ilg‘or texnologik jarayonlar yaratilishi davom etmoqda.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti darajasi, yangi takovallashtirilgan, yuqori unumdor avtomatlashtirilgan va yuqori aniqlikka ega bo‘lgan mashinalarni uzluksiz yaratishda fanning yangi yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi. Nazariy bilimlarni chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi.
O‘zbekiston Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 20 aprelda qabul qilingan PQ 2909-son Qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takovallashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. Shuningdek, bu qaror uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizni izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha xududlar va tarmoqlarning strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal etish borasida oliy ta’lim tizimining ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir amaliy qadamdir.
Madomiki, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan yangilash, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, vatanimiz kelajagi uchun jismonan va ruhan sog‘lom avlodni tarbiyalash ishlari davlat siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylangan ekan, bu holat pedagog kadrlar oldiga yuksak salohiyat va kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish vazifasini yuklaydi. Ta’lim jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish, ilm-fan-ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash, o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini xorij tajribalari bilan boyitish malakalariga egalik, shuningdek, kasbiy faoliyatda kreativlik sifatlarini namoyish qila olish har bir pedagog kadr oldiga qo‘yilayotgan zamon talabidir.
Hozirgi kunda rivojlanib borayotgan texnika taraqqiyotida “Ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish va rejalashtiris” fanini nazariy va amaliy muammolarini o‘rganib, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalarda bilim, malaka va ko‘nikma shakllantirishga xizmat qiluvchi innovatsion ta’lim texnologiyalarga asoslangan ishlanmalarni dolzarb vazifalardan biridir.
Hozirgi zamonda sanoat korxonalarini, qurulish inshoatlarini u yoki bu xildagi yuk ko’tarish,yuk tashish mashinalari yoki moslamalarisiz tasavvur qlish qiyin korxonaning yuqori unum bilan ishlashida, shu korxonada qo’lanilayotgan yuk ko’tarish yoki yuk tashish mashinalarining to’g’iri tanlanishi kata ahamyatga ega.
Hozirgi zamonda yuk ko’tarish mashinalari katta tezlikda ishlay oladi, yuk ko’tarish qobilyati katta bo’lib, bu uzoq muddatli rivojlanishning mahsulidur. XX asr o’ratalariga kelib, ikkinchi jahon urushidan so’ng,yuk ko’tarish va yuk tashish mashinasozligini tezlik bilan rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratildi. Yuk ko’tarish, yuk tashish mashinalarini ishlab chiqaradigan maxsus zavodlar qurildi.Yuk ko’tarish va yuk tashish mashinalarini loyihalash va ularni ishlatishdagi tajribalarni umumlashtirish bilan shug’ullanadigan ilmiy-tadqiqot instutlari tashkil qilindi.
Hozirgi davrda injener-texnik xodimlari albatta yuk ko’tarish va yuk tashish mashinalarining tuzilishi, ishlash prinspi, ularni hisoblash, loyihalash usullari bilan yaxshi tanishgan bo’lishlari kerak.


Download 0,99 Mb.
  1   2   3   4




Download 0,99 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija Asosiy masalalar ishlab chiqarish dasturini hisoblash Uskunalarni tanlash va hisoblash 3-rasm. Parmalash нс16-01(снвш-2)

Download 0,99 Mb.