|
Mundarija Asosiy masalalar ishlab chiqarish dasturini hisoblash Uskunalarni tanlash va hisoblash 3-rasm. Parmalash нс16-01(снвш-2)
|
bet | 2/4 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #239367 |
Bog'liq ne\'matovalijon1
Mashinasozlik korxonasi murakkab tuzilma bo‘lib, uning ish faoliyati ishlab chiqarilayotgan mahsulot konstruksiyasining murakkabligi va xilma-xilligi, ushbu mahsulotni tayyorlash uchun texnologik jarayonning tavsifi hamda mahsulotni ishlab chiqarish hajmiga bog‘liqdir. Korxonani loyihalash bilan bir qatorda iqtisodiy, texnik va tashkiliy masalalar ham ishlab chiqiladi. Ushbu masalalar bir-biri bilan uzviy bogiiq bo'lib, har bir texnik yechim iqtisodiy jihatdan asoslangan holda, aniq bir tashkiliy shaklda amalda oshirilishi kerak. Iqtisodiy masalalarga quyidagilar kiradi: ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasi, ularning soni, og'irligi, bir dona mahsulotning va umumiy mahsulotlarning narxi ko'rsatilgan holda ishlab chiqarish hajmini aniqlash; boig'usi korxona qaysi joydan xomashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, yonilg'i, elektr energiyasi, suv va gaz bilan ta’minlanishi; korxonani eng qulay geografik nuqtada joylashtirishni aniqlash va tanlash; asosiy va aylanma xarajatlarning hajmini aniqlash hamda mahsulot tannarxi va xarajatlar samarasini aniqlash; korxonaning iqtisodiy ta’minoti va ishlab chiqarishni kooperatsiyalash (kooperatsiya - maxsuslashgan korxonalar tomonidan agregatlar, uzellar, turli qurilmalar va mahsulot qismlari bilan ta’minlab berish, ayrim holatlarda ularni zagotovkalar (quyma, shtampovka, pokovka) bilan ta’minlashdir) masalalarini hal qilish; ishlab chiqarish rejasini tuzish; turar joy va sotsial-madaniy qurilishlarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash va h.k. Texnik masalalarga quyidagilar kiradi: xomashyo va yarimfabrikatlarga ishlov berish texnologik jarayonini loyihalash; zarur 5 ish vaqti fondi va ishchi kuchi sonini aniqlash; asosiy ishlab chiqarish va yordamchi jihozlar sonini aniqlash; korxona uchun zarur boiadigan xomashyo, materiallar, yonilg'i hajmini aniqlash hamda barcha turdagi energiya (elektr energiyasi, gaz, bug', qisilgan havo va boshqalar) bilan ta’minlash usuli va ularning hajmini aniqlash; transport, yoritish, isitish, ventilatsiya, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya masalalarini ishlab chiqish; kerakli maydonni hisoblash, sexlarning yordamchi va xizmat ko'rsatish binolarini rejalashtirish va ularga korxona ichida xizmat ko'rsatuvchi yo'llarni rejalashtirish; korxonaning bosh rejasini ishlab chiqish; sexlarni ichki rejalashtirish-bo‘limlar, jihozlar va yordamchi qurilmalami joylashtirish; binolar turi, shakli va o'lchamlarini aniqlash; ularning konstruksiyasini va barcha qurilish qismini ishlab chiqish; texnika va yong'in xavfsizliklari bo'yicha tadbirlami ishlab chiqish masalalari. Tashikiliy masalalarga korxonaning, uning sexlari va bo'limlarining boshqaruv strukturasini ishlab chiqish; bo'limlar va texnik boshqaruv xodimlar orasida funksiyalarni taqsimlash va o'zaro aloqani belgilash; boshqaruv, texnik va iqtisodiy xo'jalik boiimlarni boshqarish; mehnatni va ish joylarini ratsional tashkil qilish; buyurtma, hujjatlar, hisobot tuzish, sexlar va butun korxonani nazorat qilish tartibini ishlab chiqish; kadrlami tayyorlash, ishchilarga xizmat ko'rsatish va qulay sharoitda ishni tashkil qilish masalalari kiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mundarija Asosiy masalalar ishlab chiqarish dasturini hisoblash Uskunalarni tanlash va hisoblash 3-rasm. Parmalash нс16-01(снвш-2)
|