• II bob. Matematik fizika tenglamalarining fundamental yechimlari.
  • Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish borasida chiqargan qonunda quyidagilar aytilgan
  • Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish
  • Regulyar va fundamental yechim




    Download 499.4 Kb.
    bet1/10
    Sana27.05.2023
    Hajmi499.4 Kb.
    #65657
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    REGULYAR VA FUNDAMENTAL YECHIM
    Kontent menejment (konspekt umumiy), 1-амелий, 2. 1- mavzu didaktika ta’lim nazariyasi sifatida reja, 16312609301845945, 1- Mavzu .Pul massasi va foiz stavkalari., Arxivlash va arxivlash dasturi, BigData, 3 Chapter Three Units of Grammar, 1. Operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyati 2, metod kramera, Sodda dinamik struktyradir-fayllar.org, 6088418058 (8), Макола. Педагогика. Ностандарт. 2019, Keyslar to`plami (2)

    REGULYAR VA FUNDAMENTAL YECHIM
    Mundarija:
    Kirish
    I bob. Matematik fizika tenglamalari uchun asosiy masalaning qo’yilishi.
    1.1. Matematik fizikaning asosiy tenglamalari haqida ma’lumot
    1.2. Matematik fizika tenglamalariga qo’yiladigan asosiy masalalar, hamda korrekt qo’yilgan masalalar
    II bob. Matematik fizika tenglamalarining fundamental yechimlari.
    2.1. To’lqin tarqalish tenglamasining fundamental yechimi
    2.2. Issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasining fundamental yechimi
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    Kirish
    Mamlakatimizda mazkur yo‘nalishning echimi sifatida “Komil inson” tarbiyasi asos qilib olindi. “Komil inson” ning asosiy fazilatlaridan biri uning ma’naviy etukligidir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida ma’naviyat tushunchasi shunday ta’riflangan: “Ma’naviyat tushunchasi jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etadi ” (20 b.). Mazkur ma’naviyat so‘zining poydevorlaridan biri sifatida ma’rifat va madaniyat tushunchalarining ham alohida qayd qilinganligi e’tiborga loyiq. Komil insondagi asosiy xususiyatlardan yana biri fan sirlarini chuqur o‘zlashtirishidir. Ushbu vazifani fanlar amalga oshiradi. Bugungi kunda olimlar o‘rtasida fan tushunchasi o‘rniga fanlar tizimi (sistema) so‘zi keng iste’molga kirdi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOEV 2017 yil 7 fevral
    Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish borasida chiqargan qonunda quyidagilar aytilgan: Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
    ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish;
    maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
    umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;
    bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
    kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
    ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
    ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
    Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
    jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan,
    Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
    o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
    yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
    yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;
    yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.
    Fan so‘zining etimologiyasi “haqiqat”, “bilish” ma’nolarini anglatadi. Haqiqatni yuzaga chiqarishda fanlarning o‘zaro hamkorligi katta ahamiyatga ega.
    Muammolarning serqirraligi, uning yechimida bir necha fanlarning o‘zaro hamkorligi, qolaversa asrlar o‘tishi bilan ma’lum fanning bir necha fanlarga bo‘linishi bunday yondashuvning asosiy sababi hisoblanadi. Tabiat to‘g‘risidagi ilmiy bilimlar yig‘indisi tufayli tabiiy fanlar shakllangan. Unga fizika, kimyo, biologiya, geografiya, geologiya, anatomiya, kosmologiya fanlari, shuningdek, geokimyo, geofizika, meteorologiya, fiziologiya astrokimyo, biokimyo, antropologiya kabi o‘ndan ortiq oraliq fanlar kiradi. Galaktika, Quyosh sistemasi, sayyoralar va Yer, inson, hayot, materiya mazkur fanlarning fundamental tushunchasi bo‘lib, geografik qobiq, biosfera, ekotizm (ekosistema), sotsiosistema esa o‘rganish ob’ekti va predmetidir. Albatta, matematika to‘g‘ridan-to‘g‘ri tabiiy fanlar tarkibiga kirmasa ham, tabiiy fan olimlarining tadqiqotlari uchun asos hisoblanadi.

    Download 499.4 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 499.4 Kb.