|
Amaliy №2 Mavzu: Avtotransport korxonalarini bosh reja ishlab chiqish. Ishning maqsadi
|
bet | 1/5 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 203,33 Kb. | | #108678 |
Bog'liq Amaliy 1
Amaliy №2
Mavzu: Avtotransport korxonalarini bosh reja ishlab chiqish.
1. Ishning maqsadi:
Avtotransport korxonalarini bosh rejasini ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayonini o`rganish.
2. Ishning mazmuni:
- Avtotransport korxonalari ishlab chiqarish va bosh rejasi ko`rsatkichlari tahlili;
- Avtotransport korxonalarini rejalashtirish;
3. Xona va jihozlar:
Plakatlar, ‘entium-2,3,4 elektron hisoblash mashinalari bilan jihozlangan kafedra laboratoriyasi yoki institut EHM laboratoriyasi.
4. Ishning bajarish tartibi:
1. Avtotransport korxonalari ishlab chiqarish va bosh reja ko`rsatkichlari bilan tanishish va ularning tahlili;
2. Avtotransport korxonalarini loyihalashga qo`yiladigan talablar;
3. Avtotransport korxonalari ishlab chiqarish va bosh rejasini rejalashtirish tartibi;
Avtotransport korxonasining bosh rejasi
Avtotransport korxonasi bosh rejasida asosiy yo`l va qo`shnilarga nisbatan o`rnashtirilgan korxona hududi keltiriladi va unda quyidagilar ko`rsatiladi:
- bino va inshoatlar;
- avtomobillarning ochiq saqlash maydonchalari va kutish joylari;
- avtomobillarning hududdagi harakatlanish yo`llari;
- asosiy va yordamchi yurish yo`llari va hokazolar.
ATK bosh rejasi mavjud «Qurilish me`yorlari va qoidalari»ga amal qilgan holda ishlab chiqiladi.
Bosh reja va ishlab chiqarish binolari hajmiy-rejaviy yechimlari bir-biri bilan uzviy bog`liq, shuning uchun ular birgalikda ishlab chiqiladi. Bosh reja ishlanishidan oldin asosiy bino va inshoatlar nomi, ularning gabarit o`lchamlari, yuzalari, bir-birlari bilan bog`liqliklari, kun chiqish, shamol yo`nalishiga (1-ilova) va asosiy yo`lga nisbatan o`rnashishi aniqlab olinadi.
ATK hududi maydoni quyidagicha aniqlanadi:
a) F x = A u × f x, m2
bu yerda Ai - avtomobillar soni;
fx – bitta avtomobilga to`g`ri kelgan solishtirma hudud maydoni yuzasi, m2.
b) Fx = (Fio + Fe + Fos) × K3 ×10−6, m2
bu yerda Fio, Fe, Fos - ishlab chiqarish hamda omborlar, yordamchi va ochiq saqlash binolari yuzalari, m2;
K3 – hududning qurilish zichligi koeffitsientlari.
ATK hududida kelajakda kengayish joylari ham rejalashtirilishi mumkin. ATK bosh rejasida ishlab chiqarish binosi, mahmuriy-maishiy bino, yordamchi bino, ochiq saqlash mintaqasi, kutish joylari, nazorat-o`tkazuv punkti bilan bir qatorda omborxonalar, transformator qurilmasi, suv havzalari, sport maydonchalari, dam olish joylari, gulzorlar va boshqalar
ko`rsatiladi.
|
| |