|
1-rasm. Sirpanish podshipnigining yuzalari
|
Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 499,39 Kb. | | #158085 |
Bog'liq ишлов бериш маршрутини танлаш
Har qanday mashinasozlik zavodining tarkibida tayyorlov sexi bilan birgalikda mexanika sexi mavjud bo‘lib, ularda zagotovkaning tashqi yuzasidan ishlov berish uchun qo‘shimlar qirqim tashlanadi. \ushbu so‘zlarni isboti sifatida 1-rasmda ko‘rsatilgan “Sirpanish podshipnigi korpusi” misolida ko‘rib chiqish mumkin. Ushbu zagotovkadagi nomerlangan yuzalarning aniqligi va g‘adir-budirligi har xil bo‘ladi. Zagotovkani detalga aylanish jarayonida bir qancha ishlov berish bosqichlarida o‘tadi, ularning har biri yuzaning ma’lum bir aniqligini va sifatini olinishini ta’minlaydi.
Detal yuzasiga ishlov berish marshrutini grafik jadval usulida ko‘rish mumkin. 1-rasmdagi sirpanish podshipnigi korpusining 2-4 va 6-9 yuzalari qora ishlov berishga muhtoj, 1-bazaviy yuzada qora va yarim toza ishlov beriladi, 5-ijrochi yuzada d=60H7 o‘lcham aniqligiga hamda Ra 6,3 mkm g‘adir-budirlikka erishish uchun qora, yarim toza va toza ishlov berilishi lozim. Jadvalni tahlili shuni ko‘rsatadiki, podshipnik korpusini tayyorlashning texnologik jarayonining davomiyligi eng aniq yuzaga ishlov berish marshruti bilan aniqlanadi, ya’ni 5-podshipnik ostidagi yuzaga.
1-rasm. Sirpanish podshipnigining yuzalari.
1-jadval. Detal zagotovkasi yuzalariga ishlov berish usullari va aniqligi.
Agar podshipnik korpusini tayyorlash aniqligini qobiqli formalarga quyish usulini qo‘llab 13 kvalitetgacha oshirilsa, 2-4 va 6-10-yuzalarga mexanik ishlov berish zarurati qolmaydi. Lekin, bunday zagotovkani olish tannarxi qimmat bo‘ladi.
Agar zagotovkani eriydigan modellarga quyish usuli bilan olinsa, 11-kvalitet aniqlikni olish mumkin, shunda mexani ishlov berish hissasiga faqat 1-yuzaga yarim toza frezerlash bilan, 5,6,9-yuzalarning ichi toza yo‘nib kengaytiriladi, 10-yuzadagi M10 tuynukka ishlov beriladi. Bunda 2-4, 7-8 yuzalarnining aniqligi ortiqcha bo‘lib qoladi. Bunday zagotovkaning tannarxi yana ham qimmatroq bo‘ladi.
Shunday qilib, zagotovka tashqi qatlamining sifati va aniqligi mexanik ishlov berish texnologik jarayoni strukturasiga va zagotovkaning tannarxiga kuchli ta’sir qiladi.
|
| |