|
Qurilish industriyasining xomashyo bazasi kengaytiriladi
|
bet | 1/2 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #135882 |
Bog'liq BANNOPOV.B
Qurilish materiallari sanoati — uy-joy qurilishi, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqalardagi qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat. Bir qancha tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Sement, asbest-sement shiferi, asbest-sement quvurlari, devor materialari (gʻisht), ohak, gips, deraza oynalari, yumshoq yopma materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol (keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-qurilish buyumlari, linoleum, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, noruda qurilish materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shagʻal, qum-shagʻal aralashmasi) va boshqa Qurilish materiallari sanoatis.ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi.
O’zbekiston qurilish materiallari sanoatida qanday o’zgarishlar amalga oshiriladi?
Qurilish materiallari sanoati sohasidagi loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun 500 mln $dan kam bo‘lmagan miqdordagi uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalari jalb qilinadi.
Prezident “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.
Qarorga binoan tarmoqni jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mineral xomashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish va qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini oshirish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi:
Qurilish industriyasining xomashyo bazasi kengaytiriladi
2019−2025 yillarda mahalliy xomashyo geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish industriyasining xomashyo bazasini kengaytirish prognoz ko‘rsatkichlari va diversifikatsiya qilish va mahsulot turlarini kengaytirish hisobiga qurilish materiallari ishlab chiqarishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Mazkur ko‘rsatkichlar doirasida ohaktosh ishlab chiqarish 13,1 mln tonnaga, gips toshi 1,8 mln tonnaga, loysimon komponentlar, g‘isht xomashyosi, kvars qumi 1 million tonnaga, ko‘chgan tog‘ jinslari (bazalt) 0,1 million tonnaga, shag‘al esa 5,6 mln metr kubga yetkaziladi.
Shuningdek, oboy ishlab chiqarish 47 barobarga, yig‘ilgan parket panellari va plitalari 19 barobarga, yog‘och va boshqa yog‘ochbop materiallardan tayyorlangan plitalar 15 barobarga, armatura ishlab chiqarish 3 barobarga va sement ishlab chiqarish 2 barobarga oshiriladi.
|
| |