|
Faoliyat xavfsizligini boshqarish
|
bet | 1/3 | Sana | 20.08.2024 | Hajmi | 174,45 Kb. | | #269720 |
Bog'liq amaliy ish 2 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“Hayot faoliyati xavfsizligi”
fanidan
AMALIYOT
TOPSHIRIQ № 2
Bajardi: Xakimov Oybek 044-20 sto'
Toshkent 2024
NAZARIY SAVOLLAR
Varinat 20
Faoliyat xavfsizligini boshqarish.
Mehnat muhofazasining nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari.
Faoliyat xavfsizligini boshqarish :
Xavf – hayot faoliyat xavfsizligining (HFX) markaziy tushunchasi bo’lib, u xodisa, jarayon va ob’ektlarning inson sog’ligiga to’ridan-to’g’ri yoki bilvosita ma’lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyatini tushuniladi, ya’ni ko’ngilsiz oqibatlarni olib keladi. Taxlilning maqsadiga ko’ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni ko’payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta’rif mavjud bo’lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o’ziga tortuvchi, xamda faoliyatning xamma turlarini xisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
Xavf energiyaga ega bo’lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o’zida joylashtirgan xamma sistemalarni, hamda inson xayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o’zida saqlaydi. Xavflar taksonomiyasi. Taksonomiya - bu murakkab xodisalar, tushunchalar va ob’ektlarni sinflashtirish va sistemalashtirish xaqidagi fandir. Taksonomiya so’zi xavflarni qonun bo’yicha joylashtirish degan ma’noni beradi. Modomiki xavf ko’p belgilarga ega bo’lgan murakkab ierarxik tushunchadir. Faoliyat xavfsizligi soxasidailmiy bilimlarni tashkil kilishda xavflarni taksonomiyalash muxim rol o’ynaydi va ularning tabiatini chuqur bilishga undaydi. Xozircha xavflarning yetarlicha to’liq mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu o’qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishni ko’rsatadi. Xavflar nomenklaturasi. Nomenklatura - ma’lum belgilariga ko’ra sistemalashtirilgan xavfli nom va so’zlar ro’yxatidir. Xozirgi kunda xavflarning nomenklaturasini umumiy xolda alfavit tartibida quyidagicha keltiramiz: Ajal, alanga, alkogol, vakuum, vulkan, vaxima, gaz, gerbisid, dard, dinamik zo’riqish, yemirilish, yomg’ir, yong’in, zo’riqish, zaxar, zilzila, ifloslanish, ichkilik, kasallik, kamchilik, kuyish,lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magnit maydoni, momaqaldirok, meteoritlar, mikroorganizmlar, namlanish, pulsasiya, pasayish, radiasiya, rezonans, sog’aymok, sag’lanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, o’zilish, yashin urmoq, ultratovush, xujum, xavf, charchash, shamol, shovkin, elektr toki, elektr maydoni, yaxmalak, yadro. Aniq ilmiy izlanishlar olib borilganda, xar bir aloxida ob’ektlar uchun (ishlab chiqarish, sexlar, ish joylari, jarayonlar, kasblar va xakozo) xavflar nomenklaturasi tuziladi. Xavflar kvantifikasiyasi. Kvantifikasiya - murakkab tushunchalarning sifatini aniqlashda sonli tavsiflarni joriy qilishdir. Amalda kvantifikasiyaning sonli, balli va boshqa usullari qo’llaniladi. Xavflarni baxolashning eng keng tarqalgan usuli tavakkaldir. Xavflar identifikasiyasi. Identifikasiya - deganda xayot faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni yaratishga zarur va yetarli bo’lgan sonli, vaqtinchalik, fazoviy va boshqa tavsiflarni topish va aniqlash jarayonini tushunamiz. Identifikasiya jarayonida aniq masalalarni yechish uchun muxim bo’lgan xavflar nomenklaturasi va ularning paydo bo’lish extimolligi, joyini yakkalash, ko’zda tutilgan zarar va shunga o’xshash o’lchamlari aniqlanadi.
Sabab va oqibat. Potensial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, sabablar vaziyatlar to’plamini xarakterlaydi, unga ko’ra xavflar paydo bo’ladi va u yoki bu kutilmagan oqibatlar va zararlarni keltirib chiqaradi. Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari xar xildir: xar xil og’irlikdagi jaroxatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar, atrof muxitga zarar va boshqa. Xavf, sabablar va oqibatlar - bular shunday voqealar, ya’ni baxtsiz xodisa, favqulodda xolat va yong’inlarning asosiy ko’rsatgichlaridir. Uchlik “xavf-sabablar-ko’ngilsiz oqibatlar” - bu rivojlanishning logik jarayoni bo’lib potensial xavfni bor bo’lgan zararga olibkeladi. Koida bo’yicha bu jarayon bir necha sabablarni o’z ichiga oladi, ya’ni u ko’p sabablidir. Xavf ko’ngilsiz voqeaga xar xil sabablar bilan aylanishi mumkin. Baxtsiz xodisalarning oldini olish asosida sababini qidirish yotadi. Bunga bir qancha misollar keltiramiz: - Zaxar (xavf) - xato (sabab) - zaxarlanish (ko’ngilsiz oqibat). - Elektr toki (xavf) - qiska tutashuv (sabab) - kuyish (ko’ngilsiz oqibat). - Ichimlik (xavf) - ko’p ichish (sabab) - o’lim (ko’ngilsiz oqibat). Xavflarning sinflanishi. 1. Kelib qikish tabiatiga ko’ra xavflar quyidagilarga bo’linadi: tabiiy, texnikaviy, antropogen (inson bilan bog’lik), ekologik, aralash (ikkita va undan ortiq). 2. Maxsus standartlar bo’yicha: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik. 3. Salbiy oqibatlarning vaqt bo’yicha kelibchiqishiga ko’ra xavflar impulsli va kumulyativ (inson organizmida yig’iluvchi) bo’ladi. 4. Olib keluvchi oqibatiga ko’ra: toliqish, kasallanish, jaroxatlanish, xalokat, yong’in va o’lim xavflari. 5. Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy, texnik, ekologik. 6. Yakkalashi bo’yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog’lik bo’lgan xavflar. 7. Kelib chiqish soxasiga ko’ra: turmushga, sportga, yo’l - transportiga, ishlab chiqarishga oid xavflarga bo’linadi. 8. Tuzilishiga ko’ra xavflar oddiy va xosil qilingan (oddiylarning ta’sirida xosil qilingan) bo’ladi. 9. Insonga ta’sir qilish xarakteriga qarab faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi. Energiya hisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o’zi vujudga keltiradi. Bular: o’tkir (sanchiluvchiva kesuvchi) qo’zgalmas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan tekisliklar orasidagi ishkalanish va boshqalar. Xavflarning baxtsiz xodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjud [1]. Faoliyatning potensial xavfi xaqida aksioma Xar qanday faoliyatning xavfliligini tasdiqlashga insoniyat tajribasi asos beradi. Faoliyatning bironta turi yo’qki, u abadiy xavfsiz amalga oshsa. O’z navbatida, quyidagi xulosani ifodalashimiz mumkin: xar qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish aksiomatik xarakterga egadir. Berilgan aksioma faqat metodologik va evristik axamiyatga egadir
Xavfsizlikni taxlil qilish usullari Xavfsizlikni taxlil qilish aprior va aposterior uslublari bilan amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, ko’ngilsiz xodisa yuz berishidan oldin (aprior) va yuz bergandan keyin (aposterior) taxlil qilinishi mumkin. Aprior taxlilda izlanuvchi berilgan sistema uchun potensial bo’lishi mumkin bo’lgan, shunday ko’ngilsiz xodisalarni tanlaydi va ularning sodir bo’lishiga olib keluvchi xar xil xolatlar xolatlar to’plamini tuzishga intiladi. Aposterior taxlil ko’ngilsiz xodisalar ro’y bergandan keyin o’tkaziladi. Bundan taxlilning maqsadi - kelajak uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Bu ikki uslub bir-birini to’ldiradi. Taxlilning to’g’ri (aprior) usuli oqibatni ko’rish uchun sabablarni o’rganadi. Teskari usulda sabablarni aniqlash maqsadida oqibatlar taxlil qilinadi, ya’ni taxlil asosiy xodisadan boshlab o’rganiladi. Ikkalasida xam oxirgi maqsad xamma vaqt xar qanday ko’ngilsiz xodisalarning oldini olishdir. Birlamchi xodisalarning paydo bo’lish extimolligi va chastotasini bilgan xolda, pastdan yuqoriga xarakatlanib, asosiy xodisaning yuz berish extimolini aniqlash mumkin. Xavfsizlikni taxlil qilganda eng asosiy muammo sistemaning ko’rsatkichlarini aniqlash yoki uni chegaralashdir. Agar sistemaning chegarasi juda tor qo’yilgan bo’lsa unda tarqoq, tizimiylashmagan oldini olish choratadbirlarini xosil qilishga imkoniyat paydo bo’ladi, ya’ni ayrim xavfli xolatlar diqqatdan chetda qolib ketadi. Boshqa tomondan, agar chegara juda keng qo’yilsa unda taxlil natijalari umumiy, noanik bo’lib qolishi mumkin. Umumiy xolda yondoshish xodisani aniqlashdan iborat, ya’ni berilgan aniq xolatda oldini olish tadbirlari orqali ta’sir qilish mumkinligini ko’rsatadi
HFX ni boshqarish vazifalari Boshqarish - bu shunday jarayonki, uni bir nechta bosqichlarga bo’lish mumkin: 1. Ob’ektning xolatini taxlil qilish va baholash. 2. Boshqarishning maqsad va masalalarini amalga oshirish uchun tadbirlarni rejalashtirish va oldindan aniqlash. 3. Boshkaruvchi va boshqariladigan sistema (tizim)larni bevosita tashkil qilish. 4. Nazorat, ya’ni boshqarishni tashkil qilish ustidan kuzatish va tekshirish. 5. Tadbirlarning samaradorligini aniqlash. 6. Ragbatlantirish, ya’ni boshkarish katnashchilarini boshkaruv muammolarini muvaffakiyatli xal kilishga undovchi ta’sir shakllari. HFX ni boshqarish vositalari HFXni boshqarish vositalarini quyidagi jixatlarga ajratish mumkin: fizologik, psixologik, ijtimoiy, tarbiyaviy, ergonomik, ekologik, tibbiy, texnik, tashkiliy-operativ, xuquqiy va iktisodiy. Uz navbatida bu jixatlarga asosan HFXni boshqarishning vositalari boy va rang-barangdir. Bularga quyidagilar kiradi: - xalq ommasini o’qitish; - xavfsiz xulq madaniyatini tarbiyalash; - kasbiy o’qitish; kasbiy tanlash; - boshqarish sub’ektiga psixologik ta’sir qilish; - dam olish va ishlash rejimlarini rasionallashtirish; - kollektiv ximoyalanishning texnik va tashkiliy vositalari; - shaxsiy ximoya vositalari; - yengillik va kompensasiya to’lovlari tizimi va boshqalar. Faoliyatni tashkil qiluvchilarga ajratish [19] “Inson-muxit”, “inson-ishlab chiqarish” va boshqa tizim (sistema)lar murakkab ko’p tenglamali va qismli tashkil qiluvchilardir. Xavflar identifikasiyasini ijobiy yechishda bu tizimlarni taxlil jarayonida tashkil qiluvchilarga ajratish (dekompozisiya qilish) muximdir. Umumiy xolda ular element (qism)larga ajratiladi. Chegaralangan faoliyat sharoitida bu element (qism)lar aniqlashtiriladi. Faoliyatni tashkil qiluvchilarga ajratish bir ma’noda xavf va uning xavfli turkumlarini aniqlashga imkon beradi. Shuning uchun faoliyatni loyixalashda ma’qul bo’lgan manba ma’lumotlaridan foydalanilgan xolda uni yetarli darajada detallashtirish (elementlarga ajratish) va xavfli xususiyatlarini aniqlash muximdir. Insonni hayot faoliyati uni urab turgan atrofmuhitda mavjud bo‘lib, u har xil omillar ta’sirida kechadi. Bu omillar kelib chiqish mohiyatidan ko‘ra insonga ko‘rsatadigan ta’siri, xarakteriga ko‘ra nihoyatda turlicha bo‘lib, ularning ba’zilari inson hayot faoliyati davomida o‘ta ta’sir etadi. Bu omillarga mehnat predmetlari, mehnat vositalari, energiya, mehnat mahsullari, texnologiya, flora (o‘simlik), fauna (hayvonot), tabiiy ofatlar, urushmojarolar, ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlar va xokazolar kiradi
Xavfsizlikni ta’minlash usullari [1] Metod - maqsadga erishish usulidir. Xozirgi karaetgan xolatimizda maqsad xavfsizlikni ta’minlashdir. Metodlar prinsiplarni konstruktiv va texnikaviy jixatdan xaqiqiy borliqqa gavdalantirish bilan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlashusullarini bilgan xolda inson bilan ishlab chiqarish muxiti tavsiflari orasidagi o’zaro ta’sirlarni kelishish mumkin, ya’ni ma’lum xavfsizlik darajasiga erishish mumkin. Xavfsizlik usullarini o’rganishdan oldin, biz uyidagi yangi tushunchalarni kiritamiz. Ko’rilaetgan faoliyat jarayonida insonning turgan joyi gomosferadeyiladi. Xar doim va davriy ravishda sodir bo’lib turadigan xavfli joy noksosferadeyiladi. Bu sferalarni xavfsizlik nuqtayi nazardan qo’shish mumkin emas. Xavfsizlikni ta’minlash usullari 3 xil turga bo’linadi: USUL - A, gomosfera bilan noksosferani birbiridan joy yoki vaqt jixatdan ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jaraenlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, jixozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va robotlarni qo’llash bilan amalga oshiriladi. USUL - B, xavfsizlik prinsiplarini qo’llab xavflarni yo’q qilish va noksosferani (ishlab chiqarish muxitini) normallashtirish, xamda noksosfera xarakteristikalarini inson xarakteristikalariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz, jaroxatlanish va xokazo xavfli omillardan ximoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi, xamda qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi. Agar A va B metodlarni qo’llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga erishish ta’minlanmaganda V - metod qo’llaniladi. USUL - V, tegishlicha ximoya vositalari yordamida insonlarning ximoyalanish xususiyatlarini oshirishga, xamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan. Bu usul kasbiy tanlash, o’qitish, instruksiyalarberish, psixologik ta’sir qilish va shaxsiy ximoya vositalarini qo’llash bilan amalga oshiriladi. V - metodni amalga oshirishda noksosfera xarakteristikalarini o’zgartirish uchun xar xil vositalar qo’llaniladi.
Xavfsizlikni ta’minlash vositalari [1] Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun ximoya vositalari qo’llaniladi. Ishlovchilarning ximoya vositalari inson organizmiga eng ma’qul sharoitlarni xosil qilishi va quyidagilarni ta’minlashi lozim: - ish zonasidan xavfli va zararli narsalar, xamda materiallarni uzoqlashtirish yoki xaydash; - zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi sanitar normagacha kamaytirish; - ishlovchilarni qabul qilingan texnologiyalar va ish sharoitlarida xamrox bo’lgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan ximoya qilish; - texnologik jarayon bo’zilganda paydo bo’ladigan salbiy omillardan ximoya qilishi lozim. Ximoya vositalarini tanlash xar bir aloxida xolatlarda Mexnat xavfsizligi talablariga asosan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlashprinsiplari va usullarini gavdalantirishda xar xil ximoya vositalari qo’llaniladi. Ximoya vositalarining qo’llanilishi xarakteri bo’yicha kollektiv ximoya vositalari (KXV) va shaxsiy ximoya vositalariga (ShXV) bo’linadi. Xar biri vazifasiga ko’ra sinflarga bo’linadi. KXV zararli va xavfli omillarga bog’lik xolda: shovqindan, titrashdan, elektrostatik zaryadlardan ximoyalash vositalariga sinflanadi. ShXV asosan ximoyalanadigan inson a’zosi yoki a’zolar guruxiga qarab: nafas a’zolarini, qo’l, bosh, bet (yuzni), kuzni va eshitish a’zolarini ximoya qilish vositalariga bo’linadi. KXV texnik tayyorlanishiga qarab quyidagiguruxlarga bo’linadi: to’siqlar, blokirovkalar, tormozlar, saqlaguvchi moslamalar, Yorug’lik va ovoz signallari, xavfsizlik asboblari, signal ranglari, xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat qurilmalari, masofadan boshqarish vositalari, elektr jixozlarini yerga ulash va nollash qurilmalari, shamollatish (ventilyatsiya), yoritish, isitish, sovutish (kondisionerlash), izolyatsiyalash, germetizasiyalash vositalari kiradi. Shaxsiy ximoya vositalariga: gidroizolyatsiya kostyumlari, skafandrlar, protivogazlar, respiratorlar, pnevmoshlemlar, pnevmomaskalar, xar xil turdagi maxsus kiyim va poyafzallar, tutgichlar, qo’lqoplar, kaskalar, shlemlar, shapkalar, shlyapalar, shovqinga qarshi shlemlar, quloqqa quygichlar (vklado’shlar), ximoya ko’zoynaklari, saqlaguvchi belbog’lar, ximoyalovchi dermatologic (kremlar) vositalar va boshqalar kiradi. Ximoya vositalari estetik va ergonomik talablarga javob berishi kerak, alohida, inson faoliyati uchun normal sharoitlarni ta’minlashi lozim. Bir vaqtning o’zida ShXV qo’llashda texnik me’yorlarni xisobga olish kerak, ko’pchilik ShXV ma’lum noqulayliklarni keltirib chiqaradi va inson ish kobiliyatining pasayishiga olib keladi. Talablarni xisobga olishning yo’qligi, qisman ShXV qo’llashda buzilishning sababchisi bo’ladi. Ximoya vositalari ximoya va fiziologik ko’rsatgichlari bo’yicha baholanishi kerak.
|
| |