Mehnat muhofazasining nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari




Download 174,45 Kb.
bet2/3
Sana20.08.2024
Hajmi174,45 Kb.
#269720
1   2   3
Bog'liq
amaliy ish 2

2. Mehnat muhofazasining nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari:
Insoniyat jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti barcha sohalarda ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘z navbatida ishlab chiqarishning rivojlanishi, yuksalishining asoslaridan biri – inson va uning mehnat mahsulotidir. Shunday ekan mehnat jarayonida insonning hayot faoliyati xavfsizligi va sog‘lig‘ini saqlash eng muhim vazifalardan biridir. Ushbu vazifalarni bajarishda avvalo mehnat muhofazasi sohasida uning huquqiy-me’yoriy asoslari katta ahamiyatga ega. Respublikamizda ishlab chiqarishda faoliyat olib boradigan ishchixodimlarning ish sharoitini yaxshilash, ularga ta’sir qiluvchi xavf manbalarini kamaytirish, ishchilarning ish qobiliyatini saqlashni ta’minlovchi chora-tadbirlar bilan bir qatorda mehnatni muhofaza qilishning qonunchilik asoslari yaratilgan. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha korxonalardagi ishchi xodimlarning hayoti, sog‘lig‘i ishlab chiqarish natijalariga nisbatan ustuvorligini belgilab beradi. Ushbu siyosat bo‘yicha olib boriladigan ishlar qamrovi juda keng miqyosda bo‘lib, mehnat muhofazasi bilan bog‘liq barcha jabhalarni o‘z ichiga oladi [7]. Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: − korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘ining ustivorligi; − mehnat muhofazasi sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; − mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnat muhofazasi sohasida yagona tartib, qoidalar belgilab qo‘yish; − mehnatning ekologik jihatdan xavfsiz sharoitlarini yaratish va ish joylarida atrof-muhit holatining muntazam nazorat etilishini ta’minlash; 45 − korxonalarda mehnat muhofazasi talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish; − mehnat muhofazasini mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi; − oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash; − texnika xavfsizligi, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalarining ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish; − fan va texnika yutuqlaridan hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha mamlakatimiz va chet elda to‘plangan ilg‘or tajribadan keng foydalanish; − xodimlarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlar bilan bepul ta’minlash; − korxonalarda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish; − ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borish asosida ishlab chiqarishdagi jarohatlanish hamda kasb kasalliklariga chalinish darajasi haqida aholini xabardor qilish majburiyligi; − ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan xodimlarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash; − kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnat muhofazasini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; − mehnat muhofazasiga oid masalalarni hal etish chog‘ida halqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tamoyillariga asoslanadi. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi barcha qonun va me’yoriy hujjatlarning maqsadi fuqarolarning mehnat jarayonida sog‘lig‘i va faoliyatining muhofaza qilinishini ta’minlashdan iboratdir. Ushbu yo‘nalishda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ishlarning barchasi huquqiy-me’yoriy hujjatlar tizimi asosida olib boriladi. Bunday faoliyat O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga tegishli qarorlar va boshqaruv hujjatlari 46 bevosita O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohasi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlari tizimida yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni ahamiyati va qisqacha mazmuni. Mehnat muhofazasi insonning mehnat faoliyati, sog‘lig‘i va hayotiga bevosita daxldor tushuncha sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat muhofazasi mehnat faoliyati jarayonida inson hayoti va sog‘lig‘ining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, sanitariya-gigiyena, davolash-oldini olish kabi tadbirlar tizimidan iborat. Mehnat muhofazasiga nisbatan bunday yondashuv xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan va shu bilan birga, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy-texnikaviy, tibbiy va boshqa tadbirlarni o‘z tarkibiga qamrab olgan. Bu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 1993 yil 6 mayda qabul qilingan qonunida mujassamlashgan. Ushbu qonun mamlakatimizda ishlab chiqarish korxonalarida va boshqa barcha muassasalarida mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi. Ushbu qonunning asosiy maqsadi fuqarolarning ishlab chiqarish sharoitida sog‘lig‘i va mehnatining muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan. Mehnat muhofazasi mehnat huquqi instituti sifatida xodimning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati jarayonida hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini yaratib berishga xizmat qiluvchi huquqiy me’yorlar yig‘indisi tushiniladi. Bundan tashqari, unga mehnat huquqi institutining asosiy tamoyillaridan biri – mehnat muhofazasini ta’minlash tamoyili, shuningdek, xodimning mehnat muhofazasiga nisbatan subyektiv huquqi sifatida ham qaraladi. Aniqroq aytganda har bir xodim xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitiga ega bo‘lishi va ish beruvchidan talab darajasidagi mehnat sharoitlari ta’minlanishini talab qilishga haqlidir. Mehnat muhofazasiga oid munosabatlarning huquqiy jihatidan tartibga solinishida O‘zbekiston Respublikasining yuqorida zikr etilgan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlari muhim o‘rin tutadi. 52 “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’i nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi. Fuqarolarning sog‘lig‘i va mehnatining muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan mazkur qonunning 1-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnati muhofaza qilinish huquqiga ega deb ko‘rsatilgan. Ushbu qonunning 2-moddasida mehnat muhofazasi tushunchasining keng ma’nodagi ta’rifi keltirilgan. Unga ko‘ra mehnatni muhofaza qilish – tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyatining saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariyagigiyena va davolash-oldini olish tadbirlari hamda vositalari tizimidan iboratdir. Mazkur qonun ishlab chiqarishda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda juda katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek u: − mehnatkashlarning mehnat muhofazasiga oid huquqlarini ta’minlaydi; − mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarda xodimlar bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat muhofazasiga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning yagona tartibini belgilab beradi; − xodimlar uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga huquqiy zamin yaratadi. Mehnatni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qonunlar orasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonuni alohida o‘rin tutadi [12]. Mazkur qonunning asosiy vazifalari: − fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashga doir huquqlarining davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash; − fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; − davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishdan iborat. 53 Shu bilan birga, mehnat muhofazasi sohasida boshqa qonun hujjatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan qabul qilingan qarorlar, boshqa davlat organlari hujjatlari, jamoa shartnomasi hamda kelishuvlari tatbiq etiladi. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunda asosiy e’tibor mehnatni muhofaza qilish sohasida olib boriladigan asosiy ishlarga qaratilgan. Ushbu ishlarga: − korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini barcha boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; − mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash; − muntazam ravishda korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablarining tizimiy ravishda bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish; − mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi; − mehnat muhofazasi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berish; − mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha fan, texnika yutuqlaridan hamda vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng miqyosda foydalanish; − ishchi-xodimlarning ish sharoitini, yoshi, sog‘lig‘i va boshqa holatlarini e’tiborga olgan holda ularga imtiyozlar berish, shaxsiy himoya vositalari va boshqa zaruriy jihozlar bilan ta’minlash; − korxonada kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar echimi kiradi. Jumladan mehnat muhofazasini boshqarish masalalarini har qanday korxonada to‘g‘ri olib borilishi ishlovchilar xavfsizligini ta’minlash holatining 54 yuksalishiga olib keladi. Ushbu qonunning 5-moddasida mehnat muhofazasini boshqarish davlat tomonidan olib borilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasi korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishga bag‘ishlangan. Qonunning shu moddasiga binoan vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, boshqa xo‘jalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo‘mitasi bilan kelishib o‘zlari tasdiqlaydigan nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar. Хodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Хodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi [7]. 96 Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo‘ysunadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari korxonaning barcha xodimlari mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo‘linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar. Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas. Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati to‘xta’tilgan taqdirdagina tugatiladi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlarini (mehnat muhofazasi injenerini) ishga tayinlash va vazifasidan ozod qilish korxona rahbarining buyrug‘i asosida bo‘ladi. Bu xizmat lavozimlariga xodimlar korxonaning qarori va yuqori organlarning roziligi bilan oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tayinlanadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat: − mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoida va me’yorlarning barcha ishchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish; − mehnatni muhofaza qilish xizmatlari mutaxassislari strukturaviy bo‘limlarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; − mehnat muhofazasi qonunlarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxona rahbariga bildirishnoma taqdim etish; 97 − korxona va tashkilotlarda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini tashkil etish bo‘yicha ishning shakli va metodlarini takomillashtirish, mehnat, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlarga amal qilish ustidan metodik rahbarlikni va nazoratni amalga oshirish; − ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasallanishlari holatlarini va sabablarini tahlil qiladi; ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlarini, boshqa bo‘limlar bilan birgalikda ishlab chiqadi, shuningdek, ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni joriy etishni tashkil etadi; − turdosh muassasalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan mehnat xavfsizligi standartlari loyihalarini, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidalar va me’yorlarni ko‘rib chiqadi va ularni kelishishda qatnashadi, ular bo‘yicha xulosalar beradi va ularni joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; − mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tugallangan ilmiy-tadqiqotlarga ishlab chiqarish nuqtai nazaridan xulosalar beradi va ularni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar tashkil etadi; − faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish va yangi ishlab chiqarish obyektlarini qurish loyihalarida ko‘zda tutilgan mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqishda loyihalar ekspertizasi xizmati bilan birgalikda qatnashadi; − rahbar va injener-texnik xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etadi; − mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’lumot va o‘quv materiallarini, takliflar, xulosalar va qarorlar loyihalarini tayyorlaydi; − korxonani mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha me’yoriy va huquqiy hujjatlar bilan ta’minlaydi va hujjatlar talablarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; − ishchilardan mehnatni muhofaza qilish xizmatiga tushgan xatlarni va arizalarni o‘rnatilgan tartibga asosan ko‘rib chiqadi va o‘z vakolati doirasida ularning yechimini amalga oshiradi; 98 − mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan statistik hisobotlarni va tasdiqlangan nomenklaturaga mos ravishda boshqa ishlarni yuritadi.
Mehnat muhofazasini boshqarishni uzluksiz davom etadigan va ketma-ket amalga oshiriladigan ko‘p bosqichli to‘xtovsiz jarayondir. Bu bosqichlar – mehnat sharoiti ko‘rsatkichlarini baholash, maqsadni shakllantirish va vazifalarni belgilash, reja ishlab chiqish, rejani amalga oshirishni tezkor boshqarish, reja bajarilishi samaradorligini baholash, bajaruvchilarni rag‘batlantirishdir. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasiga muvofiq mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi olib boradi. 114 Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, joylarda esa viloyatlar va Тoshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmalari boshqaruv funksiyalarini amalga oshiradi. Mehnat muhofazasini boshqarish iqtisodiyot tarmoqlarida va obyektlarida tarmog`iy vazirliklar, idoralar, davlat kompaniyalari, konsernlar, birlashmalar tomonidan olib boriladi. Hozirgi vaqtda sanoat korxonalarida, ayniqsa katta va kategoriyalangan sanoat korxonalarida yetarli darajada aniq shakllangan mehnat muhofazasini boshqarish tizimi mavjud. 3.2.2. Korxonada mehnat muhofazasini boshqarish strukturasi Korxona miqyosida mehnat muhofazasini boshqarish korxonani boshqarish tizimining bir qismi hisoblanadi. Demak, korxonada mehnat muhofazasini boshqarishni korxona boshlig‘i (bosh injener), sex, bo‘lim va bo‘linmalar boshliqlari olib boradi (3.1 – rasm). Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ko‘p qirrali vazifalarni yechishda korxona ma’muriyati, bo‘lim va bo‘linmalar boshliqlari, mehnat muhofazasi xizmati, kasaba uyushmalari va boshqa strukturaviy xizmatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita ishtirok qiladilar. Bu ishga barcha, korxona boshlig‘idan tortib ishchilargacha, jalb qilinadi. Korxona ma’muriyati va xizmatlarining mehnat muhofazasini yuksaltirish bo‘yicha tadbirlar majmuasini amalga oshirishini tashkillashtirish “Mehnat muhofazasini boshqarish tizimi” (MMBТ) orqali amalga oshiriladi. MMBТda, har qanday boshqarish tizimidagiday, boshqarish funksiyalarini va asosiy vazifalarni aniqlash va belgilash lozim, ma’lumotlar olish va ko‘rsatmalar berish strukturasini aniqlashtirish, hamda hisobot va ro‘yxatga olish hujjatlari shakllarini qabul qilish lozim.
Mehnatni muhofaza qilishni tashkil qilish tashkiliy, texnik, sanitargigiyenik, oldini olish va boshqa turdagi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va joriy qilishni, uni umumiy kompleks ravishda boshqarishni, shuningdek, mehnat qonunchiligiga va mehnat muhofazasi bo‘yicha qoida va me’yorlarga rioya etishni nazorat qilishni tashkillashtirish kabi ishlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish ishlari asosan quyidagi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: tashkiliy-texnik; tashkiliy; texnik; sanitargigiyenik; ruhiy-fiziologik; ijtimoiy-iqtisodiy (3.2 – rasm). Тashkiliy-texnik yo‘nalishdagi ishlarga asosan quyidagi ishlar kiradi: texnologik jarayonlarni mukammallashtirish; mashina va mexanizmlarga rejali texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, hamda ko‘riklardan o‘tkazish rejasini tuzish; mashina va mexanizmlarga rejali texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, hamda ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tkazish; yuk ko‘tarish mexanizmlarini o‘z vaqtida texnik ko‘rik va sinovdan o‘tkazish; elektr uskuna, qurilma, jihoz va asboblarning texnik va elektr xavfsizligi holatini doimiy ravishda nazorat qilib turish va boshqa. Тashkiliy yo‘nalishdagi ishlarga asosan quyidagi ishlar kiradi: mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha reja va tadbirlarni ishlab chiqish; 117 ishchilar o‘rtasida kasbiy tanlov va kasbiy o‘qitishlar olib borish; ishchilarni attestatsiyadan o‘tkazish; ishchilar bilan reja asosida xavfsiz mehnat usullari va texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazishni tashkil qilish; ishchilar bilan yo‘riqnomalarni turlari bo‘yicha o‘z vaqtida o‘tkazishni tashkil qilish; texnika xavfsizligi bo‘yicha javobgar shaxslarni belgilash; mehnat qilishni to‘g‘ri tashkil qilish; ish o‘rinlarini mehnat sharoiti bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazishni va pasportizatsiya qilishni tashkil qilish; ishlovchilarni maxsus kiyimlar va shaxsiy himoyalanish vositalari bilan ta’minlash; xavfli joylarga ogohlantiruvchi yozuv va belgilarni qo‘yish; ishchilar o‘rtasida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalarini doimiy ravishda tashviqot va targ‘ibot qilish; yuqori darajadagi mehnat intizomini o‘rnatish; mehnat muhofazasi bo‘yicha xona va burchaklarni tashkil qilish; ishlab chiqarish uchastkalarini va yong‘indan xavfli joylarni birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlash; baxtsiz hodisalarni tekshirish, jarohatlanish va kasalliklar sabablarini tahlil qilishni tashkil qilish; ishchilar tomonidan ishlarning xavfsiz bajarilishi ustidan ma’muriyat nazoratini doimiy ravishda tashkil qilish. Тexnik yo‘nalishdagi ishlarga asosan quyidagi ishlar kiradi: mashina va mexanizmlar, qurilma, uskuna, jihoz, asbob va moslamalarning texnik soz holatda bo‘lishini ta’minlash; xavfli zonalarni mukammallashtirilgan muhofazalash vositalari bilan jihozlash, avtomatik signalizatsiya va blokirovka qurilmalarini o‘rnatish; to‘siqlarning xavfli zona turi va tavsifiga mos kelishini ta’minlash; shaxsiy himoya vositalarining texnik soz holatda bo‘lishini ta’minlash; elektr qurilmalarining yerga ulash, nollash, avtomatik ajratgich qurilmalari holatini vaqtida nazorat qilish; katta energiya va bosim ostida ishlovchi qurilma va uskunalarni davriy texnik ko‘rikdan va hujjatlashtirishdan o‘tkazish; og‘ir mehnat talab qiladigan jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va masofadan boshqarishni amalga oshirish. Sanitar-gigiyenik yo‘nalishdagi ishlarga asosan quyidagi ishlar kiradi: xonalarda mikroiqlim ko‘rsatkichlari va havo tozaligi sanitar me’yorlar talabi darajasida bo‘lishini ta’minlash; shovqin, titrash, turli nurlanishlar va boshqa fizik, 118 hamda kimyoviy omillarni bartaraf etish yoki darajasini sanitar me’yorlar talabi chegarasigacha kamaytirish; xonalarda yoritilganlikning sanitar me’yorlar talabi darajasida bo‘lishini ta’minlash; korxona bino va xonalarini ergonomik va sanitargigiyenik jihatdan to‘g‘ri rejalashtirish; ishlovchilarni davriy ravishda tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish.




Download 174,45 Kb.
1   2   3




Download 174,45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat muhofazasining nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari

Download 174,45 Kb.