Ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlar o‘quv mashg‘ulotlariga o‘zaro tashrif, kamchiliklar aniqlangan professor-o‘qituvchilarga berilgan maslahat va tavsiyalar hamda o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatilganligi




Download 21,13 Kb.
bet1/3
Sana18.05.2024
Hajmi21,13 Kb.
#242459
  1   2   3
Bog'liq
Hisobot


Toshkent amaliy fanlar universiteti ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbir xulosalari asosida
Kompyuter injiniringi kafedrasida amalga oshirilgan ishlar
HISOBOTI

  • Ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlar o‘quv mashg‘ulotlariga o‘zaro tashrif, kamchiliklar aniqlangan professor-o‘qituvchilarga berilgan maslahat va tavsiyalar hamda o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatilganligi:

  • Kafedra ish rejasi bo’yicha shu kunga qadar 3ta yigʻilish oʻtkazilgan.

  • Ish rejada ta'lim sifatini oʻrganish bilan bogʻliq jarayonlar, oʻquv mashgʻulotlariga oʻzaro tashrif oʻz aksini topgan, lekin, darslarga oʻzaro tashrif davrida aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat oʻrnatilmagan.

  • Kafedra ish rejasidagi koʻriladigan masalalar juda sayoz. Bayonnoma nomiga yozilgan. Koʻrilgan masalalar rejaga mos emas.

  • Kafedra mudiri kafedra PO’lari bilan birga oxirgi 3 oy davomida 12 ta dars tahlili qilingan. Dars tahlillari kafedra yigʻilishida koʻrib chiqilmagan va chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan.

  • 2023-yil 06 va 28 oktabr kunlari TSNQB tomonidan oʻtkazilgan dars tahlilida kafedra oʻqituvchilarining (K.Muxammadieva-41,2%, D.Kejaeva-50,0%, A.Xurramov-35,3%, D.Abdullaeva-38,2%, N.Karimov-44,1%, M.Safarova-44,1%) darsi “qoniqarsiz” deb topilgan. TSNQBdan berilgan takliflarda “Darslarni tahlil natijalarini fakultetda tegishli kafedra mudirlari bilan birgalikda oʻrganib chiqish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda bajarilishini nazoratga olish, Maksimal ballning 55 foizidan past toʻplagan PO’ni darslarini fakultetda tuzilgan sifat guruhi tomonidan davriy ravishda tahlil qilib borilishini va natijalarini oʻquv ishlari boʻyicha prorektor va TSNQBga taqdim etib borilishini ta'minlash vazifasi yuklatilgan. Ushbu vazifani ijrosi ta'minlanmagan, kafedrada koʻrib chiqilib, chora koʻrilmagan. Fakultetda koʻrib chiqilgan, lekin bayonnoma rasmiylashtirilmagan va TSNQB ma'lumot kiritilmagan.

  • Fakultetda TSNQ komissiyasi tashkil etilgan. Komissiya tarkibiga kafedradan bir kishi kiritilgan. Komissiya tomonidan shu kunga qadar 4 ta dars tahlil qilingan, lekin fakultet kengashi va kafedra yigʻilishida koʻrib chiqilmagan.

  • Kafedrada “Ochiq dars”lar rejasi mavjud boʻlib, 15 ta rejalashtirilgan, shundan hozirgi kunga qadar 8ta oʻtkazilgan. Kafedrada “Ustoz-shogird” an'anasi yoʻlga qoʻyilgan.

  • Ta’lim sifatini o‘rganish bo‘yicha berilgan xulosalar asosida kafedrada navbat tashqari yig‘ilish o‘tkazilib, yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish masalasi ko‘rib chiqildi. Jumladan, 2023 yilning 11 oktyabr sanasida kafedraning navbatdan tashqari № NT-01-sonli majlisi kun tartibida “TAFU da faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning 2023-2024 o‘quv yilida Universitet rahbariyati tomonidan tahlil qilingan darslari bo‘yicha olingan ma’lumotdan kelib chiqib, universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Vapayev 9.10.2023 yildagi talabiga asosan, kafedrada ta’lim sifat nazorati komissiyasini tashkil etish va har ikki haftada majlis o‘tkazilib o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga hisobot topshirish haqida.” Masalasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra,kafedrada professor-o‘qituvchilarning darslarini nazorat qilish hamda mavjud xató va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida kafedrada sifat nazorat komissiyasi tarkibi joriy etildi. (*sifat nazorati tashkil etish boyicha majlis qarori ilova qilingan).

  • 2023-yilning 07 noyabr kuni kafedraning navbatdan tashqari № NT-02-sonli majlisida 2023-yil 06 va 28 oktabr kunlari TSNQB tomonidan oʻtkazilgan dars tahlili hulosasi masalasi ko‘zdan kechirildi. Unga ko‘ra TSNQB tomonidan oʻtkazilgan dars tahlilida past ball olgan professor-o‘qituvchilar faoliyatini alohida nazoratga olish maqsadida kafedrada olib boriladigan chora tadbirlan yo‘l xaritasi tuzib chiqildi. (*ilova taqdim qilingan)

  • 2023-yil 06 va 28 oktabr kunlari TSNQB tomonidan oʻtkazilgan dars tahlilida past ball olgan professor-o‘qituvchilar 2024 yilning 18 apreliga qadar o‘z ustida ishlab, faoliyatini yaxshilashdi. O‘z ustida ishlamagan va xato va kamchiliklar qilishda davom etganligi sababli, D.Abdullayeva va N.Karimovlar bilan 2024 yilning 01 fevralidan TAFU ning № 46K sonli buyrug‘iga ko‘ra shartnoma bekor qilingan. (*ilova taqdim qilingan).


  • Download 21,13 Kb.
  1   2   3




Download 21,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlar o‘quv mashg‘ulotlariga o‘zaro tashrif, kamchiliklar aniqlangan professor-o‘qituvchilarga berilgan maslahat va tavsiyalar hamda o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatilganligi

Download 21,13 Kb.