|
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan professor-o‘qituvchilarning darsga kechikib kelish holati bo‘yicha
|
bet | 2/3 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 21,13 Kb. | | #242459 |
Bog'liq HisobotTa’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan professor-o‘qituvchilarning darsga kechikib kelish holati bo‘yicha:
Ta'lim sifatini nazorat qilish boʻlimi tomonidan professor-oʻqituvchilarning darsga kechikib kelish holatilari 25 oktyabrda (A. Primbetov) aniqlangan. Bu professor-oʻqituvchidan tushuntirish xati olingan va tushintirish ishlari olib borilgan. Ta'lim sifatini nazorat qilish boʻlimiga ma'lumotnoma taqdim etilmagan. Professor-oʻqituvchilarni darsga kechikib kelish yoki kasal boʻlib qolgan hollarida ularni darslarini oʻtish uchun har kuni bir nafardan navbatchi oʻqituvchilar jadvali tasdiqlangan.
2023-yilning 07 noyabr kuni kafedraning navbatdan tashqari № NT-02-sonli majlisida ta'lim sifatini nazorat qilish boʻlimi tomonidan professor-oʻqituvchilarning darsga kechikib kelish holatilari 25 oktyabrda (A. Primbetov) aniqlanganligi masalasi ko‘rib chiqildi. Holatga aniqlik kiritilib, A.Primbetovdan mazkur holat yuzasidan tushuntirish xati olindi. (*ilova taqdim qilingan)
Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, usullar va uslublardan foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi.
Kafedrada zamonaviy ta’lim texnologiyalari, usullari va uslublaridan foydalanish darajasi o‘rganilganda, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan darslarda domino, BBB, bahs-munozara, blis so‘rov, bumerang, issiq kartoshka, intelekt karta, Venn diagrammasi, qiyosiy tahlil, SWOT tahlil, aqliy hujum, klaster kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va usullardan foydalanishi uchun materiallar mavjud ekanligi aniqlandi. Ushbu kafedrada ham zamonaviy pedagogik texnologiya va usullarni qo‘llashga e’tiborni kuchaytirish kerak.
TSNQB tomonidan oʻtkazilgan dars tahlilida past ball olgan professor-o‘qituvchilar faoliyatini alohida nazoratga olish maqsadida kafedrada olib boriladigan chora tadbirlan yo‘l xaritasi tuzib chiqildi. Xaritaga asosan 2024 yilning 18 aprel sanasiga qadar kafedrada umumiy hisobda 47 dars tahlillari o‘tkazilgan. Jumladan, sentyabr oyida 5 ta, oktyabr oyida 12 ta, noyabr oyida 15 ta, dekabr oyida 5 ta, yanvar oyida 3 ta, fevral oyida 5 ta, mart oyida 4 ta va aprel oyida 2 ta dars tahlillari o‘tkazilgan. Bundan tashqari kafedrada reja bo‘yicha 18 ta o‘zaro tashrif hamda 15 ta ochiq darslar rejalashtirilgan. Shundan 2024 yilning 18 aprel sanasiga qadar 12 ta o‘zaro tashrif hamda 10 ta ochiq darslar o‘tkazildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligi tahlil qilinganligi.
Kafedrada jami 23 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat olib borayotgan boʻlib, ulardan 18 tasi asosiy shtatda, 5 tasi tashqi oʻrindoshlik asosida ishlaydi. Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilardan nomutaxassislar yoʻq.
|
| |