• Loyihalashning vazifalari va boshlang’ich ma’lumotlar.
  • Moslamalarda aniqlik




    Download 117.52 Kb.
    bet1/3
    Sana05.03.2024
    Hajmi117.52 Kb.
    #167305
      1   2   3
    Bog'liq
    moslamalarda aniqlik
    3142103012, MAYDONIY TRANZISTOR, MIRAZIZ 01 KURS ISHI, 8-14-lab ishi, purchasing, 1698842304, KALIN KAFALILAR, Country, D. ismoilov

    MTMICHJA K 13-20 guruh talabasi Maruvjonov Muhriddin

    moslamalarda aniqlik

    Reja

    • Aniqlik
    • Loyihalashning vazifalari va boshlang’ich ma’lumotlar.
    • Yig’uv ishlari moslamalari, ularning konstruktsiyalari xususiyatlari.
    • Aniqlik — 1) mashinasozlikda- tayyorlanadigan buyumlar (detallar, uzellar, mashina asboblari)ning oldindan belgilangan parametrlarga, chizmada berilganiga, texnik shartlarga, standartlarga mos kelish darajasi. Har qanday texnologik jarayonda muayyan xatolik boʻladi, shuning uchun mutlaq Aniqlikga erishib boʻlmaydi. Aniqlikshakli, oʻlchami, oʻzaro joylashish aniqligi kabi xillarga boʻlinadi. Yoʻl qoʻyiladigan Aniqlik(dopusklar) tizimiga muvofiq detallarning oʻlchamlariga chegaraviy oʻlchamdan ogʻish (qoʻyim) bilan Aniqlikkiritiladi;
    • 2) avtomatik boshqarish tizimi (ABT)da — boshqarish jarayonining talab etil-ganga yaqinlashishi darajasini belgi-lovchi eng muhim koʻrsatkichlardan biri. Boshqarish jarayonining talab etilgandan ogʻishi boshqarish ob’ekti va ABT dinamik xossalaridan, ABTga kiradigan oʻlchash hamda ijro qurilmalarining xatoliklari, baʼzi elementlarning ichki shovqinlari va tashqi xalaqitlaridan kelib chiqadi; 3) oʻlchashda — oʻlchash natijalarining oʻlchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasi; 4) oʻlchash asboblarida- oʻlchash as-boblari koʻrsatgan qiymatning maxsus asbob yordamida oʻlchangan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasi.

    Loyihalashning vazifalari va boshlang’ich ma’lumotlar.

    •  Moslamalarni loyihalash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
    • 1. Mahsulot chizmasi, texnologik jarayonning mazmuni va strukturasi o’rganib chiqiladi; mahsulotni bazalash, mahkamlash va sozlash sxemalari ishlab chiqiladi, dastgohning tavsifnomalari o’rganib chiqiladi, kesuvchi asbob va sovituvchi suyuqlik turlari tanlanadi; mahsulotni o’rnatish uchun mexanizatsiyalashgan vositalar turi tanlanadi (og’irligi 20 kg.dan ortiq bo’lganida). Ishlab chiqarish turi, ishchini jihoz va moslamaga nisbatan holati, mahsulot soni va boshqalar hisobga olinadi. Ishlov beriluvchi detal chizmasi chuqur tahlil qilinib, loyihalanayotgan moslamada ishlov beriluvchi yuzalar, texnologik bazalar, qisuvchi elementlar, birikuvchi yuzalar aniqlanadi; yuzalar (o’qlar)ni o’zaro joylashuv koordinatalar o’lchami, shakli, aniqlikka qo’yilgan talablar va ishlov berish g’adir-budirligi o’rganiladi.
    • 3. O’xshash jarayon uchun qo’llanilayotgan moslamalarning mavjud konstruktsiyalari tahlil qilinadi; bazalash va mahkamlash sxemasiga aniqlik kiritiladi; kesish va qisish kuchlarining qiymatlari hisoblanadi; qisish kuchini tushish joyi (nuqtasi) tanlanadi; o’rnatuvchi elementlarning turi va o’lchamlari, soni va o’zaro joylashuvi aniqlanadi va tanlanadi.
    • Qisish qurilmasi va uning yuritmasini turi tanlanadi va o’rnatishga berilgan vaqtni hisobga olgan holda uni asosiy parametrlari aniqlanadi.
    • Kesuvchi asbobni yo’naltiruvchi va holatini nazorat qiluvchi elementlarning turi va o’lchamlari aniqlanadi.
    • Yordamchi elementlar va qurilmalarning konstruktsiyasi va o’lchamlari aniqlanadi.
    • Moslamaning umumiy ko’rinishini eskiz varianti ishlab chiqiladi.
    • Moslama konstruktsiyasini tanlangan variantining parametrlari aniqlab olinadi. Bunda detallarning o’lchamlari, ruxsat etilgan chetga chiqishlari, birikmalarni ruxsat etilgan chetga chiqishlari, yuzalar va o’qlarning fazoviy joylashuvi aniqlanadi. Kinematik, elektrli, pnevmatik va boshqa sxemalari tuzib chiqiladi.
    • Moslamaning sxemasi ishlab chiqilganidan so’ng, uni aniqlikka hisoblash uchun parametrlari tanlanadi va asoslanadi.
    • Tanlangan parametrlar asosida moslamaning aniqlikka hisobi bajariladi. Olingan qiymatlarni moslamaning o’lchamli zanjiriga kiruvchi o’lchamlariga bo’linadi va ajratib chiqiladi.
    • Moslamani kuch va mustahkamlik hisoblari bajariladi. Kuch hisobi sxema bilan to’ldirilishi lozim. Kuch hisobi sxemasida ishlov berish va qisish kuchlari, tayanchlar reaktsiyasi, ishqalanish kuchlari, momentlar, kuchni ta’sir yelkasi, kerakli qisish kuchini aniqlash uchun ma’lumotlar bo’lishi kerak. Kuch hisobini qisish qurilmasi va moslamaning yuritmasini hisoblash bilan yakunlanadi. Moslamani mustahkamlikka hisoblash uchun bir yoki ikkita eng ko’p yuklanishda ishlaydigan detallari olinadi. Hisoblash materiallar qarshiligi va mashina detallari kurslarining umum qabul qilingan metodikalari asosida bajariladi.
    • Moslama konstruktsiyasining umumiy ko’rinishini grafik ko’rinishda rasmiylashtiriladi (chizmalari ishlab chiqiladi).
    • Moslama konstruktsiyasining umumiy ko’rinishini ishchi chizmalari uzil-kesil rasmiylashtiriladi. Moslamaning umumiy ko’rinish chizmasida quyidagilar bo’lishi kerak: tanlangan parametrlari bo’yicha yig’ilgan holatdagi aniqligi ko’rsatilgan holda uni yig’ish va
    •  ishlatishga qo’yiladigan texnik shartlar; bo’yoq va boshqa qoplamalarning turi; nazorat ko’rigi va aniqlikka tekshirishni davriyligi; moslamaga ko’rsatiladigan texnik qarovni tartibi va qoidalari (tozalash, moylash, elementlarni almashtirish, saqlash); dastgohni o’rnatish va sozlashga qo’yiladigan talablar va boshqalar.
      1   2   3




    Download 117.52 Kb.