Shaxsiy himoya vositalari turlari Reja Shaxsiy himoya vositalari ikki guruhga bo‘linadi
Shaxsiy himoya vositalari turlari
Reja
1.Shaxsiy himoya vositalari ikki guruhga bo‘linadi
2. Nafas aʼzolarini himoya qilishini oddiy vositalari
3. Plastmassa quti qopqog‘i ichkarisiga dori vositalarining qo‘llanish sxemasi.
Xulosa
Foydalanilgan adaiyotlar
Shaxsiy himoya vositalari, oddiy himoya vositalarini tayyorlash. Terini himoya qilish vositalari, qo‘l ostida vositalaridan terini himoya qilish vositalarini tayyorlash.
Shaxsiy himoya vositalari ikki guruhga bo‘linadi:
Nafas aʼzolarini himoya qiluvchi vositalar.
Terini himoya viluvchi vositalar.
Bular nafas aʼzolarini, ko‘z va teri qavatlarini radioaktiv moddalar(RM), zaharli moddalar (ZM), bakteriologik vositalar (BV), va kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) taʼsiridan saqlaydi.
Ularning o‘zining himoya xususiyatiga ko‘ra filtrlovchi va ajratuvchilarga bo‘linadi. Filtrlovchi vositalarning himoyalash xususiyati havoni himoyalovchi materiallar orqali o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, unda havo RM, ZM, BV va KTZMdan tozalanadi. Ajratuvchi vositalarning himoyalash xususiyati odam organizmini tashqi muhitdan to‘liq ajratishga qaratilgan bo‘ladi. Foydalanilishiga ko‘ra hamma himoyalovchi vositalar quyidagilarga: umumharbiy, maxsus, fuqarolar uchun mo‘ljallangan va sanoatda qo‘llaniladigan vositalarga bo‘linadi.
Umumharbiy himoya vositalari bilan harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari taʼminlanadi.
Maxsus himoya vositalari bilan tankli, aviatsion, kimiyoviy qismlar, turli xil qo‘shinlarning bo‘linmalari, hamda tibbiy xizmat bo‘limlari yaradorlarga yordam ko‘rsatishda ishlatilash uchun taʼminlanadilar.
Fuqarolar uchun ishlab chiqilgan himoya vositalari fuqaro muhofazasi qismlarining harbiy xizmatchilari va butun aholini taʼminlash uchun mo‘ljallangan.
Sanoatda ishlatiladigan himoya vositalari maxsus korxonalarda, qishloq-xo‘jaligida va boshqa sohalarda kimyovyi moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi.
Nafas aʼzolarining himoyalovchi vositalari filtrlovchi va ayruvchi vositalardan iborat.
Filtrlovchi vositalarga quydagilar kiradi: protivogazlar G11-5, GP-5M, GP-7, GP-7V, DP-6, DP-6M, PDF-7, PDF-D, PDF-SH; respiratorlar R-2, R - 2D, RU-60M; камералар— KZD -4, KZD-7.
Ayiruvchi vositalarga IP- 4, IP - 6, IP-46, KIP-5, KIP- 7, KIP -8 kiradi. Sanoatda tayyorlangan vositalardan tashqari nafas aʼzolarini himoyalash uchun oddiy vositalardan foydalanish mumkin. Ularga paxta -doka bog‘lami va changga qarshi matoli maska PTM -I kiradi. Protivogazlar nafas aʼzolarini, yuz va ko‘zni RM, ZM, BV va KTZMdan saqlashga mo‘ljalangan.
GP-5 protivogaz yuz kismi, protivogaz qutichasi va sumkadan iborat. Sumkada maxsus sovun "Q&\am" bor. Yuz qismi shlem maska oynasi bilan, I nafas olish, 2ta nafas chiqarish klapanli qutichadan iborat.
Protivogaz komplektiga oynaning ichki tomoniga qo‘yiladigan, (terlatmaydigan plyonkali metall quticha kiradi. Protivogaz qutichasi metaldan ishlangan bo‘lib ichida ikkita tur shaklida kilindi bo‘ladi. Silindirning tashki tomonida tutunga karshi filtr urnatilgan. Silindrlar orasida maxsus kimyoviy moddalar bilan ishlov berilgan aktivlashtirilgan ko‘mir qatlami bor va kichik silindr ichki yuzasida changga karshi filtr o‘rnatilgan.
Tutunga qarshi filtr havoni aerozollardan tozalash uchun xizmat qiladi, aktivlashtirilgan ko‘mir adsorbsiya va kimyoviy neytrallash usuli bilan ZMning bulutlarini yutish uchun mo‘ljallangan. Tutunga qarshi filtr aktivlashtirilgan ko‘mir changining bir qismini tutib qolish uchun xizmat qiladi.
GP-5ning shlem-maskasn bot razmerda chiqariladi. Kerakli razmeri aniqlash uchun santimetr lentasi bilan bosh o‘lchanadi: aylanasiga engak orqali o‘tib, boshning tepa qismida yana engakka qaytiladi. Shu o‘lchov natijasida shlem - maskaning razmeri aniqlanadi:
o‘lchash natijasi (sm)
|
Shlem-maskaning kerakli razmeri
|
bZgacha
63,5-65,6
66-68
68,5-70,5
71 dan yukori
|
0
1
2
3
4
|
Protivogaz sumkada olib yuriladi, lekin sharoitga ko‘ra 3 holatda olib yurilishi mumkin "safar", "tayyorgarlik", "jangovor".
Ayiruvchi protivgazlar. Suv bosgan boshlana va binolarda, toza havo yetishmasligi aniqlangan joylarda qutqarish ishlari olib borilganda foydalaniladi. IP-46 (yoki IP-46M) ajratuvchi protivogazlar quyidagi asosiy qismlardan iborat:
-qat -qat buklanuvchi naychalari yuz qism;
-natriy peroksid to‘ldirilgan regenerativ patron;
-regenerativ patronnish u neonga o‘rnatilgan briket va kislotali ampuladan iborat ishga soluvchi moslama;
-nafas olish uchun rezina xalta;
-dyuralyuminiydan ishlangan korkas (g‘ilof);
-sumka.
Natriy peroksidi kimyoviy bog‘langan kislorodni ajratib, ajralib chiqarayotgan havodagi karbonat angidridni va suv bug‘larnni yutadi. Regenerativ patronning harakat vaqti undagi kislorod zahirasiga qarab belgalanadi: oshrish bajrilganda bir soatga, o‘rtacha -2 soatga, tinch holatda 4 - 5 soatga yetadi: suv ostida 30 minutdan ortiq qolishga ruxsat etilmaydi. Atmosferada bug‘uvchi gazlar (masalan, is gazi) bo‘lsa, gopkalipt patronidan foydalanish kerak. Unda is gazi karbonat angidridga aylanadi.
Respiratorlar. Respiratorlar nafas aʼzolarini radioaktiv va tuproq changlaridan va bakterial aerozollardan himoya qiladi, hozirgi vaqtda respiratorlardan R-2 va 1PB-1 "lepestok" keng qo‘llanilmoqda.
R -2 respiratori nafas olish, nafas chiqarish klapanlari, burun qisqichi va tasmalari bo‘lgan yarim maska yuzga keladi, engak va burun uning ichida qolishi kerak, tasmalar boshga tortiladi.
SHB-1 resshfatori "Lepestok"-sintetik filtrlovchi materialdan tayyorlangan bo‘lib, bir marta foydalanish uchun mo‘ljalangan, kiyish uchun respirator paketdan olinib, rezina shnurishgacha uch taxminan kerak bo‘lgan uzunlikda cho‘zib borlanadi, engakdan boshlab yuzga kiyiladi, alyuminiy plastinka qisiladi va tasmalar ensaga bog‘lanadi.
|