• Himoya gazlar muhitida payvandlashning mohiyati
  • Himoya gazlar muhitida payvandlashning afzalliklari quyidagilar
  • 1 ma’ruza himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash




    Download 447.36 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana02.02.2023
    Hajmi447.36 Kb.
    #40757
      1   2   3
    Bog'liq
    1- Mavzu
    self


    1 - MA’RUZA 
    Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash.Himoya gazlarda yoyli 
    payvandlashning fizikaviy asoslari tasnifi
    Reja: 
    1. 
    Himoya gazlar muhitida payvandlashning mohiyati 
    2. 
    Himoya gazlar 
    Himoya gazlar muhitida payvandlashning mohiyati 
     
    Himoya gazlar muhitida payvandlash - bu yoyli payvandlash bo‘lib, bunda yoy 
    va erigan metall, ayrim hollarda esa soviyotgan chok, payvandlash zonasiga maxsus 
    qurilma bilan yetkazib berilayotgan himoya gazlar ta’sirida bo‘Iadi, ya’ni havo 
    ta’siridan himoyalanadi. Himoya gazlar muhitida payvandlash g‘oyasini XIX asr 
    oxirida N.N.Benardos taklif etdi. XX asrning 20-yillarida AQShda muhandis 
    Aleksander va fizik Lengmyurlar gaz aralashmalarida o‘zakli elektrod bilan pay- 
    vandlashni amalga oshirdilar. 1925-yilda Lengmyur erimaydi- gan volfram elektrod 
    bilan himoya muhiti sifatida vodorodni, ya’ni atom-vodorodli payvandlash usuli 
    sifatida yoyli payvan- dlashning bilvosita ta’siri orqali payvandlashni ishlab chiqdi. 
    XX asrning 40-yil!arida Aviatsion texnika iimiy-tadqiqot insti- tutida inert gaz 
    muhitida volfram elektrod bilan payvandlash ishlab chiqildi. 1949-yilda elektr 
    payvandlash institutida ko'mir elektrodi bilan karbcnat angidrid gazi muhitida 
    payvandlash ishlab chiqildi. 
    Himoya gazlar muhitida yoy bilan payvandlashda ish unumi yuqori bo'ladi, bu 
    ishni oson avtomatlashtirish mumkin va metallarni elektrod qoplamalari hamda 
    flyuslar ishlatmasdan payvandlashga imkon beradi. 
    Payvandlashning bu usuli po'lat, rangli metallar va ularning qotishmalaridan 
    konstruksiyalar yasashda keng qo'llanila boshladi. 


    Himoya gazlar muhitida payvandlashning afzalliklari quyidagilar: 
    flyus yoki qoplamalar ishlatishga hojat yo‘q, binobarin, choklarni shlakdan 
    tozalashga ham; 
    yuqori ish unumi va manba issiqligining yuqori darajada konsentratsiyalanishi, 
    strukturaviy o‘zgarishlar zonasini ancha qisqartirishga imkon beradi; 
    chok metali havodagi kislorod va azot bilan kam ta’sirlashadi; 
    payvandlash jarayonini kuzatib turish qulay; 
    jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalash imkoni bor. 
    Himoya gazlar muhitida yoy bilan payvandlash usullarining tasnifi 4.1-rasmda 
    ko‘rsatilgan. 

    Download 447.36 Kb.
      1   2   3




    Download 447.36 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 ma’ruza himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash

    Download 447.36 Kb.
    Pdf ko'rish