|
1–laboratoriya ishi. Alyuminiy qotishmalaridan quyma tayyorlash jarayonini texnologiyalarini ishlab chiqish
|
bet | 1/10 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #104861 |
Bog'liq Metallurgiyada quyish texnologiyasi laboratoriya
1–laboratoriya ishi.
Alyuminiy qotishmalaridan quyma tayyorlash jarayonini texnologiyalarini ishlab chiqish
Ishdan maqsad: Alyuminiy qotishmalaridan quyma tayyorlash jarayonini texnologiyalarini ishlab chiqish va qum – gilli qolip materiallari bilan tanishish.
Quymakorlik qolipining vazifasi, bu quymaning koʻrsatilgan shaklini, oʻlchovlarini, belgilangan aniqligini, sifatli yuzasini, belgilangan qolipga qoʻyilgan metallni sovitish tezligini, lozim boʻlgan tuzilishining shakllantirish va sifatli quyma olish. Qum – gilli qolipni tayyorlab olish sxemasi 1 – rasmda keltirilgan.
Alyuminiy qotishmalaridan tayyorlash jarayonini texnologiyalarini ishlab chiqish quyidagilar kiradi:
1. Quyma detalning texnologiyasini ishlash, detal qotishmasi turi va konstruksiyasining belgilanishi.
2. Quyma tayyorlashning eng aniq usulini tanlash.
3. Qolip va oʻzak tayyorlash uchun texnologik jihoz tanlash.
4. Quymakorlik qolip va quymaning chizmasini tayyorlash.
5. Moslamani loyihalash va tayyorlash.
6. Qoliplash materiallari, qoliplash va oʻzak aralashmalarini tayyorlash uchun jihoz tanlash.
7. Tatbiq etilayotgan qolipni yigʻish va unga metall quyish jarayonining texnologik hujjatlarini tayyorlash.
8. Alyuminiy qotishmaning suyuqlantirish texnologiyasini ishlab chiqish.
9. Alyuminiy eritmasining sifatini baholash, suyuqlantirish agregatini, komponentlarini tayyorlash texnologiyasini va shixtaning hisoblash uslublarini tayyorlash.
10. Alyuminiy qotishmasini suyuqlantirish texnologiyasini, qotishmaga suyuq holatda ishlov berish jarayonini ishlab chiqish.
11. Alyuminiy quyma qolipga metall quyish texnologiyasini, finish jarayonida quymaning sovishini (qolipdan quymani ajratish, oʻzakni chiqarish, tozalash, quymalarga termik ishlov berish, sifatini tekshirish, nuqsonlarni bartaraf qilish, himoya qoplamalarini tozalash, qabul qilish va hujjatlarini rasmiylashtirish) ishlab chiqish.
Alyuminiy quymani tayyorlab olishda moslama (model) koʻpincha ikki qismdan iborat, yarim qoliplar tayyorlab olinadi. Moslama kesilgan yuzasi bilan massiv plitaga qotiriladi. Plitaga quyiladigan opokalar quyma yoki payvandlash usulida tayyorlab olingan. Opoka ichiga qolip aralashmasi solinadi va turli usullarda zichlashtiriladi 2 – rasm.
Alyuminiy quymani qolipda belgilangan darajaga sovigan va qotgandan soʻng ajratish reshetkasida qolipni buzib quymani ajratib olinadi. Undan keyin quyma aralashmalardan tozalanadi va kerak boʻlsa termik ishlov berishga yuboriladi. Mexanik boʻlimiga topshirilishidan oldin quymalar nazoratdan oʻtkazilib yaroqsiz nuqson quymalar suyuqlantirish boʻlimiga qayta joʻnatiladi.
|
| |