|
1–laboratoriya ishi. Alyuminiy qotishmalaridan quyma tayyorlash jarayonini texnologiyalarini ishlab chiqish
|
bet | 3/10 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #104861 |
Bog'liq Metallurgiyada quyish texnologiyasi laboratoriyaShixtani tuzish.
Dastlabki mahsulotlarni bir – biriga nisbatan miqdoriga qarab shixtalarni toʻrt variantga ega:
Faqat texnikaviy toza (sortovoy) metallardan iborat.
Texnikaviy toza metallar, ikkilamchi qotishma va ligaturlardan iborat.
Texnikaviy toza metallar, ligaturlar, ikkilamchi qotishma va chiqindilar.
Faqat qaytgan materiallardan va lomdan iborat.
Shixta komponentlarining nisbati suyuq metal sifatiga qoʻyilgan talablarga qarab keng doirada oʻzgaradi.
Shixtani hisoblash.
Shixtani tashkil etuvchilarini miqdoriy ulushini hisoblash eritilayotgan qotishmani kimyoviy tarkibiga bogʻliq.
Shixta komponentlarining kimyoviy tarkibini aniq olish murakkab. Shuning uchun ularga dopusk qoʻyib, oʻrtachaqiymati aniqlanadi va ta'minlanadi. Har bir komponent uchun oʻrtacha kimyoviy tarkib boʻyicha hisob qilinadi. Lekin hisobni shunday olib borish kerakki, qotishmaning mexanik va quyma hossalari yuqori boʻlishi lozim.
Quyish davrida ba'zi komponentlarni qaytmasdan yoʻqolishi kuzatiladi. Bu hodisaga quyish – ugar deyiladi. Ular shu komponentni oksidlanishi, bugʻlanishi, xamda futerovka (qoplama) va shlak bilan oʻzaro ta'siri natijasida vujudga keladi.
Shuni qayd qilish kerakki, ba'zi elementlar quymani pech futerovkasi bilan, yoqilgʻi bilan, shlak bilan oʻzaro ta'siri natijasida koʻpayishi xam mumkin.
Shixtani hisoblash usullari asosan uchta:
Grafik usuli.
Analitik usuli.
Tanlash usuli.
Tanlash usuli sodda, qulay va hisoblash uchun koʻp talab qilmaydi.
Tanlash usuli.
SCh21–40 markali choʻyanni eritib qoʻyish uchun shixtani optimal tarkibini hisoblab aniqlash talab etiladi. Eritilayotgan choʻyanning kimyoviy tarkibi quyidagicha: S=(3–3,6)%; Si=(1,6–2,0)%; Mn=(0,5–0,8)%. Shixtani quyidagi materiallardan tayyorlash lozim. Ularning kimyoviy tarkibi va tannarxi quyda berilgan.
|
| |