• Qum – gilli qolipda quyib olingan alyuminiy qotishmasi
  • 3–laboratoriya ishi Quyma olishda shixtani hisoblash.
  • – rasm. Alyuminiy quyma olishning texnologik chizmasi




    Download 0,71 Mb.
    bet2/10
    Sana24.11.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #104861
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Metallurgiyada quyish texnologiyasi laboratoriya

    1 – rasm. Alyuminiy quyma olishning texnologik chizmasi


    Ishni bajarishda ishlatiladigan jihozlar va materiallar

    Opokalar, modellar, model plitasiga qotiriladi oʻzak (sterjen), oʻzak yashiklari, qolip aralashmalari, qum, gil, shibbalash jihozi, gaz oʻtkazuvchanligini oshirish uchun bigiz yordamida kanallr ochiladi, qoʻshimcha ustama (pribil) oʻrnatiladi. Qum – gilli qolipda quyib olingan alyuminiy qotishmasini 2 – rasmda koʻrish mumkin.




    Qum – gilli qolipda quyib olingan alyuminiy qotishmasi
    Opokalarda tayyorlangan alyuminiy quyma detalning shakli olingandan keyin qolipdan moslamalar chiqarib yuboriladi. Qoliplarni yigʻishdan oldin uni pastki qismiga boʻshliq shaklini chiqarib beradigan oʻzak (sterjen) oʻrnatiladi (3 – rasm). Yarim qoliplar yigʻilgandan soʻng ichida alyuminiy qotishmasidan olingan yulduzcha shaldagi quymani shakli olinadi. Undan tashqari qolip ichida suyuq metallni keltiradigan quyish tizimi qismlari va qolipdan gaz havo chiqariladigan kanallar, quymani qaytib chiqish kanallarini oʻrni ochiladi. Oʻzaklar maxsus oʻzak qutilarida tayyorlanadi. Oʻzak (sterjen) aralashmalari qolip aralashmasidan puxtaroq boʻladi va unga toza qumlar koʻproq qoʻshiladi. Koʻpincha qolipda qoʻshimcha ustama (pribil) oʻrnatiladi.
    Ustamada suyuq metall oxirida qotib kirishishini, quymani ichki qismida gaz gʻovaklarini paydo boʻlishidan saqlaydi. Ustamalar quymada chiqib turadigan kattaroq qismlarni tashkil qiladi. Tayyor alyuminiy quyma sovutilib qolipdan ustama koʻpincha payvandlash usulida kesib tashlanadi va qayta suyuqlantirishga ishlatiladi.


    3–laboratoriya ishi
    Quyma olishda shixtani hisoblash.

    Sanoat korxonalarida qotishmalar koʻpincha quyma holatda ishlatiladi. Ularni tayyorlash uchun suyuqlantirish usuli yani tashkil etuvchilarni eritish va aralashtirish qoʻllaniladi:


    Qotishmalar birlamchi, ikkilamchi va oraliq turlariga boʻlinadi. Birlamchilari texnikaviy toza metallardan tayyorlanadi. Ikkilamchilari ishlab chiqarish qoldiqlari qirindi, shlaklar va boshqalardan tayyorlanadi. Oraliq yoki “ligaturalar” u yoki bu metallni eritishda yordamchi sifatida ishlatiladi.
    Albatta, birlamchi qotishma sifati yuqori, chunki, chiqindilar (“primes”) kam. Lekin arzon. Qotishmani tayyorlash uchun zarur dastlabki materiallar yigʻindisiga shixta deyiladi.
    Shixta tarkibiga quyidagilar kiradi: yangi ishlatilmagan materiallar (metallurgiya zavodlaridan keltirilgan); ikkilamchi metallar va qotishmalar (sanoat lomi va sanoatni qayta ishlash chiqindilari); mahsus ferrootishmalar va ligaturalar (metallurgiya zavodida tayyorlangan); ishlab chiqarish qoldiqlari (quyma ishlab chiqarish chiqindilari va mexanika sexi chiqindilari);


    Flyuslar.
    Flyus sifatida tabiiy minerallar va zavodlarda tayyorlangan maxsus mollar ishlatiladi. Choʻyan va poʻlat eritishda oʻxak, dolomit, eruvchan shpat, kvars qumi va boshqalar ishlatiladi.
    Flyuslar eritishdan oldin kimyoviy analiz qilinishi zarur.
    Flyuslarning kimyoviy tarkibini spravochniklardan olish mumkin.
    Rangli metallarni eritishda oʻzlarini maxsus flyuslari qoʻllaniladi.



    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – rasm. Alyuminiy quyma olishning texnologik chizmasi

    Download 0,71 Mb.