|
IST006 suyuqlantirish qurilmasining tuzilishi
|
bet | 7/10 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #104861 |
Bog'liq Metallurgiyada quyish texnologiyasi laboratoriyaIST006 suyuqlantirish qurilmasining tuzilishi.
ИСТ tipidagi suyuqlantirish qurilmasi Rossiya sanoatida keng yoʻlga qoʻyilgan .Raqam induksiyalari: I–induksion, S–poʻlat suyuqlantiruvchi, T–tigelni bildiradi.Xarflardan soʻngi raqamlar tigel xajmini (tonnada) bildiradi.
ИСТ turkumidagi pechlar 160kg, 400kg, 1,2 va 3t xajmdagi pechlar muntazam ishlab chiqariladi. Pech karkasi poʻlat ugolnik (1) dan asbotsiment plita (2) dan tayyorlanadi.Karkas metalining qizib ketishini oldini olish uchun, kamaytirish uchun, ichki magnit maydoni ta'sirida magnitlanmaydigan poʻlat ishlatiladi.Karkasning konstruksiya choklari yopiq elektr konturi hosil qilmaydigan qilib bajariladi.Shu sababli choklarda elektr oʻtkazmaydigan vtulka va prokladkalar qoʻllaniladi. Pech induktori (3) 22 mm boʻlgan mis trubkadan tayyorlangan, devori 2mm qalinlikda boʻlib 13 choʻlgʻamdan iborat.
Choʻlgʻam unga kavsharlangan latun shpilka yordamida toʻrtta tekis–tolit stoyka (4) ga maxkamlanadi. Shu sababli choʻlgʻamlar orasida teng xavo toʻsigʻi havo toʻsigʻi hosil qilinadi.3mm oraliqda va futerovkadan qolgan namlik yoʻqoladi.Shundan soʻng shablonga shixta solinib quvvat oshiriladi.
Futerovka va boshqalar katta kuchlanish sharoitida ishlaydilar.Ular suyuqlantirishda xaroratning oʻzgarishi va sovuq xolatda sexda turganida shixta yuklangandagi zarbalar, metal va shlakning kimyoviy ta'siri,ferrostatik bosim, metalning yuvuvchi bosimi pechning elektrostatik bosimi bilan qorishib ketadi.
Xaroratning oʻzgarishi devor qalinligida 14000s – 15000s boʻlib suyuqlantirilgan metal bilan va suv bilan sovitish induktor qatlamida 1000 s ga yetadi. Votirovka qalinligi eng kam boʻlishi lozim, pechning reaktiv quvvatini kamaytirish uchun. IST 006 pechi uchun futirovka qalinligi 50 mm. Futerovkaning zoʻriqishida ishlashi texnologik jarayonni qat'iy bajarilishi:shibbalash va (pishirish) quritishni talab etadi. Futerovkani toʻgʻri bajarilishi uch qatlamdan iborat boʻladi. (1–5 rasm) a– pishgan qatlam zichligi (qora rangda), P– yarim pishgan qatlam, sargʻish , Sh toʻkiluvchi bufer qatlam. Agarda suyuqlantirish vaqtida qattiq pishgan qatlamda yoriq hosil boʻlsa va P– yarim pishgan qatlamda metal oqimi toʻkiluvchi bufer zonaga borib qotadi. Bu suyuqlantirishni oxiriga yetkazishga va avriyaga yoʻl qoʻymaslikka sabab boʻladi. Birinchi va soʻngi choʻlgʻam kontakti qatlamidan chiqarilib (5) unga shlang suvni quyiladi (6) va egiluvchan suv bilan sovitiladigan kabel generator qurilmasidan to yetkazuvchi (7) pastdan, ikkinchi, uchinchi choʻlgʻam induktorining ulanmagan ular eritishnig elektr rejimini boshqarishni osonlashtiradi.
Metallni quyish uchun pech oʻz oʻqi atrofida 900ga aylanadi.Quyish yoʻlagi (8) aylanish telfer yordamida bajariladi.Bunda ilmoq skobaga ilinib (9) u karkasning orqa qismi ostida joylashgan.Pech tigeli tayyorlash uchun futerovka massasi qoʻllaniladi. Nordon futirovka quruq kvars aralashmasidan toʻldiriladi.(8 xajmlik qismi) marshalit(1 xajmli qismi) va 1–2 % kukunsimon bor kislota bogʻlovchi sifatida qoʻllaniladi. Tigelni pechga joylashtirishdan oldin pech tagiga azbest krugi joylashtiriladi (11). Induktor ichiga azbest listli slindr oʻrnatiladi.(12). Pech tagiga qoliplovchi aralashma solinib qatlam–qatlam qilib shibbalanadi to induktorning ikkinchi choʻlgʻamigacha xosil boʻlgan ost (13) ga shablon oʻrnatiladi. (14) poʻlat listlardan payvandlangan. Shablon devorlari orasidagi boʻshlik va azbest silindr qavatma– qavat futerovochnie massa bilan shibbalanadi.
Pechning yuqori qismi (vortnik ) shamot gʻishti va otashbardosh loydan quriladi. Quyish kanali (nasos) shamotdan boʻladi, Bumateriallar ishlab chiqarilgan zavod tomonidan ta'minlanadi. Va pech futerovkasi vorotnigi yasaladi.
Tigelning pechga oʻrnatib kichik quvvatga ulanadi shunda shablon transformatorining yopiq oʻrami qizarguncha qizdiriladi. Shu yoʻl bilan futerovka quriydi va futerovka pishadi. Quritish jarayoni 3–4 soat.
|
| |