|
Suyuq, metallni kuyib olish (pechdan chiqarish)
|
bet | 10/10 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #104861 |
Bog'liq Metallurgiyada quyish texnologiyasi laboratoriyaSuyuq, metallni kuyib olish (pechdan chiqarish).
Suyuq, metallni pechdan 700–800°C darajagacha qizdirilgan, 50–60 kg li kovshlarga quyib olinadi.Suyuq, metallni olishdan oldin uning ustki qatlamidagi toshqol olib tashlanadi. Agarda toshqol quyuq boʻlsa uning ustiga maydalangan shixta qoʻshiladi. Poʻlat qum–gilli tuproqda qoliplarga yoki izlojnitsalarga qoʻyiladi.
Ishni bajarish tartibi:
1. Induksion pech konstruksiyasi va poʻlat suyuqlantirib olish uchun kerakli materiallar bilan tanishish.
2. Koʻrsatilgan kimyoviy tarkibdagi poʻlat olish uchun shixta materiallarini hisoblash.
3. Shixta materiallarini oʻlchash va pechga yuklash.
4. Metallni suyuqlantirish, temperaturasini oʻlchash va tekshirish uchun namunalar olish.
5. Qoliplarni namuna olish uchun tayyorlash.
6. Suyuq metallni kovshga chiqarish va namunalar olish uchun, qolipga quyish.
Hisobot.
1.Induksion pechining tuzilishi va ishlash prinsipi, uning eskizi.
2.Poʻlatni suyuqlantirish texnologiyasi.
3.Poʻlatni suyuqlantirishda berilgan shixta materiallarini kimyoviy tarkibini hisoblash.
Nazorat savollari
1. Shixta materiallarida P va S miqdori qancha, boʻlishi kerak?
2. Metallni suyuqlantirish, temperaturasini oʻlchash va tekshirish uchun namunalar qanday olinadi?
3. Oksidlantiruvchi sifatida: qanday moddalar ishlatilinadi?
|
| |