• 5. Bosim kuchi.
  • Lecture Mavzu: Metallarni elektr yoy yordamida payvandlash va undagi bosim kuchi Reja




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana13.11.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #97759
      1   2
    Bog'liq
    Lecture 4
    Payvandlash robotlarining infraqizil nurlarigf ega sensorlarni o\'rganish


    Lecture 4. 
    Mavzu: Metallarni elektr yoy yordamida payvandlash va undagi 
    bosim kuchi 
    Reja: 
    1. Payvandlash yoyi haqida tushuncha
    2. Yоyning issiqlik harakteristikasi
    3. Payvandlash rejimini belgilash
    4. Payvandlashda ro’y beradigan metallurgik jarayоnning hususiyаtlari
    5. Bosim kuchi. 
    Elektrod bilan payvandlanadigan metall oralig’idagi ionlashgan gaz va bug’ 
    muxitidan o’tib turuvchi kuchli elektr razryadiga payvandlash yoyi deyiladi.
    Yoyning tashqi ko’rinishi uning yonish sharoiti bilan belgilanadi.
    Agar elektr payvandlash yoyining sxemasiga nazar tashlasak, (1-rasm), yoy metall 
    elektrod 1 bilan payvandlanayotgan metall 2 orasida yonib metall vannasi 3 ni hosil 
    qilishini ko’ramiz. Yoy ustunida temperatura 60000 ga, anod va katod uyalarida 
    esa 2000-30000 ga yetadi. Yoy hosil qilish 
    uchun elektrod uchini asosiy metallga bir on 
    qisqa tutashtirib 3-4 mm uzoqlashtirish kifoya. 
    Bu prosessni tushunib olish uchun yoy hosil 
    qilish ketma-ketligini kuzatamiz. (2-rasm).
    Ma’lumki,
    elektrodni metallga
    tekkizishda uning tegib turgan nuqtalaridagi 
    zichligi nihoyatda katta (20-100 a/mm2) 
    1-rasm.Payvandlash yoyining bo’lgan tok
    ayrim-ayrim kontakt nuqtalaridan sxemasi:
    1-elektrod; 2-payvandlanadigan o’tib,
    ularni shu ondayoq suyuqlantirib metall; 3-vanna


    yuboradi. (2-rasm: a). Natijada elektrod bilan metall orasida suyuq metallning 
    yupqa pardasi hosil bo’ladi. (2-rasm: б).
    2-rasm. Metall elektrod bilan payvandlanuvchi metall orasida elektr yoyini yondirish sxemasi: 
    a-elektrodning qisqa tutashuvi; б-yupqa suyuq metall pardasining hosil bo’lishi; в-bo’yin hosil 
    bo’lishi; г-elektr yoyning hosil bo’lishi 
    Keyingi daqiqada, ya’ni payvandchi elektrodni yanada uzoqlashtirishida suyuq 
    metallda bo’yin hosil bo’ladi. (2-rasm: в). Bo’yinda tok zichligi, binobarin, metall 
    temperaturasi yanada ortadi, bu esa suyuq, metallning bug’lanishiga olib keladi va 
    natijada bo’yin uziladi va oraliq gazlar bug’larga to’ladi.
    Elektrod (katod)ning qizigan yuzasidan elektronlar (elektrik maydon ta’sirida) 
    katta tezlikda uchib chiqib, asosiy metall (anod) tomon harakatida oraliqdagi gaz 
    molekulalari (metall bug’i atomlari) bilan urilib, ularni ionlashtiradi. Natijada, yoy 
    oralig’idagi muhit elektr o’tkazgich muhit bo’lib qoladi va u orqali elektr toki 
    o’taveradi (razryad mavjud bo’ladi).
    Ma’lumki, gaz va bug’lar odatdagi fizikaviy sharoitlarda elektrik neytral muhit 
    hisoblanadi. Gazda elektr zaryadlari bo’lgan zarrachalar mavjud bo’lgani 
    taqdirdagina undan elektr toki o’ta boshlaydi. Gazda elektronlar, musbat ionlar, 
    manfiy ionlar bo’lganda bunday gaz ionlashgan gaz deb ataladi. Moddaning elektr 
    toki bilan zaryadlangan zarrachalari ionlashgan gaz muhitida elektr energiyasini 
    tashiydi.
    Elektrod bilan asosiy metall orasida harakatdagi elektronlar gazni ionlashtirishi 3-
    rasmdagi sxemada ko’rsatilgan.


    Faraz qilaylik, katod yuzasidan erkin elektronlar uchib chiqa boshlagan bo’lsin. Bu 
    hodisa elektronlar emissiyasi deb ataladi. Elektr maydoni ta’sirida katod zonasida 
    elektronlar harakati keskin sur’atda tezlashadi. Katta harakat energiyasiga ega 
    bo’lgan elektronlar gazning neytral atomlariga kelib urilganda nisbatan og’ir va 
    shuning uchun ham unchalik harakatchan bo’lmagan atom qobig’idan bir yoki bir 
    necha elektronni urib chiqaradi. Ana shu elektronlar musbat zaryadlangan 
    anodning elektr maydoni ta’sirida nisbatan sekinroq tezlikda anodga tomon 
    harakatlanadi.
    3- rasm. Gazning hajmiy ionlashish jarayoni sxemasi: 
    1-katod; 2-katod dog’i; 3-yoy ustuni; 4-anod dog’i; 5-anod; Э1, Э2-katta tezlikda 
    xarakatlanuvchi elektronlar; A1, A2- neytral atomlar; Э2-kichik tezlikda harakatlanuchi 
    elektronlar; -И- manfiy va +Иmusbat ionlar
    Manfiy ionlarni hosil qila olish mumkin bo’lmagani uchun ionlashgan gazlarda 
    manfiy ionlar musbat ionlarga qaraganda kamroq bo’ladi. Zaryadlangan 
    zarrachalarning gaz va bug’lar muhitida bo’ladigan yuqorida bayon etib o’tilgan 
    prosessi hajmiy ionlashish deb ataladi. 

    Download 0.53 Mb.
      1   2




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lecture Mavzu: Metallarni elektr yoy yordamida payvandlash va undagi bosim kuchi Reja

    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish