Microsoft Word pr umk 160920




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
Sana13.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#97760
Bog'liq
Payvandlash robotlarining infraqizil nurlarigf ega sensorlarni o\'rganish
Lecture 4


72 
6-Amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Payvandlash robotlarining infraqizil nurli sensorlarini o‘rganish 
I. 
Ishni bajarishdan maqsad: 
Infraqizil nurli sensorlar haqida talabalarda umumiy bilimlarni shakllantirish, optika 
hodisalaridan payvandlab ishlab chiqarishda yuqori sezuvchanligi natijasida ish 
samaradorligiga erishishning nazariy va amaliy bilim ko’nikmalarini shakllantirish. 
II. 
Nazariy qism: 
Infraqizil nurlanish — toʻlqin uzunliklari 0,74 mkm dan 1 – 2 mm gacha boʻlgan 
koʻzga koʻrinmas elektromagnit nurlanish. Ingliz olimi V. Gershel aniqlagan (1800). 
Infraqizil nurlanish spektri shartli ravishda yaqin (toʻlqin uz. X=0,74—2,5 mkm), oʻrta 
(2,5 — 50 mkm) va uzok. (50 — 2000 mkm) sohalarga boʻlinadi. Moddalarning optik 
xususiyatlari (shaffofligi, nur qaytarish va sindirish koeffitsiyenti) ultrabinafsha va 
koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasi (0,4—0,74 mkm) dan Infraqizil nurlanish 
spektri sohasiga oʻtishda keskin oʻzgaradi. Koʻpgina moddalar koʻzga koʻrinadigan 
nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlsa, Infraqizil nurlanish spektri sohasining ayrim 
qismlarida shaffof boʻlmasligi (yoki aksincha) mumkin. Mas, bir necha sm kalinlikdagi 
tiniq suv qatlami toʻlqin uz. X >1 mkm boʻlgan Infraqizil nurlanish uchun shaffof 
boʻlmaydi; koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida shaffof boʻlmagan germaniy va 
kremniy plastinkalari Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof boʻladi (germaniy 
uchun "1,8 mkm, kremniy uchun "1,0 mkm); qora qogʻoz Infraqizil nurlanish spektrining 
uzok, sohasida shaffof boʻladi. Koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof 
boʻlmagan, lekin Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlgan moddalar Infraqizil 
nurlanish ni ajratishda yorugʻlik filtrlari sifatida ishla-tiladi.
Koʻpgina metallar koʻzga koʻrinadigan nurlanish sohasiga qaraganda Infraqizil 
nurlanish sohasini yaxshiroq qaytaradi, yaʼni ularning qaytarish xususiyati birmuncha 
yuqori. Mac, A1, Ai, Ag, Si kabi elementlar toʻlqin uz. A.= 10 mkm boʻlgan Infraqizil 
nurlanish ning 98% ini qaytaradi. Infraqizil nurlanish yer atmosferasidan oʻtayotganida 
yutilishi va sochilishi tufayli uning intensivligi kamayadi. 
Infraqizil nurlanish spektri ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri 
kabi chiziqli, yoʻl-yoʻl va uzluksiz boʻladi. Gʻalayonlangan atomlar (yoki ionlar) bir 
holatdan ikkinchi holatga oʻtishidagina Infraqizil nurlanish spektri chizikli boʻladi. Mac, 
simob atomlarining nurlanishi Infraqizil nurlanish chegarasiga yaqin (X= 1,01 —2,32 
mkm) bir necha chizikli spektrdan ibo-rat. Gʻalayonlangan molekulalar yoʻl-yoʻl 
infraqizil spektrda nurlanadi, bu spektr molekulalarning tebranma va aylanma harakatiga 
bogʻliq (qarang 
Moleku-lyar spektrlar
). Qizdirilgan qattiq jismlar yoki suyukliklarning 
Infraqizil nurlanish spektri uzluksiz boʻladi. Lekin uning intensivligi jism (suyuklik) 
temperaturasiga bogʻliq. Past temperatura (< 500°) dagi jism nurlanishining Infraqizil 
nurlanish intensivligi deyarli katta emas, shuning uchun unday jism Infraqizil nurlanish 
manbai boʻla olmaydi. Eng koʻp ishlatiladigan Infraqizil nurlanish manbai volfram tolali 
(quvvati 250—1000 Vt) lampalar hisoblanadi. 
Infraqizil nurlanish dan i. t. ishlarida, harbiy maqsadlarda, tibbiyot va koʻpgina amaliy 
masalalarni hal qilishda foydalaniladi (qarang 
Infraqizil fotografiya

Infraqizil qizdirish
). 


73 
Infraqizil nurlanish bilan qorongʻida obʼyektlarni suratga olish, oʻchib ketgan xatni 
tiklash (oʻqish), signallarni uzatish va q. k. ishlar bajariladi. Infraqizil nurlanishni qayd 
qilish uchun qabul qiluvchi issiklik va foto-elektr asboblari, shuningdek, maxsus 
fotomateriallardan foydalaniladi. Infraqizil nurlanish choʻgʻlanish lampalari, gaz-
razryadli lampalar nurlanishining ancha qismini, Quyosh nurlarining 50% ga yaqinini 
tashkil qiladi; baʼzi lazerlar oʻzidan Infraqizil nurlanish chiqaradi. 
Infraqizil qizdirish - materiallarni elektromagnit nurlar (toʻlqin uz. 1,3 — 4 mk/m 
li infraqizil nurlar) yordamida qizdirish. Materiallarning bu nurlardan maʼlum qismini 
yutish xossasiga asoslangan. Infraqizil qizdirish
da energiya manbai sifatida infraqizil nur 
ajratadigan trubali elektr qizdirgichlar, koʻzguli quritish lampalari, volfram spiralli elektr 
qizdirgichlar ishlatiladi.
Manbalarning qizish darajasiga qarab, ular past (700° gacha), 
oʻrta (700—1500°) va yuqori (1500° dan ortiq) trali xillarga boʻlinadi. I. q. qurilmalari 
kamera, tunnel yoki qalpoq tarzida tayyorlanadi; ularning shakli va ulchamlari 
qizdiriladigan buyumga moslab tanlanadi. I. q. lok-boʻyoq materiallarni, sabzavot
mevalarni quritishda, kauchukni vulkanizatsiya qilishda, termoplastik materiallarga shakl 
berish oldidan ularni qizdirish va b. maqsadlarda qoʻllanadi. 
III. Kerakli asbob va uskunalar: 
Infraqizil nurli sensori, resistor, voltmeter, ampermetr. 
IV. Amaliy qism: 
Infraqizil nurli sensorlar aktiv va passiv turlarga bo’linadi va ular termal infraqizil 
nurli va quantum infraqizil nurli sensorlarga bo’linadi.
Optikal komponentlar, optikal linzalar kvartslardan, CaF
2
, Ge va Si, Polietilen 
Fresnel linzalari va Al yoki Au oynalaridan foydalanib infraqizil radiatsiyani bir joyga 
to’plash jarayonida ishlaydi. Spektral cheklov javobi uchun lenta o’tkazish filterlari 
ishlatiladi. 


74 
6.1-rasm. TCRT 5000 rusumli infraqizil nurli sensor 
6.2-rasm. infraqizil nurli sensorlarning ishlash prinspi. 


75 
6.3-rasm. Infraqizil nurli qarshilikni oldini oluvchi sensor Arduino ona platasiga 
ulanish holati 
6.4-rasm. Infraqizil nurli sensorning manba’aga ulanish sxemasi 

Download 0.75 Mb.




Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish