O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIKA KAFEDRASI
1-son Davolash fakulteti 1- kurs D23-105-B- guruh talabasi
Sadullayev Ilyosbek Muzaffar o`g`li “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan
«Kompyuter grafikasi va uning turlari» mavzusidagi bajargan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: Normamatov Sardor Faxriddinovich
\
Toshkent – 2023
MUNDARIJA
KIRISH 3
ASOSIY QISM 4
Kompyuter grafikasi tushunchasi 4
Kompyuter grafikasining roli, qo`llanilish sohalari 7
Tasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish, saqlash va sifat tushunchasi 9
Grafikaning zamonaviy qurilma vositalari 11
Tasvir turlari 13
Tasvirlarni saqlashni tashkil etish 16
XULOSA 22
QISQARTMA SO`ZLAR 23
TEST SAVOLLARI 25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 29
KIRISH
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirgi keng qamrovli sohalarni o`zida birlashtirgan bo`lib, bunda oddiy grafik chizishdan toki real borliqdagi
turli tasvirlarni hosil qilish, ularga ko`rinish berish, dastur vositasi yordamida tasvirga doir yangi loyihalarni yaratishga mo`ljallangan. Bu esa multimedia muhitida ishlash imkoniyatini yaratadi. Kompyuter grafikasi jamiyatning barcha sohalarida keng qo`llaniladigan dasturta’minotibo`lib, u mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga asoslanadi. Kompyuter grafikasi jarayonlarni uch o`lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash imkoniyatini yaratdi. Shu boisdan hozirda mavjud amaliy dastur paketlari orqali ko`rilayotgan masalaning asosiy qiymatlarini kiritgan holda uning natijasini grafik shaklda olishimiz mumkin.
Yurtimizda ham dasturlashga bo`lgan talab va e`tibor oshib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ta`kidlangan «Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashmaqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilanbirgalikda 1 million dasturchi» loyihasini amalga oshirilishi dasturlashga bo`lgan e`tibordan darak beradi. Bu loyihadan ko`zlangan maqsad kelgusida jamiyatimizning qurilish, energetika, qishloq va suv xo`jaligi,
transport, geologiya, kadastr, sog`liqni saqlash, ta`lim, arxiv sohalarini raqamlashtirishdan iborat.
Hozirda kompyuter grafikasi ilmiy xodimlar uchungina emas,
balki rassomlar, loyihachilar, dizayn va reklama bilan shug`ullanadigan mutaxassislar,
web sayt yaratuvchilar, o`qitish jarayoni va boshqa sohalarda keng qo`llanilmoqda. Shuning uchun kompyuter grafikasi sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash, yosh kitobxonlarga kompyuter grafikasiga doir adabiyotlarni yetkazish oldimizda turgan vazifalardan birihisoblanadi. Yuqoridagifikrlarniinobatga olganholda ushbuo`quvqo`llanmada tasvir turlari,
kompyuter grafikasi turlari, grafik formatlar, rang modellari,
proyeksiyalar, tasvirlarni sifatini yaxshilash usullari, tasvirlarni filtrlash, Adobe Flashda animatsiyalar kabi mavzular to`liq yoritib berilgan.