• Kompyuter grafikasi turlari
  • Rastrli grafika
  • Grafik ma’lumotlarni yaratish va qayta ishlash texnologiyalari Reja




    Download 60,05 Kb.
    Sana19.05.2024
    Hajmi60,05 Kb.
    #244597

    Grafik ma’lumotlarni yaratish va qayta ishlash texnologiyalari
    Reja:

    Kompyuter grafikasi haqida tushuncha
    Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb(dizayn) berish, tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish va multimedia muhitida ishlash imkoniyatini bermoqda.
    Kompyuter grafikasi— bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturiy vositalariga tayanadi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto xarakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy dasturlar paketlari mavjudki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklda olinishi mumkin
    Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun(ED) va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. Uning, ayniqsa, matbuot sohasida qo’llanilishi rang-barang, suratli adabiyotlar, o’quv qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqozo etadi. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish mumkin emasdir.
    Kompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.
    Kompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o’rganadi
    Kompyuter grafikasi turlari
    Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastrli, vektorli va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi (rastrli, vektorli va fraktal grafika - bular bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish usullari bilan farq qiladi).
    Kompyuter grafikasini professional foydalanilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
    • poligrafiyada foydalaniladigan kompyuter grafikasi;
    • kompyuter rassomchiligida foydalaniladigan ikki o’lchovli kompyuter grafikasi;
    • prezentatsiya uchun foydalaniladigan kompyuter grafikasi;
    • kinofilmlarda dinamik tasvirlar va mahsus effektlarni qo’llashda foydalaniladigan uch o’lchovli kompyuter animatsiyasi;
    • dizaynerlik va injenerlik ishlanmalarida qo’llarniladigan ikki va uch o’lchovli modellashtirish dasturlari;
    • reklama va musiqali kliplar yaratishda foydalaniladigan uch o’lchovli animatsiya paketlari;
    • videoyozuvlarga maxsus effektlarni joylashda videotasvirlarni qayta ishlash uchun foydalaniladigan komplekslar;
    • ilmiy vizualizatsiya dasturlari.

    • Kompyuter grafikasi va animatsiyadan rassomlar va dizaynerlar, poligrafiya va kinematografiya, kompyuter o’yinlari va o’quv dasturlari yaratuvchilari, olimlar va umuman turli tasvirlar yaratish, foydalanish va qayta ishlashda zarur bo’lgan barcha mutahassislar foydalanadilar.

    Rastrli grafika
    Rastrli grafika nuqtalar yordamida (qog’ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unta asoslangan rasm, shakl, grafika va h. k. shuncha aniq ko’rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning hal qilish qobiliyati (razresheniya ekrana monitora) kiritilgan bo’lib, unda gorizontal va vertikal yo’nalishlardagi nuqtalar soni muhim rol o’ynaydi va u ekranning hal qilish imkoniyati deyiladi.
    Rastrli grafika asosan elektron va poligraf nashriyotlarda qo’llaniladi. Rastr grafikasining asosiy elementi sifatida nuqta qabul qilingan. Agar tasvir ekranda ko’rilsa, bu nuqta «pixel» deb aytiladi. Kompyuterda qo’llaniladigan operatsion tizimlarning imkonitiyaga ko’ra, 480x640, 800x600, 1024x768 va undan ko’proq pikselga ega bo’lgan tasvirlar joylashishi mumkin.
    Tasvirning o’lchamiga ko’ra uning imkoniyati ham oshib beradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo’lib, bir dyuymdagi nuqtalar soni bilan aniqlanadi. Rastr grafikasi uchun kamdan - kam hollarda grafik dasturlar yordamida qo’lda bajarilgan tasvirlar ishlatiladi. Professional rasm yoki fotosuratni rastrli grafikada ko’proq qo’llash kuzatiladi. Oxirgi paytda rastr tasvirlarni ekranga kiritish uchun raqamli foto va videokameralar qo’llanilmoqda. Shu sababli rastr grafikasini asosiy maqsadi tasvirni yaratish emas, balki mavjud tasvirni qayta ishlashdir.
    Rastrli grafikaning kamchiliklari:
    1. Har bir tasvirni aks ettirish va kodlash uchun katta hajmdagi xotira maydonlari talab etiladi.
    2. Mayda detallarni ko’rish uchun tasvirni kattalashtirib bo’lmaydi.

    E`tiboringiz uchun rahmat!!!


    Download 60,05 Kb.




    Download 60,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Grafik ma’lumotlarni yaratish va qayta ishlash texnologiyalari Reja

    Download 60,05 Kb.