|
Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi
|
bet | 7/15 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 187,75 Kb. | | #110667 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma (1)Tasvirning haqiqiy o`lchami piksellarda yoki uzunlik o`lchov birliklari (millimeter, santimetr, dyum)da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish vaqtida belgilanadi va tasvir fayli bilan birga saqlanadi. Agar tasvirni ekranda ko`rish kerak bo`lsa, uning o`lchamini piksellarda ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir ekranning qanday qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi. Agar tasvirni qog`ozga chop etish kerak bo`lsa, uning o`lchamini uzunlik o`lchov birliklarida ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir qog`ozning qanday qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi.
Tasvirning yana bir xususiyati, unda qoallanilishi mumkin bo`lgan ranglar miqdoridir. Ya’ni, har xil tasvirlar turli rang ko`lamiga ega bo`lishi mumkin: oqqora shtrixli, nimrang (kulrangning oqdan qoragacha asta o`tib boruvchi tuslari) indekslangan rangli, to`liq rangli.
Oq-qora shtrixli tasvir. Tasvirning har bir pikseliga bir bit axborot ajratiladi. Ma`lumki, bir bit yordamida ikki holatni kodlash mumkin:oq va qora rang. Tasvirning bunday turi Bitmap deb ataladi. Bunday tasvirnng rang ko`lami bir bit bo`ladi.
Nimrang tasvir. Nimrang (grayscale) tasvir pikseli 8 bit bilan kodlanadi, ya’ni uning rang ko`lami 8 bit. Tasvirning har bir pikseli 256 xil qiymat qabul qilishi mumkin. Bu qiymatlar kulrang shkala deyiladi. Bu shkala kulrangning 256 gradatsiyasiga ega bo`lib, ularning har biri 0 (qora) dan 255 (oq) gacha oraliqdagi yorug`lik qiymati bilan ifodalanadi. Bu oq-qora fotosuratni aniq tasvirlash uchun etarlidir.
Hozirgi kunda tasvirni 16 bitli kodlash imkoniga ega dasturlar mavjud bo`lib, ular yordamida kulrangning 256 xil emas, balki 65536 xil tusi ishtirok etgan tasvirlar hosil qilish mumkin. Ammo bunday tasvirlarni saqlashda fayl hajmi 8 bitliga nisbatan 2 marta katta bo`ladi
|
| |