|
Mundarija kirish I. Bob yig’ish chizmalarni xaqida umumiy ma’lumot, yig’ish chizmalarini o’qish
|
bet | 1/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 61,34 Kb. | | #234081 |
Bog'liq Tolibjonov Bobur
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………….3
I.BOB YIG’ISH CHIZMALARNI XAQIDA UMUMIY MA’LUMOT, YIG’ISH CHIZMALARINI O’QISH. ……………………………………...
1.1 Buyumning yig’ish chizmasini tuzish…………………………………..…5
1.2 Oddiy yig'ish chizmalarini o'qish…………………………………………14
II. BOB YIG`ISH CHIZMALARINI DETALLARGA AJRATISH TARTIBI
2.1Chizmaning asosiy yozuvi va spetsifikatsiyasi………….………………….23
2.2 Chizmachilik darslarini tashkil qilish va o‘qitish meto‘dlari……………....25
Xulosa ………………………………………………...……………………….26
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………….……………………….….27
KIRISH
Chizmalami to‘g‘ri chizish usullari, shuningdek, chizmachilik ho‘jaligining barcha sohasini to‘g‘ri tashkil qilish haqidagi fan chizmachilik deyiladi. Chizmachilikning barcha turlarining asosi hisoblangan geometrik chizmachilik ham mavjud. Geometrik chizmachilik barcha geometrik yasash usullarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, narsa va har xil egri chiziqlar majmuasining chizmasi bajariladi. Model va detallaming ko‘rinishlarini bajarish qoidalari, ularda zarur qirqim va kesim bajarish usullariproyeksion chizmachilikda o‘rganiladi. Xalq ho‘jaliginingtarmog‘iga qarab, unda foydalaniladigan chizmalar har xil nom bilan yuritiladi. Zavod, fabrikalarda turli dastgohlar, mashinalar, dvigatellar, o‘lchash asboblari kabilami yasash uchun tuzilgan chizmalar mashinasozlik chizmcdari deyiladi. Bino, ko‘prik, to‘g‘on, yo‘l, kanal, mudofaa inshootlarini ko‘rishda ishlatiladigan chizmalar muhandislik-qurilish chizmalari deyiladi. Yer sathini tasvir qilish chizmalari topograjik chizmalari deyiladi. Topografik chizmalardan haritalar tuzishda, muhandislik inshootlarini GES, suv ombori kabilami loyihalashda va ulami berilgan ma’lum maydonda to‘g‘ri joylashtirish maksadida foydalaniladi. Standartlashtirish texnika taraqqiyotini tezlashtirish, kompleks mexanizatsiya va avtomatlashtirishni ishlab chiqarishda joriy qilish, korxonalami ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish, maxsulot sifatini yaxshilash va uning tannarxini arzonlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. Chizma standartlari qonun kuchiga egadir. Chizmalami standartlashtirish bilan chizmalami chizishda xilma-xillik yo‘qotiladi. Natijada chizmalami taxt qilishda bir xillikka erishildi, chizmalar qayerda, qachon va kim tomonidan chizilganidan qat’iy nazar, barcha kishilar tomonidan to‘g‘ri tushunilishi ta’minlandi. O‘zbekistonda chizmachilik fan sifatida XX asrning 30-yitaridan o'qitila boshlangan va bunda Rossiya olimlari hamda u yerda nashr qilingan darsliklaming ahamiyati katta bolgan. 7 Rossiyada birinchi boiib 1721-yilda Yekaterinburgdagi maktabda chizmachilik fani o‘qitila boshlangan. Bu maktablarda chizmachilik fani asosiy fanlardan bin hisoblanib, o‘quvchilar mashina detallari, sex planlarini chizish bilan shug‘ullanganlar. Chizmalarga o’lchamlar qo‘yilmagan. o‘lchamlar chiziqli yoki ko‘ndalang masshtablar bo'yicha aniqlangan. 1828-yilda chizmachilik va rasm bitta umumiy kurs qilib birlashtirilgan va shu yili chizmachilik fan sifatida maktabda o'qitilish yili deb hisoblanadi. 1932-yildan boshlab chizmachilik alohida fan sifatida ajratildi. Dastur bo‘yicha 4ta asosiy boiim: • Geometrik chizmachilik; • Proyeksion chizmachilik; * Aksonometrik chizmachilik; * Natural chizmachilik o‘qitila boshlandi. 1986-1987-yilgi ta’lim islohotlaridan keyin chizmachilik kursi bir muncha ertaroq (yangi struktura bo‘yicha 7-sinfdan boshlab) yangi darslik bo^yicha o‘qitila boshlandi. Hozirgi kunda chizmachilik kursi mamlakatimizda umumta’lim maktablarining 8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitilmoda. Dastur mazmunida chizmachilik kursming asosiy bo‘limlarining ko'pchiligi bo'yicha o‘quvchilarga boshlang'ich bilimlarni berish nazarda tutiladi. Ayni paytda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida TDPU faxriy professori Ikrom Rahmonov tomonidan yozilgan “Chizmachilik 8”, “Chizmachilik 9” darsligidan foydalanilmoqda. Fanni o‘qitish metodikasiga A.D.Botvinnikov “Chizmachilik o'qitish asoslari” nomli (1966 y.), V.N. Vinogradov “Chizmachilikdan darsdan tashqari ishlar”, “Chizmachilikdan fakultativ mashg‘ulotlar” kitoblari orqali o‘z hissalarini qo‘shganlar. Mustaqil O'zbekistonda esa professor E.I.Ro'ziyev va dotsent A.O.Ashirboyevlarning "Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi” darsligidan foydalaniladi. 0 ‘zbekiston Respublikasida ham o‘zbek tilida ko‘plab darsliklar nashr etildi va hozirda ham nashr etilmoqda, nazaiiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 8 Respublikamizdagi grafikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan hurmatli olimlarimizdan Toshkent to'qimachilik va engil sanoat institutining dotsenti Yusufjon Qirg'izboev (1912-1995) o‘zining uzoq yillik samarali mehnatini grafika bo‘yicha kadrlar yetishtirishga va chizma geometriya, chizmachilik darsliklarini yozishga sarf qildi. Ilk bor o‘zbek tilida yozilgan “Chizma geometriya” (1950) darsiigining muallifi Yu.Qirg'izboev keyinchalik “Chizma geometriyadan masalalar to'plami” (1970), “Mashinasozlik chizmachiligi kursi” (1981), “Texnik chizmachilik” (1978) kabi darsliklami nashr ettirdi. Bu darsliklar keyinchalik qayta-qayta nashrdan chiqdi va hozirda ham ulardan foydalanilmoqda. Chizma geometriyadan darsliklar yozgan olimlarimizdan yana biri Toshkent temir yo‘l transporti injenerlar instituti professori, texnika fanlari nomzodi Raxim Qoriyevich Xorunovdir. U “Chizma geometriya kursi” kitobim nashr ettirdi. Toshkentda injenerlik grafikasi bo'yicha har oyda o‘tkaziladigan shahar ilmiy-metodik seminar tashkil qilib, unga o‘zi umrining oxirigacha rahbarlik qildi. Perspektiva bo‘yicha birinchi bo'lib dotsent Ikrom Rahmonov 1973 va 1993 (ikkinchi to'ldirilgan nashri) yillarda “Perspektiva” nomli o‘quv qo‘llanmani, 1984-yili «Chizma geometriya kursi» darsligini yaratdi. Texnika fanlari nomzodi, professor Sh.K.Murodov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan yozilgan “Chizma geometriya kursi” (1988) darsligi nafaqat O'zbekiston balki 0 ‘rta Osiyoda ham ushbu fan bo‘yicha yozilgan eng salmoqli o‘quv adabiyoti sifatida tan olinadi. Yana o‘zbekistonlik olimlardan J.Yodgorov, E.Sobitov, L.Xakimov, PAdilov, T.Rixsiboyev, Rlsmatullayev, T.Azimov, Sh.Abdurahmonov, D.Qo'chqorova, E.Ro‘ziyev, A.Abdurahmonov, R.Sindarov, A.Ashirboyev, A.Valiyev, N.Yodgorov, M.Xalimov, S.Saydaliyev va boshqalar bu sohadagi ilmiy faoliyatlari bilan fan rivojiga o‘z hissalarini qo‘shgan va hozirda ham qo‘shib kelmoqdalar. Bundan tashqari ko‘plab milliy va mahalliy olimlarimizni ham keltirishimiz mumkin.
|
| |