II. BOB YIG`ISH CHIZMALARINI DETALLARGA AJRATISH TARTIBI




Download 61,34 Kb.
bet4/6
Sana15.05.2024
Hajmi61,34 Kb.
#234081
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tolibjonov Bobur

II. BOB YIG`ISH CHIZMALARINI DETALLARGA AJRATISH TARTIBI
2.1 Chizmaning asosiy yozuvi va spetsifikatsiyasi

Yig'ish chizma - yig'ma birlik tasviri va boshqa ma5 lumotlarni o'ziga qam- rab olgan, uni yig'ish (tayyorlash) va nazorat qilish uchun zaruriy hujjat hiso- blanadi. Yig'ish chizmalar ishchi hujjatlar komplektiga kiradi va ishlab chiqar- ishga mo' ljallangan. Yig'ma birlikning chizmasi byuumning loyihalashni bar- cha bosqichlarida takomillasha boradi. Loyihalash hujjatlarining takomill- ashaborish bosqichlarida u umumiy ko'rinishdagi chizma deyiladi, ishchi hujjat- ning bajarilish bosqichlarida esa yig'ma chizma deyiladi. Umumiy ko'rinishdagi chizma konstruktorlik hujjati kabi bajariladi. Umumiy ko'rinishdagi chizma buyum tuzilishi (konstruksyasi)ni aniqlash- ga mo'ljallangan bo'lib, uning tarkibiy qismlarining o'zaro bog'lanishi Va ishlash prinsipi to'g'risida ma'lumot beradi. Umumiy ko'rinishdagi chizma ishchi hujjatlari tayyorlash uchun spetsifikatsiya, detallar chizmasi va buyumning yig'ish chizmasini tayyorlash uchun xizmat qiladi. Yig'ma chizma yig'ma birlikning tasviri bo'lib, u chizma bo'yicha yig'ma birlikning tarkibiy qismlarini joylashishi va ular orasidagi muno- sabat to'g'risida tushuncha beradi, hamda buyumni yig'ish va nazorat qilishni ta'minlaydi. Yig'ma chizmalarga bir nechta yig'ma birlik va de- tallardan tashkil topgan komplekt mashina yoki stanoklarning chizmalari hamda gidromontaj, pnevmomontaj va elektromontaj chizmalari kiradi. Yig'ma chizma buyum tarkibiga kiradigan detallarning ish chizmalari yoki eskizlari bo'yicha bajariladi. Yig`ish chizmalarini detallarga ajratish tartibi Yig'ish chizmalari bo'yicha har bir detaining ish chizmasini bajarish detallarga ajratish deyiladi. Buyumning yig'ish chizmasi tarkibiga kiruvchi detallarning (standart detallardan tashqari) ish chizmasi asosan tuziladi. Yig'ish chizmasini detallarga ajratib chizishdan oldin chizmani o'qish va uni tushunish kerak, so'ngra yig'ish chizmasida tasvirlangan buyumga kiruvchi tarkibiy qis Geometrik va proeksion chizmachilikdagidek asosiy yozuv (burchak shtampi) formatning o'ng pastki burchagida joylashtiriladi. Asosiy yo- zuvning shakli o'lchamlari va to'ldirish tartibi belgilangan. Asosiy yozuv A4 (210x297) formatli formatlarda formatning faqat ensiz tomoniga, boshqa o'lchamli formatlarda enli yoki ensiz tomonigajoy- lashtriladi.


Bu yerda bitta ko‘rinish yetarli va u A4 formatga bajarilgan. Agar yig’ish chizmasi A4 formatga bajarilsa, u holda uning spetsifikatsiyasini GOST 2.108-68ga muvofiq shu qog’ozga joylashtirish mumkin.
Namuna chizma. Grafik vazifa sharti: Yig’ma birlikning yig „ish chizmasi bajarilsin. Bizning misolimizda
blok”ning yig’ish chizmasini tuzish rejalashtirilgan.
Yig’ish chizmalarini bajarish uchun odatda quyidagilarga e’tibor beriladi:
- ko‘rinishlar sonini tanlash;
tasvirdagi masshtabni tanlash;
tasvirni chizma qog’oziga qulay joylashtirish (komponovka);
- tasvirni chizish;
- ko‘rinishlarga oTchamlar qo’yish;
- detallarga vaziyat raqamlarini qo’yish;
- matnli maTumotlarni bajarish;
- asosiy yozuv o‘rnini toTdirish.
Ko‘rinishlar soni imkon darajasida kam boTishi kerak, ammo buyumni tuzilishi, tarkibidagi qismlari va oTchamlari haqida to’liq maTumotni berilishi shart.
Masshtab tanlashda imkoni bo’lsa natural masshtab M1:1 dan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuningdek, GOST 2.302-68 ga asoslanib oTchami katta yoki kichik bo’lgan buyumlar yig’ish chizmasida kichiklashtirish yoki kattalashtirish masshtablaridan foydalanish mumkin.
Chizma qog’ozi ham shunday tanlanishi kerakki unda chizma maydoni maqsadga muvofiq taqsimlanishi kerak.
“Yo‘naltiruvchi blok”ning yig’ish chizmasi ishchi vaziyatda bajarilgan. Chizmada bosh ko’rinish, ustki ko’rinish, chapdan ko’rinish, B-B, C-C kesimlar va mahalliy A ko’rinish tasvirlangan.
Yig’ma birlikdagi 2 va 3 detallarni bolt orqali biriktirilayotganligi mahalliy qirqim bajarish yordamida ko’rsatilgan.
Ustki ko’rinishdagi qirqimning bir qismi orqali 1, 2 va 5 detallarning o’zaro birikishini ko’rish mumkin.
Chapdan ko’rinishda bajarilgan mahalliy qirqimda 2 va 4 detallarni 7 detal vint yordamida biriktirilayotgani ko’rsatilgan.
Detal 2ning qirqib olingan qismi tuzilishi mahalliy A ko’rinishda tasvirlangan.
Moylash qurilmasining teshik va kanallari C-C kesimda ko’rsatilgan.
Yig’ma birlikning gabarit oTchamlari o’lchab olinganidan keyin tasvir masshtabi va chizma qog’ozi tanlanadi. Qog’ozga ingichka tutash chiziq bilan gabarit oTchamga teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchaklar chiziladi. B u to’g’ri to’rtburchaklar orasida chiqarish va o’lcham chiziqlari uchun joy qoldiriladi. Chizma qog’ozining o’ng tomoniga asosiy yozuv va spetsifikatsiya joylashtiriladi. Agar yig’ma birlikning yig’ish chizmasi bajarilgan qog’ozga spetsifikatsiya sig’masa uni alohida A4 (11) formatga bajarish mumkin.
Ushbu yig’ish chizmani bajarish kronshteyn 3 va vilka 2 larni bosh ko‘rinishini chizishdan boshlanib, ularning o’lchamlari eskizlariga asoslanadi.
Ko’plab holatlarda buyumni yig’ish tartibi uning qismlarini chizilishini aniqlab beradi. Yig’ish jarayonida “Vilka” (vaz.2) va “Kronshteyn” (vaz.3) detallar bolt bilan biriktiriladi, so’ngra rolik vtulkaga vint orqali zich o‘rnatiladi. Vint uchun teshik bir vaqtning o’zida ikkala detalni yig’ilganidan so’ngina sverlo orqali o’yish va qirqish orqali ochiladi. Tasvirni chizib bo’lgandan so’ng gabarit va biriktirish o’lchamlari, dopusk va o’tqazishlarning shartli belgilari qo’yib chiqiladi (o’quv chizmalarida dopusk va
o’tqazishlar qo’yilishi shart emas). Spetsifikatsiyada keltirilgan raqamlarga mos ravishda chiqarish chiziqlari tokchasiga detallarning vaziyat raqamlari qo’yiladi.
Vaziyat raqamlari shrifti o’lcham sonlariga nisbatan bir-ikki marta katta qilib yozilishi kerak.
“Yo ‘naltiruvchi blok”ning yig’ish chizmasining spetsifikatsiyasi keltirilgan. Uni taxt qilish jarayoni yuqoridagi misollarda batafsil yoritildi.
Talabalar mazkur grafik vazifa bo’yicha variantlarni, ya’ni yig’ma birlik (uzel)ni, kafedra laboratoriyasidan o’qituvchi tavsiyasiga ko’ra oladi. Yoki birikuvchi detallarining yaqqol tasvirlari va ularning birikmasining sxematik holati berilgan buyum yig’ish chizmasini tuzishga oid grafik masala berilishi mumkin. Talaba o’ziga berilgan individual variant asosida buyumning
Mashinaning ish davrida tebranish, silkinish va zarblar ta’siriga duch keladigin rezbali buyumlar o’z-o’zidan buralib ketishining oldini oluvchi detallar bilan birga ta’sirlanadi.
6-shakl, a va b da lapkali shayba ko’rsatilgan (GOST 3693-52). Bitta lapka detalning tekis qismiga bukib yepishtiriladi, ikkinchi lapka esa olti yekli gaykasining biror tomoniga tegib turadigan qilib qayriladi. 6-shakl, v da mashinasozlikda keng qo’llaniladigan prujinali qimirlatmaydigan shayba tasvirlangan.6-shakl g da shplint qo’llash bilan birga qimirlatmaydigan qilib qo’yish ko’rsatilgan.6-shakl
7.Yig’ish chizmalaridagi shartliklari va soddalashtirishlar.
Yig’ish chizmasini bajarishga sarflanadigan vaqtni tejash maqsadida GOST 2.109-69 ga muvofiq soddalashtirishlar va shartliklar qo’llash tavsiya etiladi.
Masalan,faskalar va galtellar, shuningdek, yumoloqlash, protochkalar, nakatka rezba, (nasechka)lar kichik burtiklar va o’yiqlar chizib ko’rsatilmaydi.
Qirqimda prujinalarni har ikki uchi ham ikkitadan o’ramni ko’rsatilgan holda tasvirlanadi. (7-shakl, g). Buyumning tarkibidagi sotib olinadigan buyumlar masalan, maydon tebranish podshipning va boshqalar yig’ish chizmasidagi qirqimda qirqilmagan holda tasvirlanadi. Sterjen bilan teshik orasidagi zazor ko’rsatilmasligi mumkin.
Rezbaning sbegi va berk teshiklarning konusaviy uchlarini yig’ish chizmalarida tasvirlanmaydi. Agar ko’rsatilishi zarur bo’lgan buyumni qopqoqlar, shchitlar kojuxlar to’sib qolsa, bu detallarni yig’ish chizmasida tasvirmasligi mumkin. Bunday tasvir tepasiga tegishli izoxlash yozuvi yozilib qo’yiladi, masalan 4-poz qoqkoq ko’rsatilmagan.
Ishda o’z joyidan ko’chib haraktlanadigan detalning eng chetki vaziyatlarini yig’ish chizmasida ingichka shtrix – punktir chiziq bilan chizib ko’rsatiladi.
Yig’ish chizmalarini o’qish va detallarga ajratish
Yig’ish chizmasi buyumlarni yig’ish va nazorat qilish uchun xizmat qiladi. O’quv protsessida yig’ish chizmalaridan, odatda, detallarning ish chizmalarini bajarish uchun (detallarga ajratish uchun) foydalaniladi.
Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish yo’li bilan o’qish, detallarning chizmadagi tasvirlari bo’yicha bu detallarning shaklini fikran tasavvur qila olish qobiliyatini ustiradi.
Detallarning ish chizmalarini chizishda ularning o’lchamlari bevosita yig’ish chizmasidan lineyka va sirkul, yig’ish chizmasi masshtabini nazarda tutgan holda o’lchab olinadi.
Yig’ish chizmasini detallarga ajratib chizishdan oldin spetsifikatsiya bilan tanishib chiqish lozim. Spetsifikatsiyadaga pozitsiya nomerlariga qarab yig’ish chizmasidan har bir detalning tasviri shakli va o’lchamlari aniqlanadi.
Bir detalning o’zi hamma qirqimlarda bir tomonga shtrixlanishi, tutash (yondosh) detallar esa turli yo’nalishlarda shtrixlanishi esda tutish zarur.
Detalning ish chizmasidagi tasvirlarning joylashishi yig’ish chizmasidagiga o’xshash bo’lishi shart emas. Ko’rinishlarni, qirqimlarni va kesimlarni chizishda zarur. Detallarning ish chizmalari standart formatli alohida listlariga chiziladi.
Yig’ish chizmasiga asosan detalning ish chizmasini bajarish misoli. Yig’ish chizmasida quyma buyumlarni karbonat angidrid gazini purkab tozalash uchun mo’ljallangan klapan – pistolet tasvirlangan. Detallarga ajratishga kirishdan oldin buyumning tuzilishi va bu buyumning ishini tushuntiruvchi tekstini ukib chikish va buyumning shakli to’g’risida umumiy tasavvur hosil qilish kerak
Yig’ma birlikning vazifasi va tuzilishini aniqlab olgandan keyin spetsifikatsiyasining mazmuni bilan tanishib chiqish kerak.
Har bir detalning shaklini ko’z oldimizga keltirib olganimizdan keyin detallarni o’quv ish chizmasini bjarishga kirishish mumkin.



Download 61,34 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 61,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. BOB YIG`ISH CHIZMALARINI DETALLARGA AJRATISH TARTIBI

Download 61,34 Kb.