• “Iqtisodiy erkinlik indeksi – 2022”
  • First Women’s Bank)
  • “Ayollar tadbirkorligi strategiyasi”
  • Kanada biznesni rivojlantirish bankining
  • Finlyandiya
  • Norvegiya
  • “Ayollar va kelajak” dasturini
  • Muhammad Yunusning kambag‘allikdan chiqarish uchun mikromoliyalash usuli
  • Xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha xorij tajribasi




    Download 136,78 Kb.
    bet2/4
    Sana12.06.2024
    Hajmi136,78 Kb.
    #263007
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Xotin кизлар тадбиркорлар

    1-javdal
    Tadbirkorlikda ayollarning ulushi eng yuqori bо‘lgan davlatlar[16]

    Tadqiqot shuni kо‘rsatdiki, о‘z biznesini rivojlantirish uchun zarur bо‘lgan infratuzilmaga kengroq kirish imkoni bо‘lsa, ayollar о‘z salohiyatini tо‘liq amalga oshirishlari, maqsadlariga erishishlari va shu tariqa inklyuziv о‘sishni tezlashtirishlari mumkin. “Tadbirkor ayollar indeksi” ishbilarmonlik muhiti eng qulay bо‘lgan mamlakatlarda “ixtiyoriy tadbirkorlar” kо‘proq ekanligini kо‘rsatadi. Tadbirkor ayollarni qо‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish, biznes yuritishda tо‘siqlarning yо‘qligi, kichik va о‘rta tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash, shuningdek, yuqori sifatli tartibga solish zarurligini kо‘rsatadi. Ayollarga nisbatan madaniy stereotiplar tufayli Hindiston (49-о‘rin, 41,7 ball), Saudiya Arabistoni (52-о‘rin, 37,2 ball) va Misr (53-о‘rin, 34,0 ball) kabi davlatlar tadbirkor ayollar reytingda past о‘rinlarga ega. Ular ayollarga yetakchilik mavqeini egallashni yoki bozor biznesmenlariga taqdim etayotgan imtiyozlardan foydalanishni qiyinlashtiradi. Tadqiqotga kо‘ra, tadbirkorlik faoliyatini boshlashdagi asosiy tо‘siqlar mablag‘ning yoki venchur kapitalning yetishmasligi, qonunchilikdagi cheklovlar yoki samarasiz davlat institutlari, shuningdek, muvaffaqiyatsizlikdan qо‘rqish, ijtimoiy-madaniy cheklovlar, ma’lumot yetishmasligi va о‘ziga ishonchsizlikdir. Tadqiq qilingan 54 mamlakatning deyarli barchasida ayollarning biznesni muvaffaqiyatli olib borishiga tо‘sqinlik qiluvchi ushbu omillardan kamida bittasi mavjud.
    “Heritage” (Meros) jamg‘armasi tomonidan “Wall Street Journal” bilan hamkorlikda “Iqtisodiy erkinlik indeksi – 2022” hisobotida mamlakatlarning indeks kо‘rsatkichlari va reytingidagi pozitsiyalarning о‘zgarganligi tо‘g‘risidagi natijalar e’lon qilindi[17]. Iqtisodiy erkinlik indeksining “biznes erkinligi” indikatori bо‘yicha “ayollarning iqtisodiy integratsiyalashuvi” subindikatori keltirilgan[18]. Ushbu hisobotga kо‘ra, О‘zbekistonda “iqtisodiy erkinlik” indeksi 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 2,6 punktga pasayib, 55,7 ga (reytingda 108-о‘rindan 117-о‘ringa pasayish) teng bо‘lgan. Mamlakatimizda “biznes erkinligi” indikatori qiymati 2021-yilda 73,5 ni tashkil qilgan bо‘lsa, bu kо‘rsatkich 2022-yilda 59,1 ga teng bо‘lgan[19]. Biznes erkinligi indikatori qiymatining pasaygani ayollarning iqtisodiy integratsiyalashuvi subindikatori qiymatining kamayganini bildiradi. Bu esa ayollar tadbirkorligini qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha foydalanilmayotgan imkoniyatlar hali yetarlicha ekanligidan dalolat beradi.
    AQSHda ayollar biznesini qо‘llab-quvvatlash va ularga yordam berish uchun maxsus bank tashkil etilgan. Moliyaviy tashkilot asoschilari ishbilarmonlik muhitidagi gender tafovutini bartaraf etish va ayollarning biznes uchun pul olishlarini osonlashtirish maqsadida 1975 yilda ushbu “Birinchi ayollar banki” (First Women’s Bank) bankini tashkil etishdi. Mutaxassislarning fikriga kо‘ra, AQSH biznes muhitida ayollar va erkaklar kapitaldan foydalanish bо‘yicha teng imkoniyatlarga ega bо‘lmagan. Ayollar rahbarligidagi korxonalarga, odatda, banklar tomonidan kreditlar kamroq beriladi. Tajriba shuni kо‘rsatadiki, ayollar kо‘p hollarda erkaklarga nisbatan kreditlarni о‘z vaqtida qaytaradilar. Xususan, Rossiyada xotin-qizlarning 87 foizi kreditlarni kechiktirmay tо‘lasa, bu kо‘rsatkich erkaklarda 82 foizni tashkil qiladi[20]. First Women’s Bank faoliyatida pul chiqarishdan tashqari, bank xodimlari amerikalik xotin-qizlarga biznes masalalari bо‘yicha maslahat beradilar va о‘z bizneslarini rivojlantirishning barcha bosqichlarida yordam berishadi. Birinchi ayollar banki yirik kompaniyalar tomonidan qо‘llab-quvvatlanadi, shuningdek, bank tomonidan qora tanli ayollarga alohida e’tibor beriladi.
    Kanadada bugungi kunda faoliyat yuritayotgan kichik va о‘rta korxonalarning atigi 16 foizi ayollarga tegishli. Kanada hukumati tadbirkorlik va kichik biznes xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi rolini yaxshilash hamda о‘rta sinfni mustahkamlashda muhim rol о‘ynashini tan oladi. Kanada hukumati tomonidan 2018-yilgi Byudjetda e’lon qilingan yangi investitsiyalar asosida 2025-yilgacha ayollarga tegishli tadbirkorlik subyektlari sonini ikki baravar oshirish maqsadi belgilandi[21]. Shuning uchun Kanada hukumati tadbirkor ayollarga e’tibor qaratib, о‘z iqtisodiyotini jonlantirish maqsadida “Ayollar tadbirkorligi strategiyasi” (Women Entrepreneurship Strategy – WES)ni ishlab chiqqan. Ushbu strategiya 2 milliard dollarlik sarmoyani о‘z ichiga oladi. Kanada yalpi ichki mahsulotini 150 mlrd AQSH dollargacha oshirish imkoniyati mavjud bо‘lib, bunga erishishda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish juda katta ahamiyatga ega[22]. Dastur tadbirkor bо‘lishni xohlovchi kanadalik ayollar orasida talabning ortishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatmoqda. Statistik ma’lumotlarga kо‘ra, kanadalik ayollar boshqa G20 mamlakatlaridagi hamkasblariga qaraganda tezroq biznes boshlashadi. Sо‘nggi 20 yil ichida Kanada iqtisodiyotida tadbirkorlik muntazam о‘sib bordi va bunda ayollarning ulushi ancha yuqori[23].
    Kanadada tadbirkorlik faoliyatida venchur kapitalini jalb qilish hamma uchun qiyin, lekin ayollar uchun bu ancha mashaqqatli hisoblanadi. О‘z tadbirkorligini kengaytirmoqchi bо‘lgan Kanada kompaniyalarining atigi 10 foizini ayollar boshqaradi. Ayollar boshchiligidagi kompaniyalarning yuqori mahsuldorligiga qaramay, erkak venchur kapitalistlar ayollar boshchiligidagi kompaniyalarga sarmoya kiritmaydi, agar kiritganda ham kamroq sarmoya kiritadilar. Sо‘nggi yillarda Kanadada yirik firmalardagi venchur kapitalist ayollarning ulushi ikki baravar kо‘paydi, ammo bu kо‘rsatkich hali ham juda past (14 foiz). Kanada biznesni rivojlantirish bankining (Business Development Bank of Canada, BDC) Texnologiya sohasida ayollar kapitali jamg‘armasi (Capital Women in Technology Fund, WIT) ushbu kо‘rsatkichni oshirish uchun kelgusi besh yil ichida 200 mln AQSH dollar sarmoya kiritdi. U boshqaruvida tо‘liq yoki qisman ayollar bо‘lgan texnologiya kompaniyalariga sarmoya kiritadi[24].
    Finlyandiya ayollar о‘rtasida tadbirkorlik ulushi bо‘yicha xalqaro reytingda yuqori о‘rinlardan birini egallab turibdi, bu Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari uchun yaxshi namuna bо‘lmoqda. Finlyandiyalik ayollar yaxshi ma’lumotga ega va yildan yilga OECD ta’lim sо‘rovlarida birinchi о‘rinni egallab kelmoqdalar. Finlyandiya ayollari boy ish tajribasi, malakasi va keng aloqalariga ega. Ayollar Finlyandiya aholisining qariyb yarmini tashkil qiladi, biroq ularning tadbirkorlikdagi ulushi sо‘nggi о‘n yil ichida deyarli 30 foizga ega bо‘ldi. Aytish joizki, xotin-qizlarning bilim darajasi juda yuqori, tadbirkorlikka intilish, tadbirkorlik faoliyati tо‘g‘ri yо‘nalishda rivojlanmoqda. Finlyandiyada ayol tadbirkorlar uchun mavjud bо‘lgan moliyalashtirish, maslahat va biznes xizmatlari kabi vositalar ham ularning tadbirkorlar faoliyatini yanada rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda. E’tiborli jihati shundaki, Finlyandiyada ayollar tomonidan boshqariladigan firmalarda faqat bir ayol boshqaruvchi bо‘lgan korxonalar ustunlik qiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik ayollar orasida yanada keng tarqalgan[25].
    Norvegiyada tadbirkor ayollar uchun turli xil dasturlar mavjud[26]:
    – Innovasjon Norge kompaniyasining “Ayollar va biznes” dasturi. Uning maqsadi ayollarning biznes asoschilari, yetakchilari yoki boshqaruv kengashi a’zolari sifatidagi rolini oshirishga qaratilgan. Tashkilot har yili tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishgan ayollarni rag‘batlantirish va ularni namoyish etish maqsadida yilning “tadbirkor ayoli” nominatsiyasini tashkil qiladi;

    • Norvegiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (NHO) “Ayollar va kelajak” dasturini amalga oshiradi. Ushbu xayrli tashabbus ayollarga rahbarlik lavozimlarini egallash, direktorlar kengashida yoki xususiy sektorda ishlash uchun kо‘proq imkoniyatlar yaratishga qaratilgan’

    • va nihoyat, eng muhimi, yosh avlodning tadbirkorlik va biznes haqidagi ilk tushunchalarini shakllantirishga yordam beruvchi “Yosh tadbirkorlar” dasturi. Tadbirlarga qizlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Bangladeshda 1991–2010-yillarda 20 million aholi qashshoqlikdan chiqarilgan. Bu davr mobaynida kambag‘allarning umumiy aholi tarkibidagi ulushi 44,2 foizdan 18,5 foizgacha qisqardi. Bunda kambag‘al ayollarni tadbirkorlikka yо‘naltirish va ularni mikromoliyalashtirish masalasiga juda katta e’tibor qaratildi. Bangladesh tajribasini о‘rganishda, Bangladeshlik bankir, iqtisodiyot fanlari doktori, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish g‘oyasi uchun Nobel mukofoti sovrindori, Grameyen Bank rahbari va asoschisi – Muhammad Yunusning kambag‘allikdan chiqarish uchun mikromoliyalash usuli muhim ahamiyatga ega. Yunus islom jamiyati uchun radikal qadam tashladi: u hatto badavlat oilalarda ham kredit va pul munosabatlaridan chetda qolgan ayollarga qarz bera boshladi. Uning fikriga kо‘ra, ayollar uzoq muddatli istiqbolga ega, ular ancha vijdonli va birinchi navbatda, bolalarga g‘amxо‘rlik qilishadi. Shunday qilib, Yunusning dastlabki maqsadi о‘z mijozlari orasida ularning ulushini 50 foizga yetkazish edi. Bank xodimlari uyma-uy yurib, aholining, ayniqsa, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishi olti yil davom etdi. Grameyen Bank ma’lumotlariga kо‘ra, bugungi kunda ayollar moliya instituti mijozlarining 97 foizini tashkil qiladi. Shu bilan birga, qarz oluvchilarning umumiy soni taxminan 7,08 million kishiga yetadi. Bankning garovsiz chiqaradigan pullarni qaytarish kо‘rsatkichi 98 foizni tashkil qiladi[27].

    Download 136,78 Kb.
    1   2   3   4




    Download 136,78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xotin-qizlar о‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha xorij tajribasi

    Download 136,78 Kb.