• Nazariy qism OV ning turi deganda
  • Olchash vositalarini metrologik attestatlash
  • Laboratoriya ishi. Oʻlchash vositalaring turlari (tuzilishi, ishlash prinsipi va qoʻllanilishi). Ishdan maqsad




    Download 39 Kb.
    bet1/2
    Sana11.03.2024
    Hajmi39 Kb.
    #170052
      1   2
    Bog'liq
    1-laboratoriya ishi
    Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий

    1. laboratoriya ishi.

    Oʻlchash vositalaring turlari (tuzilishi, ishlash prinsipi
    va qoʻllanilishi).
    Ishdan maqsad O'lchash vositalarining (O'V) turini tasdiqlash. O'Vning turini tasdiqlash - bu metrologiya bo'yicha Milliy organ qarori bilan o'lchash vositasi turini mamlakat territoriyasida qo'llanilishini qonuniy tan olinishidir.
    Nazariy qism
    O'V ning turi deganda, bir maqsad uchun mo'ljallangan, bir ish tamoyiliga va bir hil konstruksiyaga va yagona texnik hujjatga ega bo'lgan o'lchash vositalari kompleksi tushuniladi.
    Davlat tekshiruvi va nazorati qo'llaniladigan sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan va import bo'yicha keltiriladigan o'lchash vositalari (O'V) davlat sinovlaridan o'tkazilib, ularning turi tasdiqlanishi yoki metrologik attestatlanishi lozim. Davlat sinovlarini o'tkazish, turini tasdiqlash va O'V ni Davlat ro'yhatiga kiritish ishlarini O'zstandart Agentligi bajaradi. • O'V ning turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni tashkillashtirish, o'tkazish tartibi va mazmuniga talablar va davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo'llanilishi mumkin bo'lgan O'V ning turini tasdiqlash tartibi O’z DSt 8.009:2004da o'rnatilgan. • O’z DSt 8.009:2004 standartning talablari O'zbekiston Respublikasida yaratiladigan va (yoki) seriyali ishlab chiqarilishi mo'ljallangan O'V ga va O'zbekiston hududiga import bo'yicha to'pi bilan keltiriladigan o'lchash vositalariga nisbatan qo'llaniladi.
    O'lchash vositalarini metrologik attestatlash.
    Ekspluatatsiyaga kam sonli O'V kiritish metrologik attestaciya orqali amalga oshiriladi. O'V metrologik attestatsiyani O'z Rst 8.011 bilan reglamentlangan. O'Vning MA Davlat metrologiya hizmati va yuridik shahslarning metrologiya hizmatining akkreditlangan organlari tomonidan o'tkaziladi. MA ijobiy natijalariga ko'ra O'V Davlat reestrda registraciya qilinadi va unga MA to‘g’risida sertifikat beriladi. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo'llaniladigan sohada foydalaniladigan yoki foydalanishga mo'ljallangan o'lchash vositalari metrologik attestatlanadi. Bunda quyidagilar attestatlanadi: • donalab ishlab chiqariladigan O'V; • chet mamlakatlardan donalab keltiriladigan O'V; • o'zining bevosita vazifasi bo'yicha qo'llanilmaydigan yoki xilni tasdiqlashda o'rnatilgan qo'llanish sharoitlaridan farqlanuvchi sharoitlarda qo'llaniladigan, vatanda yoki horijda ishlab chiqarilgan, turi tasdiqlangan O'V; • turi tasdiqlashda o'rnatilganlardan farqlanuvchi individual metrologik tafsilotlarni o'rnatishga imkon beruvchi texnik imkoniyatlarga ega, seriyalab ishlab chiqarilgan O'Vning dona nushalari; • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda tayyorlangan va metrologik attestatlashni o'tkazishni tashkillashtirishga va tartibiga umumiy talablarni o'rnatishda. O'Vni metrologik attestatlashning asosiy vazifalari: - O'Vning davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida o'z vazifasiga muvofiq qo'llanilishiga huquqli ekanligini o'rnatish; - attestatlanadigan O'V metrologik tafsilotlarining O'Vni yaratishga texnik topshiriqda o'rnatilgan yoki O'Vdan foydalanuvchi (attestatlashni buyurtiruvchi)ning attestatlashga topshirig’i (so'rovnomasi)ga binoan o'rnatilgan talablarga muvofiqligini baholash; - O'Vning haqiqiy metrologik tafsilotlarini aniqlash; - O'V texnik tafsilotlarining havfsizlik talablariga, gigienik va hos sinovlar jarayonida o'rnatilgan boshqa mahsus talablarga muvofiqlikning to'liqligini baholash.

    Download 39 Kb.
      1   2




    Download 39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi. Oʻlchash vositalaring turlari (tuzilishi, ishlash prinsipi va qoʻllanilishi). Ishdan maqsad

    Download 39 Kb.