-bob. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana06.11.2023
Hajmi1.64 Mb.
#94750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
528 сон 29 08 2020  O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari

2-bob. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish
9. Ariza beruvchi ushbu Qoidalarga 
2-ilovaga
muvofiq shakl bo‘yicha o‘lchash vositalarini
davlat sinovlaridan o‘tkazish uchun ijrochiga ariza yuboradi.
10. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish uchun berilgan arizada quyidagi
ma’lumotlar bo‘lishi kerak:


ariza beruvchining nomi, manzili va rekvizitlari;
o‘lchash vositalarini ishlab chiqaruvchining nomi va manzili;
o‘lchash vositalarining nomi va ularning vazifasi;
o‘lchash vositalarining metrologik va texnik tavsiflari;
o‘lchash vositasining turini tasdiqlash bo‘yicha talablar ko‘rsatilgan hujjat belgilanishi va nomi.
11. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
tasdiqlanadigan turdagi o‘lchash vositalari (kamida uch nusxada);
o‘lchash vositalarining ekspluatatsiya va texnik hujjatlari;
O‘zbekiston Respublikasida seriyalab ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan o‘lchash vositalariga
talablar belgilangan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat yoki normativ hujjat
loyihasi.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar hujjatlar
boshqa tillarda bayon etilgan bo‘lsa, u holda ularga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning
ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali
taqdim etilishi mumkin.
12. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi va o‘lchash vositalarini davlat
sinovlaridan o‘tkazishga ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi, davlat sinovlaridan o‘tkazish
imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa — ariza beruvchiga davlat sinovlarini o‘tkazishni rad etish
sabablarini ko‘rsatgan holda xat yuboradi.
O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish uchun shartnomalar elektron shaklda
tuzilishi ham mumkin.
13. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 
11-bandida
nazarda tutilmagan hujjatlar va
ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi
mumkin.
14. Ijrochi besh ish kunidan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni arizaga asosan
ijrochi va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida metrologik ekspertizadan (keyingi
o‘rinlarda ekspertiza deb ataladi) o‘tkazadi hamda ekspertiza natijalariga asosan ekspert xulosasini
rasmiylashtiradi.
15. Taqdim etilgan hujjatlarning ekspertizasi metrologik talablar, o‘lchashlar birligi bilan
bog‘liq qoidalar va normalar qo‘llanishining to‘g‘riligi va to‘liqligini aniqlash maqsadida amalga
oshiriladi.
Ekspertiza o‘tkazish vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati, ijrochi
tomonidan ariza beruvchiga ekspert xulosasi taqdim etilgandan so‘ng o‘ttiz ish kunidan ortiq
bo‘lmasligi kerak.
Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan keyin, hujjatlarni qayta
ekspertiza qilish zarur hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda
amalga oshiriladi. Hujjatlarni qayta ekspertiza qilish uchun to‘lov undirilmaydi. Nomuvofiqliklarni
bartaraf etish bo‘yicha belgilangan muddatdan keyin topshirilgan hujjatlar yangidan topshirilgan
hisoblanadi.
Ekspertiza natijalari ijobiy bo‘lganda ijrochi besh ish kunidan oshmaydigan muddatda
o‘lchash vositalarini sinash dasturini va qiyoslash uslubiyotini ishlab chiqadi va uni ariza beruvchi
bilan kelishadi, o‘lchash vositalarining turini sinovdan o‘tkazish joyini va ariza beruvchi bilan
kelishgan holda sinovlar o‘tkazish jadvalini belgilaydi.
16. O‘lchash vositalarini sinash dasturi va qiyoslash uslubiyoti, o‘lchash vositalari texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar inobatga olingan holda ishlab
chiqiladi.
17. Seriyali ishlab chiqarish, shu jumladan, import bo‘yicha olib kirish uchun mo‘ljallangan
o‘lchash vositalarining davlat sinovlari ishlab chiqaruvchi zavodning ishlab chiqarish joyida


o‘tkaziladi. O‘lchash vositalarini ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish joyida davlat sinovidan
o‘tkazish hajmi va davomiyligi ariza beruvchi bilan kelishgan holda o‘lchash vositalarini sinash
dasturiga muvofiq belgilanadi va tuziladigan shartnomada qayd etiladi.
18. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish davomiyligi yigirma besh ish kunidan
oshmasligi kerak, sinovlar o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan o‘lchash
vositalari bundan mustasno.
19. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish jarayonida o‘lchash vositalarining
namunalari (nusxalari)ni sinash dasturiga muvofiq eksperimental tadqiq qilinadi va ularning
natijalariga ishlov beriladi va tasdiqlanayotgan turdagi o‘lchash vositasining qiyoslash uslubiyotlari
eksperimental tarzda sinab ko‘riladi.
20. To‘plar yoki yagona nusxada import bo‘yicha olib kiriladigan o‘lchash vositalarining iqlim
va mexanik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Laboratoriyalarni akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro
tashkilot (ILAC) tizimida akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar tomonidan berilgan amaldagi
sinash bayonnomalari taqdim etilgan holda ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha eksperimental
tadqiqotlar o‘tkazilmaydi.
Bunday holda sinov natijalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga haqiqatda olib kiriladigan
o‘lchash vositalarining butun to‘plamiga nisbatan tatbiq etiladi.
21. O‘lchash vositasini sinash dasturi bandlari bo‘yicha o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan
o‘tkazish natijalari sinash (o‘lchash, qiyoslash va kalibrlash) bayonnomasi shaklida rasmiylashtiriladi.
22. O‘lchash vositalari davlat sinovlarining natijalari bo‘yicha bayonnomasi hamda ushbu
Qoidalarga 
3-ilovaga 
muvofiq shakl bo‘yicha o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida sinash
dalolatnomasi tuziladi. Bayonnoma dalolatnomaga majburiy ilova hisoblanadi.
23. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish natijalari salbiy bo‘lganda ijrochi uch ish
kuni mobaynida nomuvofiqlik sabablarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda ariza beruvchiga bu
haqda xabar beradi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati kamchiliklarning xususiyatiga bog‘liq
holda belgilanadi, biroq bu muddat ariza ro‘yxatga olingan kundan boshlab uch oydan oshmasligi
kerak.
24. Ariza beruvchi dalolatnomada bayon etilgan nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini
ko‘radi.
25. Dalolatnomada ko‘rsatilgan nomuvofiqliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan
taqdirda, ijrochi uch ish kuni mobaynida o‘lchash vositalarini sinovdan o‘tkazish uchun arizani bekor
qiladi.
26. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli hujjatlar
taqdim etilgandan so‘ng ijrochi uch ish kunidan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni
tekshiradi va zarur bo‘lganda o‘lchash vositasini takroran davlat sinovlaridan o‘tkazadi.
27. O‘lchash vositalarini takroran sinovdan o‘tkazish natijalari salbiy bo‘lganda ijrochi bir ish
kuni mobaynida ariza beruvchiga o‘lchash vositasining turini tasdiqlashda aniqlangan
nomuvofiqliklarni ko‘rsatgan holda keyinchalik o‘lchash vositalarini sinovdan o‘tkazishni rad etish
to‘g‘risida xulosa beradi.

Download 1.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish

Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish