-bob. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, bekor




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/26
Sana06.11.2023
Hajmi1.64 Mb.
#94750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
528 сон 29 08 2020  O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari

3-bob. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, bekor
qilish va dublikatini berish
41. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib
turilishi mumkin:
o‘lchash vositasining sifati yomonlashganligi bo‘yicha o‘lchash vositalari foydalanuvchilarining
asosli shikoyatlari (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda o‘lchash
vositalariga belgilangan talablarga nomuvofiqlik) mavjud bo‘lganda;
o‘lchash vositasining davriy metrologik tekshiruvi va uni nazoratdan o‘tkazish jarayonida
o‘lchash vositasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda o‘lchash
vositalariga belgilangan talablar bo‘yicha nomuvofiqliklar soni ko‘payishi to‘g‘risida rasmiy
ma’lumotlar (akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar)
mavjud bo‘lganda;
ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘lchash vositasining konstuksiyasiga va ishlab chiqarish
texnologiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi to‘g‘risida ijrochiga xabar berilmaganligi
aniqlanganda.
Oldingi
 tahrirga qarang.
42. Ijrochi ushbu Qoidalarning 
41-bandda
ko‘rsatilgan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash
sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar aniqlanganda o‘n ish kuni
mobaynida tegishli xulosani rasmiylashtiradi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish
agentligiga taqdim etadi.
Taqdim etilgan hulosa asosida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi uch ish
kuni mobaynida o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish
to‘g‘risida qaror qabul qiladi. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining o‘lchash
vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori qabul
qilingan kundan boshlab ijrochi tomonidan uch ish kuni mobaynida u ariza beruvchiga yetkaziladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
43. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib
kelgan holatlarni bartaraf etish muddati kamchiliklarning xususiyatiga bog‘liq holda belgilanadi,
biroq bu muddat O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining o‘lchash vositalari turini
tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan
boshlab olti oydan oshmasligi kerak.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)


44. Ariza beruvchi tomonidan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini
to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etganida, yozma shakldagi ma’lumotni ijrochiga
taqdim etadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
45. Ijrochi o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish
to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida yozma shakldagi ma’lumotni
olgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish
agentligiga o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib
kelgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi xulosani taqdim etadi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
46. Ijrochi tomonidan taqdim etilgan xulosa asosida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga
solish agentligi uch ish kuni mobaynida sertifikatning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul
qiladi va bu to‘g‘risida ijrochi tomonidan uch ish kuni mobaynida ariza beruvchiga xabar beradi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
47. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda bekor
qilinishi mumkin:
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish bo‘yicha
qarorda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda
o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish holatlari ishlab
chiqaruvchi tomonidan bartaraf etmaganda;
(47-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-
martdagi 114-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-
son)
ishlab chiqaruvchi o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini bekor
qilishi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
turi tasdiqlangan o‘lchash vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs tugatilganda —
tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta
tashkil etilgan paytdan e’tiboran.
48. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turining ta’rifi
yo‘qotilganda yoki unga zarar yetkazilganda ijrochi tomonidan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash
sertifikatining yoki o‘lchash vositalari turi ta’rifining dublikati ariza beruvchining arizasiga asosan
o‘n ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi, bunda dublikatning yuqori qismi o‘ng tomoniga:
“DUBLIKAT 20__ yil “___” ____________da BERILGAN” so‘zlari yoziladi.
49. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turning ta’rifidagi
imloviy, grammatik xatolarni tuzatish o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash
vositalari turining ta’rifini bekor qilish hamda yangi o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati
yoki o‘lchash vositalari turning ta’rifi oldin berilgan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki
o‘lchash vositalari turining ta’rifidagi sana ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilishi yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
50. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikat amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash va bekor
qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy
saytida ochiq e’lon qilinadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)

Download 1.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, bekor

Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish