Tikuv mashinasida ishlashdagi sanitariya-gigiyena, texnika xavfsizligi qoidalari




Download 2,55 Mb.
bet8/9
Sana28.01.2024
Hajmi2,55 Mb.
#147576
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘quvchilarga “Fartuk va qalpoqchani tikib, oxirgi ishlov berish” mavzusini o‘qitish ijodkorlikni shakllantirish metodikasi

2.2.Tikuv mashinasida ishlashdagi sanitariya-gigiyena, texnika xavfsizligi qoidalari.


Ish o‘rniga yorug‘lik old yoki chap tomondan tushishi lozim.O‘rindiqni mashina ignasining to‘g‘risiga qo‘yib, boshni sal oldinga egib o‘tirish kerak.Tikuvchi bilan mashina stoli orasi 10–15 sm bo‘lishi lozim.Sochlar ro‘mol ostiga yig‘ishtirilgan bo‘lishi kerak.Mashinalar, asbob-uskunalarning yaroqliligini tekshirib turish kerak.Mashinada ishlayotganda qo‘l holatining to‘g‘ri bo‘lishiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Ishlayotgan mashinani moylash, ustidan narsalarni uzatish mumkin emas.
Kerakli asbob-uskunalar,jihoz va moslamalar Xonada katta va kichik bichish qaychilari, katta lineykalar, santimetrli lenta, bir nechta ish qutilari bo‘ladi. Unda tikish jarayonida zarur bo‘lgan ish qurollari: qaychi, ignalar to‘plami, to‘g‘nag‘ichlar, pichoqli halqa, iz tushirgich, bo‘r, santimetr lenta, angishvona, qalam, masshtab lineykasi bo‘ladi. Mehnat xonasiga kirgan o‘quvchi ish kiyimida bo‘lishi talab etiladi.
Tехnikа xаvfsizligi qоidаlаri vа sаnitаriya-gigiyеnа tаlаblаri: Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonasi sanitariya- gigiyena talablari, mehnat va xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga javob berish kerak. Xonaning harorati 19– 21°C bo‘lishi lozim. Xona o‘z vaqtida shamollatib turiladi. Xonaning havosi deraza, eshik orqali hamda mexanik usulda ventilatordan foydalanib, almashtiriladi. Bundan tashqari, qish faslida xonani maxsus isitish tarmoqlari yordamida isitish lozim. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonasi yaxshi yoritilishining muhim ahamiyati bor. Yoritish yaxshi bo‘lmasa,mehnat qobiliyati pasayadi, ko‘z toliqadi va shikastlanishimumkin. O‘quvchilarning mehnat qobiliyatlari yanada yaxshi bo‘lishi uchun xonalarni quyosh tushishiga qarab och ranglarga bo‘yash kerak. Ish joylari yoniga o‘ziga mos bo‘lgan mehnat xavfsizligi qoidalari osib qo‘yiladi. Xonada birinchi yordam ko‘rsatishda zarur bo‘ladigan dori quti, albatta, bo‘lishi kerak. Dori qutisi yonida eng yaqin davolash maskanining manzili va unga borish chizmasi osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Moda yaratish uchun asosan asos chizmasiga model chiziqlari kiritiladi. Shu chizmaga birori chiziqni qo’shib yoki undan biror chiziqni olib tashlab qismlar shaklini o’zgartirish modellashtirish deyiladi. Kiyimlar qaysi vaqtda kiyilishiga qarab har xil gazlamalardan tikiladi. Fartuk va qalpoqchalarni tikishda ochiq rangli sidirg’a yoki mayda gulli zigir yoki paxta tolasidan to’qilgan gazlamalar tanlanadi. Bunday gazlamalarning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lishdan tashqari ular oson yuviladi, yaxshi dazmonlanadi.
Fartukning andozasini gazlamaning buklangan joyiga ko’rsatilgan chok haqini hisobga olib joylashtirish to’nog’ich taqiladi. Andoza atrofini chizb chiqish gazlamaga joylashtiladi. Etak yon qismlarning choklariga ishlov berish. Chok haqni qoldirib bo’r bilan chizib chiqish andoza qismlarning gazlamaga to’g’ri joylashtirganini tekshirish bo’ylama ipning yo’nalishi gullari andoza qismidagi chok haqni to’g’ri tushuntirish. Fartukning etak qismi qirqimning uzunligidan bir yarim baravar ko’proq bezak detal to’r yoki qiya burma olinadi. Agar bezak detal burmalardan iborat bo’lsa uning bir tomoniga mashinada yorma qalliq bilan ishlov beriladi.
Fartuklar va qalpoqchalar uchun gazlama tanlash. Kiyimlar qaysi
vaqtda kiylishiga qarab har xil gazlamalardan tikiladi. Umuman fartuk va
qalpoqchalarni tikishda ochiq rangli sidirg‘a yoki mayda gulli zig‘ir yoki
paxta tolasidan to‘qilgan gazlamalar tanlanadi. Bunday gazlamalarning
tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lishidan tashqari, ular oson yuviladi, yaxshi
dazmollanadi. Shuning uchun gazlamani tanlashda uning tеxnologik
xususiyatlariga ham e'tibor bеrish kеrak.To‘qimachilik sanoatida eni bir xil (60 santimеtrdan 1 m 60 santimеtrgacha) gazlamalar ishlab chiqarilmoqda. Shuning uchun kiyimga kеtadigan gazlama miqdorini aniqlashda uning eni hisobga olinadi.Asbob va moslamalar: masshtabli va 50 sm li chizg‘ichlar, burchakli chizg‘ich, turli lеkalolar, qalam – TM va 2M, o‘chirg‘ich, albom, qaychi.Masshtab 1:4 da chizilgan chizma asosida o‘z razmеriga fartuk
va bog‘ichli qalpoqcha chizmasi chiziladi. Fartukning va qoplama
cho‘ntakning etak qismlari аylаnа shакligа kеltirilib modеllashtiriladi.
Asos chizmasi va modеllashtirilgan chiziqlar bo‘ylab fartuk va qalpoqcha
chizmalari qirqiladi va andozani bichishga tayyorlanadi, ya’ni:1. Kiyim nomini andozaga yozib qo‘yish – Ko‘krakpеch qismi yaxlit bo‘lgan fartuk2. Andozaga kiyim razmеrini yozib chiqish – 38-razmеr. 3. Andoza dеtallarining sonini ko‘rsatish – 1 dona 4. Andozada gazlamaning bo‘ylama ip yo‘nalishini aniqlash.5. Andozada gazlamadan qoldirib bichiladigan chok haqining miqdorini yozib chiqish – yon qirqimida 1 sm.
Fartuk bir necha qismlardan iborat, ular ko’krakqismi, bog’ichi, belbog’i, etagi va cho’ntaklardan iborat bo’ladi.Chizmasini chizish. Fartuk qismlarining o’lchovlarini jadvaldan olib chizamiz Tayyor bo’lgan chizmalardan andaza olinadi va andaza gazlamaga joylashtirilib qirqiladi. Bichib olingan fartuk qismlari tikiladi.Talabalar tomonidan tayyorlangan amaliy ish namunalari qabul qilinadi, ularga ish mazmuni bo’yicha taxliliy xulosalar beriladi. Bajarilgan ishlar baholanadi(ajratilgan mezon asosidagi ballar kesimida ) mustaqil shug’illanish uchun topshiriqlar hamda uyga beriladigan vazifalarni tushuntiriladi, kelgusi amaliy mashg’ulot uchun kerakli xom- ashyo hozirlashga e’tibor qaratiladi. Did bilan yaxshi, toza va milliy uslubda kiyinishga yoshlikdan o‘rganish zarur. Bolalarning gavdasiga munosib va qulay kiyim tanlash kerak. Kiyimlar o‘z vazifasiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: uy kiyimi – uyda kiyiladi; kundalik kiyim – ishda har kuni kiyiladi; sport kiyimi – dam olishda, sport mashg‘ulotlarida kiyiladi; bashang kiyimlar – turli kechalarda, to‘y-tantanalarda kiyiladi;Ish kiyimi – uy yumushlarini bajarishda, mehnat darslarida kiyiladi.Kiyim tikish uchun quyidagi ketma-ketlikka rioya qilinadi:
1. Odam gavdasidan o‘lchov olish.
2. Tikiladigan kiyim fasonini tanlash va uning eskizini chizish.
3. Gazlama tanlash va uning xossalarini aniqlash.
4. Buyum chizmasini qurish, chizma asosida andaza tayyorlash,ularning atrofini qirqib chiqish.
5. Andazani bichishga tayyorlash, andazaga belgilar qo‘yish.
6. Gazlamani bichishga tayyorlash va andazani joylashtirish.
7. Buyumni bichish va tikish, tayyorkiyimni pardozlash.Fartuk chizmasini chizish uchun gavdadan o‘lchov olish ko‘rsatilgan.O‘lchovni to‘g‘ri olish uchun gavdaning asosiy chiziqlari o‘rinlari: bo‘yin chizig‘i, ko‘krak chizig‘i, bel chizig‘i, bo‘ksa chizig‘i, etak chizig‘i aniqlanadi.
O‘lchov olishda quyidagilarga amal qilinadi:
1 O‘lchov santimetr lentasi bilan amalga oshiriladi, uni tortibyoki bo‘sh qilib o‘lchash mumkin emas.
2. Belning ixcham joyidan belbog‘ bilan bog‘lanadi.
3. O‘lchov olinayotganda gavdani to‘g‘ri, bo‘sh tutib turishkerak, aks holda o‘lchov noto‘g‘ri chiqadi.
4. Aylana o‘lchovlari to‘liq olinib, uning yarim qiymatiyoziladi, chunki fartuk chizmasining yarmi chiziladi. Uzunlik o‘lchovlari esa to‘liq yoziladi. Gavdadan olingan o‘lchovlarqiymati quidagi jadvalda keltirilgan. Modеllashtirish. Moda yaratish uchun asosan asos chizmasiga modеl chiziqlari kiritiladi. Asos chizmasi – bu o‘lchovlar va hisoblash formulalaridan foydalanib chizilgan chizma. Ishni bajarishda avval tanlangan fason bo‘yicha asosiy chizma chiziladi. Shu chizmaga biror chiziqni qo‘shib yoki undan biror chiziqni olib tashlab, qismlar shaklini o‘zgartirish modеllashtirish dеyiladi.
Kiyimning qismlari shaklini o‘zgartirmay, ularni bеzatish yo‘li bilan
ham modеllashtirish mumkin.Bu fartuklar turli ko‘rinishda va har xil bеzaklar bilan tikilgan. Bеzakmatеriallariga jiyak, to‘r, kashta, quroq bulardan tashqari applikatsiyalar kiradi. Applikatsiya yordamida bkzatilgan fartuklar sho‘xchan bo‘lib ko‘rinadi.
Gavdadan olingan o‘lchovlar asosida buyum chizmasini bajarish. Fartuk chizmasini chizish uchun kerakli ish qurollari:masshtab lineykasi, uchburchak chizg‘ich, turli o‘lchamdagi lekalolar 35-rasmda keltirilgan. Shuningdek, chizmada ishlatiladigan chiziq va shartli belgilar 2-jadvalda ko‘rsatilgan Fartuklar va qalpoqchalar uchun gazlama tanlash. Kiyimlar qaysi vaqtda kiyilishiga qarab har xil gazlamalardan tikiladi. Umuman, fartuk va qalpoqchalarni tikishda ochiq rangli sidirg‘a yoki mayda gulli zig‘ir yoki paxta tolasidan to‘qilgan gazlamalar tanlanadi. Bunday gazlamalarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lishidan tashqari, ular oson yuviladi, yaxshi dazmollanadi. Shuning uchun gazlamani tanlashda uning texnologik xususiyatlariga ham e’tibor berish kerak.To‘qimachilik sanoatida eni har xil (40 santimetrdan 2,80 metrgacha) gazlamalar ishlab chiqarilmoqda. Shuning uchun kiyimga ketadigan gazlama miqdorini aniqlashda uning eni hisobga olinadi.

Хulоsa
Men ushbu kurs ishini tayyorlar ekanman O'quvchilarga “Fartuk va qalpoqcha uchun chizma chizish, modellashtirish” mavzusini o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash mavzusini o’qitish ijodkorlini shakllantirish metodikasi texnologiyalarini qo’llash nihoyatda muhim ahamiyatga egaligi va bu zamon talabi ekanligiga amin boldim.
Bu kurs ishi mavzusidan kelib chiqib quyidagi xulosalarga keldim:
1. Gavdadan o’lchov olish jarayonida oquvchilarning ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanadi o’quvchilar mustaqil fikrlashga o’rganadilar;
2. Mavzuni o’rganishda o’quvchi qizlarda boshlang’ich dizaynerlik xususiyatlari rivojlantiradi, o’lchov olish jarayonida bichish usullari, rejalashtirish kabi ishlar bilan amaliy tanishadilar;
3. O’quvchi qizlar bu mavzuni o’rganish davomida quyidagi kasblar: tikuvchilik, to’quvchilik, dizaynerlik, bichish haqida chuqur bilimga ega bo’ladilar;
4. O’quvchi qizlar ushbu mavzuni o’rganish davomida ularning kelgusi maishiy hayotida uchraydigan muammolarni yechish uchun zarur bo’lgan bilim ko’nikma va malakalarni egallaydilar;
5. Ushbu mavzuni o’rganish davomida pedogogik texnologiyalardan foydalanish natijasida so’ngi zamonaviy ishlab chiqarish haqida o’quvchilarda qo’shimcha ma’limotlar va bilimlar paydo bo’ladi;
Fartuklar ayollarning kundalik turmushdagi eng zaruriy buyumlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham uni tikish ni har bir qiz bilishi kerak. Chunki hech bir ishni fartuksiz bajarib bo’lmaydi. Bundan tashqari fartuk tikish aytaylik darajada qiyin emas. Ozgina sabr qilinsa tezda tikib olinadi. Va xohlaganday bezak berib o’zining dididay qilib bezasa bo’ladi. Kiyimlar qaysi vaqtda kiyilishiga qarab har hil gazlamalardan tikiladi.Umuman fartuk va ro’molni tikishda ochiq rangli sidirg’a yoki mayda gulli yoki paxta tolasidan to’qilgan gazlamalar tanlanadi.Bunday gazlamalarning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lishidan tashqari, ular oson yuviladi, yaxshi dazmollanadi. Shuning uchun gazlamani tanlashda uning texnologik xususiyatlariga ham e’tibor berish kerak.To’qimachilik sanoatida eni har hil gazlamalar ishlab chiqarilmoqda.Shuning uchun kiyimga ketadigan gazlama miqdorini aniqlashda uning eni hisobga olinadi.Fason gazlamaga, uning bajaradigan ishiga, rangiga, fasliga, yoshga qarab tanlanadi.Fartuk va ro’molni tayyorlashda ularga turli usulda ishlov berish va tikish mumkin.Kurs ishini yoritish jarayonida mana shunday jihatlarga alohida e`tibor berishni maqul bildim. Chunki, fartuk oddiy detallardan tashkil topgani bilan uy`ro`zg`or yumushlari jarayonida juda ham zarurligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda fasonlari,kiyilish pozitsiyalariga qarab ham alohida turlarga bo`linadi.Ayni shundan kelib chiqib o`quvchilarga dars jarayonida ham o`quv adabiyotlardagi ma`lumotlarni hamda zamonaviy ma`lumotlarni ham iloji boricha yetkazib berishga harakat qildim. Tana o‘lchamlari, odatda, aniqlanayotgan o‘lchamdan sezilarli darajada farq qiladi. Shuning uchun o‘lchov o‘tkazilayotgan paytdagi tananing holati oldindan belgilanadi va qayta o‘lchashda aynan shu holat qaytarilishiga e’tibor beriladi.
O‘lchovlar vertikal va gorizontal tekisliklar bo‘yicha olib boriladi. Ya’ni, vertikal sagittal va frontal tekisliklari hamda gorizontal transversal tekisligi bo‘yicha o‘lchovlar olinadi.
O‘lchov olish vaqtida odam gavdasi muayyan vaziyatni egallashi, ya’ni zo‘riqmasdan, to‘g‘ri turishi hamda qomatining odatdagi holatini saqlashi, bosh ko‘z-quloq gorizontal chizig‘idan chetga og‘masligi, qo‘llar tushirilgan, barmoqlar yozilgan, tizza bukilmagan bo‘lishi, tovonlar juftlashtirilgan va oyoqlar uchi ikki tomonga kerilishi lozim.

Download 2,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tikuv mashinasida ishlashdagi sanitariya-gigiyena, texnika xavfsizligi qoidalari

Download 2,55 Mb.