|
Fartuk va qalpoqchani tikib, oxirgi ishlov berish
|
bet | 6/9 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 2,55 Mb. | | #147576 |
Bog'liq O‘quvchilarga “Fartuk va qalpoqchani tikib, oxirgi ishlov berish” mavzusini o‘qitish ijodkorlikni shakllantirish metodikasiDarsning borishi
1. Tashkiliy qism. (5 daqiqa). Salomlashish. o‘quvchilarning va xonaning darsga tayyorgarligini nazorat qilish. Davomatni aniqlash.
2. O‘tgan dars mavzusi va Yangi mavzu uchun zaruriy materiallarni takrorlash ( 10 daqiqa). O‘quvchilarning o‘tgan mavzu yuzasidan bilimlarini tekshirish.O‘quvchilar javoblari umumlashtirilib va Yangi mavzu yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar berish.
3. Yangi mavzu yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar (30 daqiqa). Reja: Yangi mavzuni tushuntirish uchun reja beriladi va rejaga asosan tushuntiriladi.
Bugun yosh bolalar va shu qatorda kattalar uchun oshxona fartugini bichib tikish texnologiyasini o'rganamiz. Bunaqa kiyim uchun o'lcham olish no standart bo'lsa ham juda oddiy. Kimga fartuk tikmoqchi bo'lsangiz. Shunchaki u insonning egnida shu kiyimni tasavvur qilasiz va o'lchamlarni olaverasiz. Yanada tushunarli bo'lishi uchun - suratlar bilan tushuntiraman.
1- Tasavvurdagi fartuk shaklini chizamiz, yoki shunchaki tasavvur qilamiz,
2-Yuqori kenlik,
3- Old uzunlik,
4- Old kenglik,
5- Bo'yin qismi uzunligi
6- Fartuk uzunligi.
Quyida chizilgan andozada standart o'lchovlarda berilgan qismlari 4-7 yoshli bolalarga mos keladi.
Eslatma: Chizmani to'g'ridan to'g'ri matoga chizishingiz mumkin.
Ishning borish jarayonini kuzating, o'rganing.
Qiya beyka bilan bilan ishlash: Qiya beyka bilan ishlov bermoqchi bo'lsangiz, beykani bichayotganda mato to'liq qiya buklanishi kerak yarim qiya buklangan matodan, chiroyli qiya beyka tikib bo'lmaydi.
**Qiya beykani ulaganda qiyaligicha ulanadi.
Har bir chokka dazmol bilan ishlov berishni unutmasligimiz kerak.
Qiya beyka bilan fartuk chetlariga ishlov berish bosqichlari birma bir ko'rsatib o'tilgan. Fartukning 2 tomon belbog'i , 2 tomon qo'ltiq o'mizi, bo'yinga osilib turuvchi qismi - birdaniga beykani uzmasdan turib tikiladi.
|
| |