II BOB. FARTUK VA QALPOQCHA UCHUN CHIZMA CHIZISHNI MODELLASHTIRISH




Download 2,55 Mb.
bet7/9
Sana28.01.2024
Hajmi2,55 Mb.
#147576
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘quvchilarga “Fartuk va qalpoqchani tikib, oxirgi ishlov berish” mavzusini o‘qitish ijodkorlikni shakllantirish metodikasi

II BOB. FARTUK VA QALPOQCHA UCHUN CHIZMA CHIZISHNI MODELLASHTIRISH
2.1. Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini chizish metodikasi
Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini chizish metodikasi:
1. Gavdadan o‘lchov olish qoidalari. (5 daqiqa)
2. Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini tayyorlash uchun gavdadan o‘lchov olish. (10 daqiqa) 3.Masshtab lineykasini tayyorlash. Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini chizish. amaliy mashg‘ulot (25 daqiqa).
III. Dars yakuni.
1. Uyga vazifa berish. (3daqiqa) Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini rangli qog‘ozga chizib kelish.
2. Ish o‘rnini yig‘ishtirish. (2 daqiqa)
Yo‘l qo‘yilsa tayyorlanayotgan buyumning sifatsiz bo‘lishiga olib kelishini o‘quvchilarga tushuntirish kerak. Chizma chizishda asosiy va yordamchi chiziqlarni chizish tartibi va uning sabablari aniq ko‘rsatiladi. Asosiy chizmani daftarga chizishdan oldin albatta o‘lchovlarni kichraytirish uchun masshtabli chizg‘ich tayyorlab olinadi. Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini chizishda o‘qituvchi va o‘quvchilar birgalikda har bir ishni bosqichma bosqich chizib boradilar. Chizmaning har bir chizig‘ini o‘am o‘qituvchi tushunarli xolatda izoqlab berishi shart, o‘quvchilar o‘am darsda faol qatnashishlari kerak. Barcha o‘quvchilarning o‘quv qurollari to‘liq bo‘lmasa dars kutilgan natijani bermaydi. Bu mavzuni o‘tish uchun o‘quvchilarni oldindan darsga tayyorlash zarur bo‘ladi. Mavzuni o‘qitishda ko‘rgazmali , amaliy metodlardan foydalanish mumkun. Darsning yakunida o‘qituvchi barcha o‘quvchilarning dars jarayonida chizgan chizmalarini ko‘rib chiqib xatolarini ko‘rsatib beradi. Darsning borishi 1. Tashkiliy qism. (5 daqiqa).
Salomlashish. o‘quvchilarning va xonaning darsga tayyorgarligini nazorat qilish. Davomatni aniqlash. 2. O‘tgan dars mavzusi va Yangi mavzu uchun zaruriy materiallarni takrorlash ( 10 daqiqa).
O‘quvchilarning o‘tgan mavzu yuzasidan bilimlarini tekshirish.O‘quvchilar javoblari umumlashtirilib va Yangi mavzu yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar berish. 3. Yangi mavzu yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar (30 daqiqa).
Reja: Yangi mavzuni tushuntirish uchun reja beriladi va rejaga asosan tushuntiriladi. Mavzu: Gavdadan o‘lchov olish. Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini chizish metodikasi REJA: 1. Gavdadan o‘lchov olish qoidalari. (5 daqiqa) 2. Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini tayyorlash uchun gavdadan o‘lchov olish. (10 daqiqa) 3.Masshtab lineykasini tayyorlash. Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini chizish. amaliy mashg‘ulot (25 daqiqa). III. Dars yakuni. 1. Uyga vazifa berish. (3daqiqa) Fartuk va bog‘ichli qalpoqcha chizmasini rangli qog‘ozga chizib kelish. 2. Ish o‘rnini yig‘ishtirish. (2 daqiqa)
Ish o'rnini tashkil qilish:Umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan mehnat ta’limi darslarining samarali olib borilishi ko‘p jihatdan gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonalarining moddiy ta’minlanganligida ko‘rinadi. Mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida yuzaga keladigan shovqin ta’sirini kamaytirish uchun gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonalariga alohida joylashtiriladi. Xona bichish-tikish ishlarini olib borish uchun ixtisoslashtiriladi. Xona keng, yorug‘, quruq, 12–15 ta o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, bir burchagida kiyib ko‘rish xonasi ajratilishi, unda albatta ko‘zgu bo‘lishi kerak. Xonada bajarilgan ishlarni ko‘rsatish uchun ko‘rgazma javonlari va taxtalari, manekenlar, ko‘rgazmalar va texnik hujjatlarni saqlash uchun javonlar bo‘ladi. Xona o‘quvchilarning ishlarini targ‘ib qiluvchi stendlar bilan jihozlanib, ularni «Tikuvchilar qirolichasi», «Yosh tikuvchi», «Mohir tikuvchi», «Chokdan buyumgacha», «Yosh dizayner» deb nomlash mumkin. Xonada har 2 ta o‘quvchi uchun bitta maishiy tikuv mashinasi, imkoniyat darajasida hamma foydalanishi uchun maxsus mashinalar, dazmol stoli suv purkagichli apparati bilan, bichish stoli bo‘ladi. Dazmollash stolining ustiga chit gazlamadan g‘ilof tikilib, vaqti-vaqti bilan tozalab va almashtirib turiladi. Dazmol bilan ishlaganda oyoq tagiga rezina gilamcha to‘shaladi.

Download 2,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. FARTUK VA QALPOQCHA UCHUN CHIZMA CHIZISHNI MODELLASHTIRISH

Download 2,55 Mb.