Arrali jin ishchi kamerasiga tezlatgich o’rnatish




Download 6,26 Mb.
bet6/7
Sana19.05.2024
Hajmi6,26 Mb.
#243565
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qobiljon

6. Arrali jin ishchi kamerasiga tezlatgich o’rnatish
Arrali jin ishchi kamerasida xom ashyo valigi hosil bo’lib, uning holati butun jarayonni borishiga hamda jinlash jarayonda chiqayotgan mahsulot tola va chigitning tabiiy xususiyatlari hamda sifat ko’rsatkichlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Hosil bo’lgan xomashyo valigining aylanishi va zichligi ishchi kameraning tuzulishi, paxtani ta’minlashi va chigitning chiqishiga bog’liq. Ishchi kameraning zichligini bartafaf etish, undan chiqayotga mahsulot sifatini yaxshilash eng asasiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozigi kungacha ko’pgina professor va olimlar tomonidan arrali jin mashinasi uchun yangidan-yangi taklif va mulohazalar keltirilgan. Ishchi kamera elementlarining arraga nisbatan joylashishi, tuzilishi va o‘lchamlari, hamda tirqishlari arrali jinlash jarayoniga ma’lum miqdorda ta’sir qiladi. Shu elementlarning vazifalarini va jinlash jarayoniga ta’sir darajasini tahlil qilish mumkin. Ishchi kamerasining kolosnik panjarasi arra tishiga ilingan tola bilan ichkariga kirib ketishini ta’minlab turadi, hamda asosiy jarayon, ya’ni tolani chigitdan ajratishni amalga oshiradi. Undan tashqari jinlangan chigitni pastga mashinadan chiqishini ta’minlab turadi. Xozirda ishlab turgan ishchi kameraning ishlashini tahlil qilsak, uning tuzilishi mukammal emasligini ko‘ramiz, chunki ichidagi xom ashyo valigining zichligini ortishi, hamda elektroenergiya sarfining ko‘p ekanligi ma’lum. Chunki xom ashyo valigining aylanish tezligini hisobga olganda, ishchi kamerasi tuzilishininig eng maqbuli- bu aylanaga yaqinidir (ya’ni bir radius bilan). Xozirgi ishchi kameraning tuzilishi bundan uzoqdir. Shuning uchun xom ashyo valigi aylanganda, unda markazdan qochma kuch oshib va o‘z-o‘zini to‘xtatish xususiyatiga olib keladi, undan tashqari, elektr-energiya sarfini oshirib yuboradi.
Arra tishiga ilingan tola xom ashyo valigining kuchlanishini oshirib, jinlash jarayoni (O-tola ajratish nuqtasi) gacha boradi. Ammo kuchlanish ishchi kamera radiusiga qarab xar xil ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi, ya’ni radius qancha kam bo‘lsa, xom ashyo valigidagi kuchlanish shuncha ko‘p bo‘ladi.
Keyinchalik tola chigitidan ajratilgandan so‘ng sirg‘alish paydo bo‘ladi, bu ko‘rsatkich x=0,3 m gacha davom etadi, bunda xom ashyo valigidagi kuchlanish kamayib boradi. Masalan: ishchi kamera radiusi Rb=0,15 m ga teng bo‘lganda xom ashyo valigidagi kuchlanish 680 N/m ga teng bo‘ladi, radiusi Rb=0,24 m ga teng bo‘lganda kuchlanish 480 N/m gacha pasayadi.
Agarda tolaning shikastlanish darajasini kamaytirish va elektroenergiya sarfini pasaytirish maqsadida eng katta radiusni tanlash mumkin, chunki bu xolatda urunma kuchlanish kam bo‘ladi.
Gap ishchi kamerasi radiusining hamma o‘lchamlari bitta qilib olinishi haqida fikr yuritilayapti. Xozirgi ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan ishchi kamera radiuslari 0,12 m dan 0,25 m ga teng qilib olingan, bu esa ishchi kameraning o‘lchamlari turli bo‘lgan joylarda urunma kuchlanishning to‘planishiga olib keladi. SHularni bartaraf etish uchun ishchi kameraning hamma uchastkalarida bitta radius bo‘lishini ta’minlash zarurdir. Jinlash jarayonini bir tekisda amalga oshirish xom ashyo valigini bir nechta parametrlariga bog’liq bo’ladi. Mana shu parametrlarning birortasi o’zgarishi toladan chigitni ajratib olish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jinlash jarayoniga quyidagi parametrlar ta’sir qiladi:
1. Xom ashyo valigini aylanish tezligi.
2. Xom ashyo valigini toladorligi.
3. Xom ashyo valigini zichligi va massasi.
4. Ishchi kamerada toladan ajralgan chigitlarini bo’lish vaqti.
5. Xom ashyo valigini tarkibida toladan ajralgan chigitlarni miqdori.
Bulardan tashqari xom ashyo valigini ishchi kamera yuzasiga ko’rsatadigan bosimi va ishqalanish koeffitsientlari ham ta’sir ko’rsatadi. Mana shu parametrlar jinning ish unumdorligi va tola sifatiga ta’sir ko’rsatadi.
Malumki, arrali slindirning aylanish tezligi 12m/s va xom ashyo valigining aylanish tezligi 1.5 m/s bo’lganligi adabiyotlardan ma’lum. Bu xom ashyo valigini, chigitli paxtalar, to’liq jinlanmagan va tuksizlangan chigitlar tashkil etab, uning zichligi jinning markazi ishchi kamerasi tomon oshib boradi.
Xom ashyo valiginig zichligi ortib borgan sari jinning ish samaradorligi pasayib ketishiga va ayrim hollarda bu jarayonning to’xtab qolishiga ham sabab bo’ladi. Shu muammoni o’rgangan holda biz arrali jinning ishchi kamerasida bo’layotgan jarayonlarni o’rganib chiqdik. Jinlаsh jаrаyonining sаmаrаli bo’lishini belgilаydigаn elementlаrdаn biri chigitlаrning ishchi kаmerаdаn chiqib ketishi hisoblаnаdi. Chigitlаrdаn tolаlаrni to’lа аjrаtib olish pаxtа bo’lаkchаsini аrrаli silindr tishlаri bilаn bir nechа mаrotаbа uchrаshgаndаn keyin sodir bo’lаdi. Mаnа shu jаrаyon mа’lum bir vаqtni tаlаb etаdi. Shu vаqtni kаmаytirish uchun аrrа tishlаri pаxtа bo’lаklаri bilаn uchrаshgаndа ilаshtirilаdigаn tolаlаr miqdorini oshirish yoki tolаsi bor chigitlаrning аrrа tishlаri bilаn uchrаshishini tezlаshtirishdаn iborаt. Jumladan, jin mashinasida tolalarni maksimal ajratib olish, tozalangan chigitlarni o’z vaqtida chiqarish orqali unumdorlikni oshirish va boshqalar. Mana shu nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida tolani chigitdan ajratib olish jarayonini yana ham chuqurroq o’rganib chiqish kerak bo’ldi.
Shu maqsadda ushbu ishda jin konstruktsiyasini va uning asosiy elementlarini takomillashtirish maqsadida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borildi. Ayni paytda jin mashinasining samaradorligini oshirishning yangi yo’llarini izlab topish borasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari tahlil qilindi. Paxtani dastlabki ishlashning asosiy texnologik operatsiyasi – jinlash jarayonida xom ashyo valigi kerakli zichligini ushlab turish mexanizmlari yetarli darajada takomillashgan emasligi tufayli tola va chigitning sifati yomonlashadi. Mavjud jinning xom ashyo valigi zichligini boshqarish mexanizmi samaradorligi pastligi natijasida, ayniqsa past navli chigitli paxtani ishlashda, ta’minlashning og’irlik va hajm jihatidan ortishida xom ashyo valigini ortiqcha zichlanishi imkoniyati mavjudligidir, bu esa, namligi yuqoriroq chigitli paxtani ishlashda, olinayotgan mahsulot hajmiga ta’sir etadi va jinlashning texnologik rejimlarini buzilishiga, tez-tez tiqilishlarga va mashinalarni to’xtab turishiga olib keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, jinlash jarayonini o’rganish, hamda ularni takomillashtirish masalalari hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi.
Agarda ishchi kamerdagi xomashyo valigining zichligi berilgan qiymatdan oshsa, bosim zichlik klapaniga uzatiladi, u esa yuqoriga surilib, tahminlash rostlagichiga signal uzatadi. Natijada, ta’minlovchi valiklar aylanish tezligi va jinga paxtani uzatilishi ham kamayadi. Jindagi ortiqcha yuklanishlarni oldini olish uchun zichlik klapanidan tahminlash rostlagichiga kelayotgan richaglar tizimi uchirgich bilan bog’langan. Uchirgich ishga tushganda ishchi kamera ishchi holatdan chiqariladi.
Ishchi kamerada toladan ajragan va ishchi kamera o’rtasiga to’planib qolgan chigitlarni o’z vaqtida tashqariga chiqarib yuborish maqsadida ishchi kameraga yuzasi ariqcha shaklidagi to’rli baraban o’rnatilgan (-rasm). Xomashyo valigining zichligini bir xil bo’lishini tahminlash maqsadida to’rli baraban yon tomonlariga prujinalar joylashtirilgan.
Taklif qilinayotgan qurilmada xomashyo valigini aylanma harakatini tezlashtirish uchun arrali tola ajratgichning ishchi kamerasini yon qismi o’z o’qi atrofida aylanma harakat qiladi, yon qismi yuzasida esa maxsus qoziqchalar o’rnatilgan. Bu esa xomashyo valigini aylanma harakatini tezlashtiradi, ishqalanishni va elektr energiya sarfini kamaytiradi, ishlab chiqarish unumdorligini oshishi imkonini beradi.


19-rasm. Taklif etilayotgan arrali jin mashinasining ishchi kamerasi


20-rasm. Yangi taklif etilgan arrali jin ishchi kamerasiga tezlatgich o’rnatish

Arrali jin mashinasida ish unumdorligini oshirish, tola sifatini yaxshilash imkonini beradigan konstruktsiyalar yaratgan. Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida arrali jin mashinasini ish unumdorligini oshirishda xom ashyo valigining tezligi muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatilgan. Xom-ashyo valigi bosim ta’sirida ishchi kamera fartugida yon tomonlarida ishqalanish hosil bo’ladi. Bu ishqalanish kuchi xom-ashyo valigining aylanishiga ta’sir qilib sezilarli darajada qarshilik ko’rsatadi . Taklif etilgan yangilikda ishchi kamera roliklar qatoridan tashkil topgan bo’lib, ulardan biri uzunroq tayyorlandi va arra valigidan harakatni olib boshqa roliklarga yetkazib beradi (20-rasm).


Bunda muallif samaradorlikni quydagicha ifodalaydi
1.Arrali jinlarda ishlab chiqarish unumdorlikni 20% dan 40% gacha ortib borishi
2.Arrani aylanishlar sonini kamaytirish hisobiga paxta tarkibida nuqsonli tolalarni kamayishini oldi olinadi.
3.Paxtaning hajmi kamayishi hisbiga arraning tola va chigitga nisbatan mexanik ta’siri kamayib tabiiy xususiyati saqlanadi.
Yangi qurulmaning muhim xususiyati shundaki, roliklar harakatlanganda xom ashyo valigini yanada tez aylantirib, roliklar orqali ishchi kamerada zijlikni kamayishi va tiqilib qolishi imkonini pasaytiradi. Bu esa xom ashyo valigini aylanma xarakatini tezlashtiradi, ishqalanishni va elektr energiya sarfini kamaytiradi, ishlab chiqarish unumdorligini oshishi imkonini beradi

XULOSA
Xom ashyo valigi sirtida tolalarni ajratish mexanizmi yetarlicha murakkab bo’lib, xozirgi kungacha to’liq o’rganilmagan. Tolalar bilan arra tishlari orasidagi ishqalanish kuchining miqdori ko’rilgan bo’lib, ishqalanish kuchi o’zaro ta’sir yoyi bo’yicha o’zgaruvchan xarakterda ekanligi va tolani chigitdan ajratish dinamikasida muhim rol o’ynashi qayd etilgan.
Tolada jinlash nuqsonlarini hosil bo’lish sabablaridan asosiysi – xom ashyo valigining ortiqcha va o’zgaruvchan zichligidir. Xom ashyo valigi zichligi oshganda to’quv jarayoniga yomon ta’sir qiluvchi chigallar, kombinatsiyalangan chigallar va tugunaklar hosil bo’ladi. Jinlash nuqsonlarini kamaytirish uchun jinlash jarayonini xom ashyo valigining nisbatan bo’sh va turg’un zichligida amalga oshirish kerak.
Arra tishlariga ilingan tolalar kolosniklarning orasidan olib o’tiladi, chigitlar esa o’ta olmay to’xtab qoladi, shunda tolalar chigitdan ajraladi. Ma’lumki, jinlash jarayonida 25% tola va tolasidan ajralgan chigitlar xom ashyo valigida ko’p turib qolishi sababli mexanik shikastlanadi. Tolasi ajratilgan chigitlar xom-ashyo valigining markaziy qismiga yig’ila boshlaydi. Natijada xom-ashyo valigining zichligi ortib, chigit va tolaning shikastlanishi ko’payishiga olib keladi. Yechilishi lozim bo’lgan muammo tolalardan to’la ajralgan chigitlarni jinning ishchi kamerasida o’rtacha turish vaqtini kamaytirish, ya’ni tezroq chiqarib yuborish va xom ashyo valigining zichligini bir tekisda ta’minlaydigan moslamani tayyorlash va ishlab chiqarishga joriy qilishdan iborat.
Paxtani jinlash jarayoni samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda, ilmiy hajmdor, shuningdek, zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etishni jadallashtirish orqali mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, paxta tolasini chigitdan ajratish jarayonida tola va chigitning dastlabki sifat ko’rsatkichlarini saqlash, jarayon energiya sarfini kamaytirish imkonini beradigan, mahsulot sifatini boshqara oladigan ixcham texnologiyalarni, paxta tolasini chigitdan ajratuvchi uskunalarining kam material va energiya sarflaydigan mukammal konstruktsiyalarini yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Download 6,26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 6,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Arrali jin ishchi kamerasiga tezlatgich o’rnatish

Download 6,26 Mb.